Biogeografiya


Download 171.5 Kb.
Sana18.08.2020
Hajmi171.5 Kb.
#126701
Bog'liq
2.05. Биогеография 2019 л




BIOGEOGRAFIYA
FAN DASTURI

Bilim sohasi: 600000- Xizmatlar sohasi

Ta’lim sohasi: 630000- Atrof muhit muhofazasi

Ta’lim yo‘nalishi: 5630100–Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

SAMARQAND – 201_

Fan dasturi Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201_ yil “___” _________dagi “___” -sonli bayonnoma).



Fakultet dekani: dots.L.Z.Ibragimov
Fan dasturi Samarqand davlat universitetida ishlab chiqildi.


Tuzuvchilar:

Izzatullaev Z.I.


Boymurodov X.T.


SamDU Geografiya va ekologiya fakulteti Ekologiya kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori


SamDU Geografiya va ekologiya fakulteti Ekologiya kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori






Taqrizchilar:

Raximova T.U.

To’rayev A.N.

O’zMU Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti Ekologiya kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori


O’zMU biologiya-tuproqshunoslik fakulteti Ekologiya kafedrasi dotsenti, b.f.n.
















Fanning dasturi Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 201_ yil “___”________dagi “____”-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.



Oʻquv uslubiy kengash raisi: prof.A.S.Soleev



  1. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Ushbu dastur “Biogeografiya” fani predmeti, maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, Biogeografiya organizmlar va ular jamoalarining er yuzida geografik tarqalish va taqsimlanish to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.


  1. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o‘qitishning maqsad – “Biogeografiya” kursini o‘qitishdan maqsad bir tomondan organizmlarning geografik qobiq va uning turli hududiy birliklaridagi biologik hamda ekologik rolini ochib berish bo‘lsa, ikkinchidan, erning umumgeografik qonuniyatlari asosida organizmlarning tarqalishi va yashash xususiyatlarini tushuntirib berishdir. Biogeografiya organizmlar va ular jamoalarining er yuzida geografik tarqalish va taqsimlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.

Fanni o‘qitishning vazifalari: «Biogeografiya» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: organizmlarning geografik tarqalishi, yashash xususiyatlarini va ular jamoalarininger yuzida geografik tarqalish va taqsimlanish qonuniyatlarini haqida ilmiy bilimlar, amaliy o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar

«Biogeografiya» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiradigan masalalar doirasida bakalavr:

Yer yuzasida va xususan O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning turli regionlarida tarqalgan hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarning tarqalishi xususidagi ma’lumotlarini bilishi va xaritalarga joylashtira olish tushunchalariga ega bo‘lish kerak;

Quruqlikning asosiy biomlari (zonal va azonal jamoalari), baland mintaqalar bo‘yicha tarqalishi, orollardagi hayot shakllarini o‘rganish, ulardan maqsadli foydalanish uchun kompyuter texnikasida ishlay olishi lozim.

Bu vazifalar talabalarning o‘quv jarayonida ma’ruza, amaliy va mustaqil ish mashg‘ulotlarida faol ishtiroki, adabiyotlar, internet materiallaridan mustaqil foydalana olish yo‘li bilan amalga oshadi.
fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi

Biogeografiya fanini o‘zlashtirishi jarayonida 2 - bosqich talabalari: Fitogeografiya-yani o‘simliklarni va hayvonlarni tarqalish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fanlarning sintezi ekanligini bilib oladilar. Bu fan nafaqat yuqoridagi predmetlar bilan balki, giomorfologiya- erning tuzilishi, gidrologiya-suvning tuzilishi, okeanologiya va kartografiya, klimatologiya, ekologiya, o‘simlik va hayvonlar sistematikasi fanlari bilan chambar-chars bog‘liq bo‘lib, ushbu fanlar ma’lumotlariga tayanadi.


Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalar “Biogeografiya” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda gerbariylardan foydalaniladi. Fanning o‘qitish turlari dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, laboratoriya mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi. Shuningdek atroflicha bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga mustaqil ish mavzulari ham beriladi. Fanni zamonaviy pedagogik uslublar-“Klaster”, “Bumerang”, “Debatlar” tarzida o‘tish ham ko‘zda tutilgandir. Ma’lumotlar ko‘rgazmali o‘quv qurollari, multimedia, mikroskop, total va kesmali preparatlar yordamida olib boriladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.

Fan buyicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga kuydagi talablar kuyiladi. Talaba:


  • “Biogeografiya” fani va uning fanlar sistemasida tutgan o‘rni, kengligi, murakkabligi, xilma-xilligi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqa sohalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • Biogeografiya fanining dolzarbligi flora va faunaning tartibga solishni, ekologik qonuniyatlar asosida tavsiflashni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • Biogeografiya fani vazifalaridan kelib chiqib ekologik qonuniyatlar asosida ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Biogeografiya biologiya va geografiya orasidagi fan ekanligi, uning tarixiy rivojlanishini asosiy etaplari.

Biogeografiyani asosiy bo‘limlari: Umumiy geografiya, Botanik geografiya, zoogeografiya.

Biologiya fanining asosiy tushunchalari: flora, fauna, biota, o‘simliklar jamoasi, hayvonlar olami, biomlar.

Biogeografik tadqiqotlarning prinsipi va uslublari

Biogeografik xaritalashtirish jamoalaridagi geografik va ekologik bog‘lanishlarini analiz qilish metodi smifatida. Atrof-muhitni ekologik monitoring va prognoz qilishda biogeografik tadqfiqotlarning roli. Tabiatni muhofaza qilishda va undan ratsional foydalanishda biogeografik yondashish.



Umumiy ekologiyaning asosiy qismlari

Atrof-muhit ekologik omillari: iqlim, edafik, orografik, gidrologik, biotik munosabatlarini xillari. Antropogen omillar, introduksiya va iqlimlashtirish. Tirik organizmlar muhitlarda o‘zgarishi. Organizmlarning indikatsion ahamiyati. Tirik organizmlarning hayot formalari. Biotsenoz va uning ahamiyati. Biotsenozni strukturasi. Biotsenozlarni klassifikatsiyasi.



Biosfera

Biosfera to‘g‘risida ta’limot. E.Zyusse, V.I.Vernadskiy biosfera chegaralari, biosfera biomassasi va uning taqsimlanishi. Biologik maxsuldorlik. Uning quruqlik va okeandagi xilma-xilligi. Biosferada modda va energiya aylanma harakatida roli. Produtsent, konsument va redutsent organizmlar. Biogeoximik provinsiyalar haqida tushuncha.


Areal

Areal haqida tushuncha. Areallar tiplari. Arealning kattaligi va uni aniqlovchi prinsiplar. Kosmopolitlar. Endemiklar. Reliktlar. Turlarni muhofaza qilish. Qizil kitob.



Flora, fauna, biota

Erdagi organizmlarning xilma-xilligi.

Quruqlikning floristik, faunistik va biotik regionlar. Floristik va biotik analiz. Ularning sistemasi va ajratish prinsiplari. Quruqlikdagi biotik olamning xarakteristikasi.

Quruqlik biomlarining asosiy turlari

Zonal, introzonal, ekstrazonal jamoalar. Biotsenozdagi antropogen o‘zgarishlar. Biotsenozdagi zonal va regional xususiyatlarinii hisobga olgan holda muhofaza qilish muammolari.

Tundra, o‘rmon, dasht, cho‘l, tropik va subtropik va boshqa mintaqalarning o‘simlik va hayvonlar biomlari olami.

Jamoalarning balandlik bo‘yicha differensiallanishi

Yer yuzidagi organizmlarning tarqalishida balandlik mintaqalarining roli. Turli kenglikdagi regionlarda balandlik mintaqalarining tuzilishi. Jamoalar balandlik zonalari tiplari to‘g‘risida tushuncha. Tog‘ sistemalarida yuqori yashash muhitini yaratuvchi omillar. O‘simliklar va hayvonlar olamining yuqori tog‘ mintaqalarida o‘ziga xos xususiyati.



Orol biomlari

Oroldagi biotalarning xususiyatlari. Orollarda endemizmning rivojlanishi. Oroldagi turlar sonining kelib chiqishi, yoshi, xajmi bilan bog‘liqligi. Suv masofasini organizmlar tomonidan engish yo‘llari.



Ichki suv havzalarining jamoalari

Ichki suv havzalari asosiy tiplari yashashi uchun muhit sifatida.

Ichki suv havzalari organizmlarining klassifikatsiyasi. Er osti suv havzalarining organik dunyosi. Chuchuk va sho‘r suv havzalari jamoalarining dinamikasi. Suv omborlari jamoalarining o‘ziga xos xususiyatlari.

Okean biogeografiyasi

Okeandagi organizmlar jamoalari. Okeanni ekologik zonalariyu Okeanni biogeografik rayonlashtirish




  1. Amaliy va laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Biogeografiyaning asosiy tarixiy taraqqiyot etaplari.

Turli tarixiy davrlarda olimlarning ilmiy ishlarida biosfera haqidagi gipotezalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi.

Tirik moddaning biosferada energetika va muhit yaratishdagi roli.

Biosferada organizmlarning moddalarning aylanma xarakatidagi roli.

Areal tushunchasining tur, turkum va sistematik guruxlarning geografik xarakteristikasi ekanligi.

Gomologik belgilar qatorlari va madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi N.V.Vavilovning ta’limoti.

Quruqlikning floristik, faunistik va biotik regionlari..

Quruqlik biomlarining asosiy tiplari.

Jamoalarning balandlik mintaqalari va uning kenglik mintaqalariga nisbatan solishtirish.

Orollar biomlari.

Okeanlarning organizmlar jamoalari.

Biogeografik tadqiqotlarning uslublari.

Ichki suv havzalarining asosiy tiplari va ular organizmlarning yashash muhiti sifatida.


Izoh: Keltirilgan mustaqil ishilari mavzulari bo‘yicha talaba tanlab olishi mumkin. Fanning ishchi dasturini shakllantirish jarayonida o‘quv rejada ko‘rsatilgan soatlarga mos xolda tanlab o‘qitiladi.

Floristik, faunistik va biotik regionlarni ajratish prinsiplari va ularning tartibi.

To‘dalarning antropogen o‘zgarishlari.

Jamoalarni muhofaza qilish zonal va regional farqlarni hisobga olish.

Turli zonalarni, jamoalarni xo‘jalikda foydalanish.

Yuqori tog‘ o‘simlik va hayvon jamoalarining o‘ziga xos xususiyati.

Orol biomlarining xususiyatlari.

Ichki suv xavzalari asosiy tiplarining organizmlarning yashash muhiti ekanligi.

Okeandagi organizmlar jamoalari.
VI. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari.

Asosiy adabiyotlar

1. Mark V. Lomolino Brett R.Riddle Robert J. Whittaker James H. Brown. Biogeography 2010.Sinauer Associates Inc

2. Воронов А.Г. «Биогеография с основами экологии». М. МГУ, 1987. 264 ст.

3. Воронов А.Г., Дроздов Н.Н., Мяло У.Г. «Биогеография мира». М, Высшая школа. 1985. 272 ст.

4. Второв П.П., Дроздов Н.Н. «Биогеография». М, Просвещение. 1978. 271 ст.

5. Ярошенко П.Д. «Общая биогеография». М, Мысль. 1975. 188 ст.


  1. Izzatullayev Z., Botirov X., Fayzullayev B Ekologiya asoslari Samarqand-2019 “Zarafshon” DK 215 б.

  2. Mustafaqulov X., Muxammadiyev A.A. Biogeografiya. Toshkent: “Respublika fan va tehnologiyalar markazi” Nashriyoti, 2008.

  3. Izzatullayev Z.I. Biogeografiya ma’ruzalar matni. SamDU: 2004. 82-bet.

  4. Ergashev A. Umumiy ekologiya, T.: O’zbekiston, 2005.

  5. Izzatullayev Z.I., Boymurodov X. Biogeografiyadan kurs ishi mavzulari. O’quv uslubiy qo’llanma. Samarqand, SamDU, 2005.



Қўшимча адабиётлар:

  1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017.

  2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш-юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017.

  3. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2016.

  4. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик- ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017.

  5. 2017-20121 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси

6. Вернадский В.И. «Биосфера». М, Мысль. 1967. 376 ст.

7. Рахимбеков Р.У. «Отечественная экологическая школа».Ташкент. Шарк.1995.

8. Чернова Н.М., Былова А.М. «Экология». М, Просвещение 2-е изд. 1988. ст.

9. Лопатин И.К. «Основы зоогеографии». Мн., Высшая школа, 1980. 200 ст.



10. 11.Культуасов И.М., Охунов Х.М. «Ўсимликлар экологияси». Тошкент, Ўқитувчи, 1990.

Интернет сайтлари:

www. enn.uz;

www.ziyonet.uz;

www.naukaran.ru;

www.maik.ru;

www.rusplant.ru;



Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling