Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulalar


Download 182.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana02.02.2023
Hajmi182.26 Kb.
#1146262
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
31-40



32-savol. Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulalar 
fazoviy (asosan uchlamchi) strukturasining shakllanishi va mazkur struktura
barqarorligining ta’minlanishida nokovalent kuchsiz ta’sirlashishlar ham muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Ular 
quyidagilardir: 
Elektrostatik Ta’sirlashishlar. Oqsil 
molekulasidagi to’plagan yon guruhlar elektrostatik ta’sirlashishlar tufayli tuz 
ko’priklari hosil qiladi. Neytral rN sharoitida asparagin, glutamin qismga hamda S-
uch aminokislota qoldig`i g`i ulari manfiy, lizin, arginin qoldig`i g`i ulari hamda gistizin 
imidozon halqasi va N-uch aminokislota qoldig`i uчlari musbat zaryadga ega bo’ladi. 
Molekula yoki ikkita molekulaning shu xil sohalari o’zaro yaqinlashganda, ular 
o’rtasida elektrostatik ta’sirlashishlar yuzaga keladi. Bu xil ta’sirlashish masofadan 
ta’sirlashishlar jumlasiga mansub bo’lib, uning energiyasi zaryadni guruhlar elektr 
zaryadi, muhit dielektr doimiysi hamda zaryadni guruhlararo masofaga bog’liq bo’ladi. 
Energiyasi 40-400 kDj.mon-1 kattaliklari bilan xarakterlanadi. Vander-Vaans 
ta’sirlashishlari, yaqindan ta’sirlashuvchi kuchlar guruhi tashkil etib, dispersion, dipon-
dipon va dipon-induksiyalangan dipon ta’sirlashishlaridan iborat. 
Dispersion ta’sirlashish, neytral guruhlar yoki molekulalar o’rtasida yuzaga keladi. 
Ta’sirlashish energiyasi guruhlarining ionlashish potensiali, qutblanuvchanligi hamda 
ta’sirlashuvchi guruhlar orasidagi masofaga bog’liq holda 4-40 kDj.mon -1 
darajasidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi. Dipon-dipon ta’sirlashish doimiy dipon 
momentiga ega ikkita qutbni guruhlar o’rtasida yuzaga kelib, uning energiyasi
guruhlar dipon momenti, muhit dielektr doimiysi va ulararo masofaga bog’liq bo’ladi. 
Dipon-induksiyalangan dipon ta’sirlashish doimiy dipon guruh bilan dipon bo’lmagan, 
qutbsiz guruh o’rtasida induksiyalanib yuzaga keladi. Energiyasi dipon moment
qutblanuvchanlik, muhit dielektr doimiysi va ulararo masofaga bog’liq bo’ladi. So’nggi 
ikki ta’sirlashishlar energiyasi 0,4-4 kDj.mon-1 kattaliklari bilan xarakterlanadi. Suv 
strukturasi va gidrob ta’sirlashishlar. Suv molekulasidagi kislorodning kovalent bog’lar 
hosil qilishda ishtirok etmaydigan ikki juft elektrollari cho’ziq orbitallarda joylashib,
molekulaning o’sha tomonida manfiylik namoyon qiladi. Molekulaning kislorodga 
kovalent bog’langan vodorod atomlari tomonida esa musbatlik namoyon bo’ladi. 
Bunday hol suyuq suvda, suv molekulalari o’rtasida vodorod bog’larining 
shakllanishiga imkon yaratadi va shu asosda suv molekulalari o’zaro vodorod bog’lari 
vositasida kлasterlar (to’r) hosil qiladi. Kлasterlar asosida suvning uch o’lchovni 
fazoviy (muz) strukturasi shakllanadi. Bunday struktura asosida tetraedr etib, u jami 
besh (bitta markaziy, to’rtta periferik) molekuladan tashkil topadi. Markaziy molekula 
atrofiga to’rtta molekula bilan vodorod bog’lari orqali bog’lanadi.

Download 182.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling