Bir XIL qo`shiluvchilar yig`indisini ko`paytirishni o`rgatish metodikasi


Download 1.76 Mb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1417488
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
100 ichida sonlarni kopaytirishni orgatish metodikasi (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Yunusova Yulduzning
“Matematika oʻqitish metodikasi”
fanidan tayyorlagan.

TOSHKENT -2022
Ko`paytirish va bo`lishni o`rgatish metodikasi.

Reja


  1. Bir xil qoʻshiluvchilar yigʻindisini koʻpaytirishni oʻrgatish metodikasi




  1. Jadvalda koʻpaytirish va bo`lishni oʻrgatish metodikasi

  2. “Koʻpaytirishning hadlari bilan tanishtirish” mavzusi yuzasidan dars ishlanma

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Bir xil qo`shiluvchilar yig`indisini ko`paytirishni o`rgatish metodikasi


Bu mavzu ustida ishlashda o`qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
-o`quvchilarni ko`paytirish va bo`lish arifmetik amali ma'nosi bilan tanishtirish; ularning ba'zi xossalari va ular orasidagi mavjud bog`lanishlar bilan bu, amallar komponentalari bilan natijalari orasidagi o`zaro bog`lanishlar bilan tanishtirish;
-ko`paytirish jadvalini puxta bilishni va undan bo`linmani topishda foydalana olishni ta'minlash;
-o`quvchilar jadvaldan tashqari ko`paytirish va bo`lish usullari bilan, 0 va 1 ga ko`paytirish va bo`lish hollari, qoldiqli bo`lishning jadval hollari bilan tanishtirish.Ko`paytirish amalining konkreti mazmunini ochishni bir xil qo`shiluvchilar yig`indisini topishga doir masala yechishdan boshlash maqsadga muvofiq. Masala yechishda foydalaniladigan Ko`rsatmalilik bolalarga har bir konkreti holda qaysi qo`shiluvchi takrorlanayotganligini va necha marta takrorlanayotganligini tushinib olishga yordam beradi.

  • Qo`shishga oid misollarni ko`paytirish bilan almashtiring, 3+3+3+3= 6+6+ 6=

  • Natijalarni hisoblang, mumkin bo`lgan o`rinlarda qo`shishga oid misollarni ko`paytirish bilan almashtiring. 2+2+2= 2+3+3=

  • Ko`paytirishni qo`shishga doir misol bilan almashtiring va natijalarni hisoblang: 4x3, 5x2, 3x6,….

-Ifodalarni taqqoslang: 4+4+4+4+4 g’ 4x3 7x5 g’ 7+7+7+7
-Birinchi misol natijasi bo`yicha ikkinchi misol natijasini toping: 5x7=35 5x8=5x7+5 8x3=24 8x4=8x3+8
Bo`lishning konkreti ma'nosi oldin mazmuniga ko`ra bo`lishga doir masalalar yechishda, so`ngra teng qismlarga bo`lishga doir masalalar yechishda ochib beriladi.
Masalan, berilgan buyumlar to`plamini 2 tadan, 3,4 tadan bo`lish, teng bo`laklarga bo`lish va ularni yozishni o`rganish shakklanadi.
18:3=6, 18:9=2 «18 ni 3 ga bo`linsa, 6 hosil bo`ladi» deb o`qiladi. Bo`lishning natijalari bu bosqichda yod olinmaydi keyinchalik mashqlar biroz murakkablashadi:
-Bir xil ko`payuvchili (3x4 va 3x5) yoki bir xil ko`paytiruvchili (6x5 va 7x5) misollar juftini taqqoslang.
-Ikki usul bilan yeching. 6x4+6, 6x4-6, 6x8+6x2.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling