Boboxonova
Download 179.54 Kb. Pdf ko'rish
|
boboxonova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- QATTIQ YONILG‘ILARNI TARKIBI VA XOSSALARI
Yonilg‘ilarni qayta ishlash texnologiyasi Reja: 1. Qattiq yonilg‘ilarni tarkibi va xossalari 2. Neftning tarkibi va xossalari 3. Turli yonilg‘ilarni qayta ishlash 4. Kokslashning mahsulotlari 5. Koks pechi va uning ishlashi 6. Kokslash mahsulotlarini ajratish 7. Yoqilg‘ilarni qayta ishlash Tayanch iboralar: Yonilg‘i, koks, yonuvchi slanetslar, parafin, naftenli, shixta. Yonilg‘i deb tabiatda tarqalgan va sun’iy yo‘l bilan olinadigan issiqlik manbai va kimyo sanoati uchun xomashyo bo‘ladigan yonuvchan organik moddalarga aytiladi. Yonilg‘ilar agregat holatiga qarab qattiq (ko‘mir, o‘tin, slanetslar, torf) suyuq (neft), gazlarga (tabiiy va yo‘lovchi gazlar), kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy va sun’iylarga bo‘linadi. Sun’iy yonilg‘ilar tabiiy yonilg‘ilarni qayta ishlash natijasida olinadi. Bularga koks, yarimkoks, pista ko‘mir, benzin, kerosin, ligroin, generator gazlari, koks gazi, neftni qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan gazlar va h.k. kiradi. QATTIQ YONILG‘ILARNI TARKIBI VA XOSSALARI Qattiq yonilg‘ilar yonuvchan (organik) va yonmaydigan (mineral) qismidan tarkib topgan. Organik qismi S, N, O, qisman S, N dan iborat. Yonmaydigan qismi nam va mineral moddalardan tashkil topgan. Mineral qismni temir, kalsiy, magniy, natriy, kaliyning karbonatlari, silikatlari, sulfatlari, sulfidlari tashkil qiladi. Yonilg‘ilar issiqlik berish qobiliyatiga ega-bu yonilg‘ining massa birligi yoki hajm birligini yonishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdoridir. Yonilg‘i Issiqlik berish qobiliyati kJg‘kg Yog‘och 18850 Torf 23900 Qo‘ng‘ir ko‘mir 25550 Toshko‘mir 33920 Antratsit 33500 Yonuvchi slanetslar 33920 Koks 31400-35500 Neft 39800-44000 Download 179.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling