Bolalar psixologiyasi Reja


Download 0.79 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1533808
  1   2   3   4
Bog'liq
Bola psixikasining o‘rganish prinsiplari. • Psixologik tadqiqot

bolalar


psixologiyasi

Reja

  • Bola psixikasining o‘rganish prinsiplari.
  • Psixologik tadqiqot o‘tkazish shakllari.
  • Bolalar psixologiyasining asosiy metodlar.
  • Bolalar psixologiyasi fanining tamoyillari.
  • Bolalar psixologiyasining yordamchi metodlari.

Bola psixikasining o‘rganish prinsiplari.
Bola psixikasini o‟rganishda tadqiqotchi bir qator prinsiplar - qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim buladi. Bu prinsiplar quyidagilardan iborat:
Ob‟ektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma‟lumotlar bilan ularning talkinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. masalan, mashgulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan xodisa xaqidagi ma‟lumot bulib xisoblanadi.
Lekin «bola e‟tiborsiz» deb aytish xodisaning talqinidir.
Xodisaning o`zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo`lsa ham, tarbiyachi so`zlariga katta e`tibor berayotgan bo`lishi mumkin.
  • Sababiylik prinsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlarni xosil bo`lishi sharoit va omillarni imkon kadar o`rganishni talab qiladi. Masalan, mashg`ulot davomida bola tez-tez oyna tarafga qarayotgan bo`lsa, bu xodisaning iloji boricha kuchliroq sabablarini aniqlashga urinish kerak mashgulotda bola charchab qoldimi o`tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va xokazo.
  • Sinchkovlik va muntazamlik prinsipi bola psixikasi

  • shakllanishi jarayonini ko`chadagi biron narsa bola e‟tiborini o`ziga tortdimi, bunda psixolog va pedagoglar ta‟sirini sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi ushbu prinsipga muvofiq oldindan:
  • a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kerak;
  • b) tadqiqotda o`rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim;
  • v) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o`tkazilishini belgilash zarur.

Bolalar psixologiyasi fanining prinsiplari


Ob’ektivlik
Sinchkovlik va muntazamli k
Sababiylik
  • Psixologik tadqiqot o‘tkazish shakllari.
  • Bolani o`rganish ikki asosiy shaklda – amalga oshiriladi:

  • «ko`ndalangiga kesim» shaklida va «uzunasiga kesim» metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.Tadqiqot ko`ndalangiga kesim shaklida –o`tkazilgan daturli yoshdagi bolalar guruxlarida muayyan psixologik jarayon, xolat yoki xususiyat o`rganiladi va xar xil yosh bosqichidagi bolalarning natijalari
    o`zaro solishtiriladi. Masalan, D.V.El‟konin kichik, o`rta va katta maktablari yoshdagi bolalarning syujetli-rolli uyinlariga xos xususiyatlarni o`rganib, o`zaro solishtirib bolalar o`yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko`ndalangiga kesim shaklidagi tadkiqotda asosiy e‟tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farklarga qaratilishi kerak. Farq qanchalik kichik bulsa, psixolog-tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi barcha muxim o`zgarishlarni payqashi uchun ko`proq imkoniyatlarga ega bo`ladi. Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida –o`tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oraligidagi xayoti o`rganiladi.
  • Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o`tishda bola psixikasida va xulq-atvorida ro`y beruvchi o`zgarishlarni aniqlab boradi. Masalan. Maktabgacha ta’lim muassasasida yangi dastur bo`yicha ish boshlangan bo`lsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalarni 4-5 yil uzluksiz o`rganish orqali dasturning bola taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin bo`ladi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqo tshuningdek, ayrim xollarda longityud tadqiqot xam deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko`p vaqt talab etadi.
  • Bolalar psixologiyasining asosiy metodlari
  • Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo`nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosini ignazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o`rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy xal etish deganda, ushbu muammo bilan shug`ullangan asosiy psixologik maktablar va yo`nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o`rganishning yanada samaral imetodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar xaqida aniqroq axborot olishga xizmat qiluvchi metodlarni ishlab chiqishni anglatadi.
  • Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Shular to‘g‘risida umumiy psixologiya kursida keng ma’lumotlar berilgan.

  • Yosh davri va deferensiya psixologiya fani ham
    psixologiyaning boshqa sohalari singari o‘ziga hos ilmiy- tadqiqotmetodlariga ega. Quyida atoqli psixolog B.G.Ananev tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslanib, mazkur metodlarning xususiyatlarini yoritishga harakat qilgan.
  • B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik, natijalarni shaxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o‘zining maqsad va vazifasi bo‘yicha yana bir necha toifa hamda turlariga bo‘linadi. Quyidagi mazkur metodlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsiya berildi.
  • A’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yordamchi metodlarga ajratiladi. Asosiy metodlar – kuzatish va eksperiment – bola taraqqiyoti xaqida ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar - test, so`rov, faoliyat maxsullarini o`r o`ganish – tasvirlovchi ma’lumot berib, bu ma’lumot asosida faqatgina taxminlarni ilgari surish mumkin bo`ladi.
  • KUZATISh QUYIDAGI TALABLARGA JAVOB
  • BERIShI KERAK:
  • 1. Kuzatishdan oldin uning maksadi aniq belgilanish ikerak: Bola psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini aniqlashtirish lozim;
  • 2. Kuzatish ob‟ektiv bo`lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu xolat

  • xodisani qayd etish, uni sub‟ektiv talqin etishni unutmaslik lozim;
  • 3. Kuzatish muntazam, katta vaktoraliklarisiz –utkazilishi kerak;
  • 4. Kuzatishshundayutkazilishikerakki, bolauningkuzatilayotga- ninibilmasligilozim;
  • 5.

  • Kuzatishniamalgaoshirayotgantadqiqotchikuzatilayotganxodisalarnit ezkaydetaolishmaxoratigaegabulishizarur.
    Kuzatishningquyidagiturlarimavjud:
  • a) ichkikuzatish, tashkikuzatishvakiritilgankuzatish;
  • b) standartlashtirilganvastandartlashtirilmagankuzatish;
  • v) frontalvatanlanmakuzatish.
  • Kuzatish. Kuzatish – psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri bo`lib, psixik xodisalarni maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish – tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayotgan xodisalarga faol ta‟sir ko`rsatish, ularni o`zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko`rinishda qaytadan yaratib bo`lmaslik kabi xususiyatlar qayd etiladi.
  • Tashqi kuzatishda ba‟zan tafakkur bo„yicha ham ma‟lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini fikrning muayyan ob‟ektiga yo„naltirilganini, tashqi qo„zg„atuvchilar ta‟siriga,

  • berilmaslikni, chehradagi tashrif va iztirobni, ko„zdagi g„ayrtabiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy xolatlarni kuzatib tafakkurning kechishidagi o„zgarish aniqlash mumkin.
  • Bola bilan o‟tkazilayotgan eksperiment uzoq davom etmasligi, unga eksperiment jarayonida uzgarishlar kiritmaslik kerak. Odatda eksperimentda tadkikotchidan tashqari eksperiment bayonnomasini tushuvchi shaxs xam ishtirok etadi. Eksperimentning yana ikki turi aniklovchi eksperiment va shakllantiruvchi eksperiment xam ajratiladi. Aniklovchi eksperimentda bola psixik tarakkiyotiga xos muayyan xususiyatlar qayd etiladi. Masalan. ota-onalar o‟rtasidagi nizolarning bola emotsional xolatiga ta‟sirini aniklash mumkin. Buning uchun nizoli oilada voyaga etayotgan bolalarni aniklash va ularning emotsional soxasini o‟rganish xamda olingan natijalarni boshqa bolalarning natijalari bilan solishtirish kerak buladi.
  • Bolalar psixologiyasining yordamchi metodlari
  • Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasining o„rganishda suhbatning maqsad va vazifasi belgilanadi, uning ob‟ekti va sub‟ekti tanlanadi, mavzusi, o„tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o„tkazish rejalashtiriladi, o„rganilayotgan narsa bilan uzviy bog„liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o„zgarishlarni o„rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e‟tiqodi,

  • dunyoqarashi, irodasi to„g„risida ma‟lumotlar olinadi. Suhbat
    chog„ida o„zaro izchil savollar beriladi.
  • Suhbat metodining yuqorida ta‟kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so„zlar, “g„aliz” iboralari, nutqning tezligi, fikrning

  • mavhumligi, zerikarli muvaffaqiyatsizlikka sabab bo„ladi.
    Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o„ziga xos ishlar uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma‟lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to„g„ri keladi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling