Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi fakulteti
Download 55.08 Kb.
|
Shahrizoda
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Bajardi: 35/21- guruh talabasi: To’rayeva Shahrizoda ________. Rahbar: __________________________________
- ASOSIY QISM II BOB. Maqola tahliliy jurnalistikaning yetakchi janri hisoblanadi
- Maqola haqida umumiy ma’lumot
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KAMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI BOSMA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI JURNALISTIKASI FAKULTETI “Maqola tahliliy jurnalistikaning yetakchi janri hisoblanadi “ mavzusidagi KURS ISHI Bajardi: 35/21- guruh talabasi: To’rayeva Shahrizoda ________. Rahbar: __________________________________ Toshkent – 2023 Mundarija KIRISH I BOB. Jurnalistikada maqolaning o’rni Maqola haqida umumiy ma’lumot ……………………………….….3 Maqola yozish usullari ………………………………………………13 ASOSIY QISM II BOB. Maqola tahliliy jurnalistikaning yetakchi janri hisoblanadi 2.1 Tahliliy jurnalistikada maqola …………………………………….17 2.2 Tahliliy jurnalistikaning yetakchi janri ……………………………20 XULOSA…………………………………………………………………24 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati…………………………………….25 KIRISH I BOB. Jurnalistikada maqolaning o’rni Maqola haqida umumiy ma’lumot Maqola (arab tilidan olingan) — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo'jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim.Maqola Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi. Nazariy Maqola va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy Maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli Maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi. Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi, asosan, „Turkiston viloyatining gazeti“ bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz Maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir. Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat boʻladi: 1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi. Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga toʻliq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati koʻrsatiladi. Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.m Ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalarda tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot beriladi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar asosan ilmiy uslubga xos janr hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo’lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada ochib beriladi. Nazariy maqola va targʻibot maqola ning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi. Oʻzbekistonda maqola janri tarixi, asosan, "Turkiston viloyatining gazeti" bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida M.ning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashirdir. Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Maqola – adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi.Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: 1. Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi. Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Ilmiy maqola yozish uslubiyoti haqida yozishdan oldin maqola o’zi nima degan savolga to’xtalsak. Adabiyotshunoslikda maqola publistik janr hisoblanadi. Janrda ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinadi, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati va iqtisodiyoti, texnika fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo’jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Endi ilmiy maqola tushunchasi haqida to’xtalamiz. Ilmiy maqola bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qiladi. Ilmiy maqola vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish o’quvchining intellektual saviyasini oshirishdan iborat. Ilmiy maqola yozishdan oldin maqola nima uchun yoziladi, ish mazmuni nimadan iborat bo’ladi, maqoladan qanday xulosa chiqarish kerak, degan sayollarga javjb o’ylash lozim va maqola yozishdan aniq bir maqsadni ko’zlash kerak bo’ladi. Ilmiy maqola yozishda birinchi bo’lib, mavzuni belgilash, uning tahlili, reja, tezislarni tuzish kerak. Maqolalar ilmiy uslubda yozilishi lozim. Maqola faqat uchinchi shaxs tomonidan yozilishi shart. Maqola bayoni o’quvchi uchun qulay bo’lgan ketma-ketlikda olib borilishi, bu quyidagicha bo’lishi kerak: umumiydan xususiyga, soddadan murakkabga qarab fikrlar bildiriladi. Maqolaning mantiqiy tuzilmasi kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo’ladi. Kirish qismida mavzu asoslanishi, ilmiy nazariy jihatdan uning istiqboli (perespektivligi) berilishi, bugungi kun talablari asosida ko’rib chiqilishi kerak. Asosiy qismda dalillar, ilgari surilgan ilmiy xabarni tasdiqlaydigan faktlar bo’lishi, bunda induksiya va deduksiyadan foydalanish, ya’ni aniqdan umumlashtirishga, umumiydan batafsil ko’rib chiqishga o’tish lozim bo’ladi. Xulosada asosiy fikrni ixchamlab tezislar shaklida bayon qilinishi, ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan umumlashmalar berilishi va muammoning davomiyligini ko’rsatish kerak. Maqola mazmuni mavzuga muvofiq bo’lishi maqolaning asosiy tezisi aniq, lo’nda bo’lishi va ishning hamma qismlari unga bo’ysundirilgan bo’lishi, maqolaning qismlari bir-biriga nisbatan mutanosib (proporsional) bo’lishi, mantiqlikning buzilishlari bo’lmasligi, ish ilmiy uslub talablariga javob berishi, nutqiy xatolar bo’lmasligi lozimdir va bular maqola yozishning asosiy talablaridir. Masalan, Qo’qon DPI BTM kafedrasi dotsenti Zokirjon Isaqovning “SHe’rning lisoniy tahlili xususida” maqolasida (Ilmiy to’plam. Т., .2014), Qo’qon DPI katta o’qiluvchisi Dilorom Saliyevaning “O’quvchilarda o’zini o’zi anglash orqali o’quv mustaqilligini ta’minlash” (“Xalq ta’limi” j.2014 yil 5-son), TDPU dotsenti Nargiz Nishonovaning “Farzand tarbiyasida mutaffakrlarimiz merosidan foydalanish yo’llari” (“Xalq ta’limi” j. 2014 vil 5-son) maqolalari bunga misol bo’la oladi. Xulosa qilib aytganda ilmiy xabar va ilmiy maqola zamon talabiga mos, tushunarli ilmiy tilda yozilgan, ilmiy yangilikka ega yaxlit tugallangan ilmiy asar bo’lishi lozim. Ilmiy-ommabop maqolalarning o`z o`rni bor. O`quvchilar bunday maqolalar orqali ilmiy ma’lumotlardan voqif bo`lish bilan birga, tarixiy davrning muhim hodisalari to`g`risada mushohada yuritishga ko`nikma hosil qiladilar. Jumladan, mustaqillik, yurt qahramonlari, ulug` allomalar hamda ma’naviyatimiz o`zanlarini belgilovchi dolzarb mavzudagi ijtimoiy ahamiyatga molik maqolalar yosh avlod dunyoqarashida o`ziga xos burilish yasaydi. Ya’ni, ularning tafakkur olami boyishi, shiddat bilan taraqqiy etayotgan ona-Yurtimizga nisbatan yuksak faxr-iftixor uyg`onishiga zamin hozirlaydi. Qolaversa, bunday maqolalarning janriy xususiyatlariga e’tibor qaratish yanada muhim. Boshlang`ich sinf o`qish kitoblarida ilmiy ommabop maqolalar rang-barang mavzularda o`z ifodasini topayotir. Unda o`quvchilarga O`zbekiston Respublikasining mustaqil mamlakat ekanligi, yurtimizda so`nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida muhim tushunchalar berib boriladi. O`quvchilar o`zlari tu`g`ulib o`sgan ona-Vatani, ona tilini qadrlashi, milliy xalq qadriyatlari, turmush tarzi va mehnati, fidoyi zamondoshlarimiz haqida ana shunday maqolalar orqali tanishib boradilar. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir. Ilmiy-ommabop maqolalarda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi. Publitsistik maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga yetkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi. Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi. Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Maqola – taxliliy jurnalistikaning yetakchi janri sifatida. Uning tarixiy ildizlari. Magola janrining asosiy xususiyatlari, yziga xosligi va bashga janrlardan fargli tomonlari. Unga gyyiladigan talablar va bajarishi lozim bylgan vazifasi. Magola janrining turlari:tashvigiy, muammoli, ilmiy-ma’ifiry, diniy-ma’rifiy, kyngilochar magolalar. Tashvigiy magola. Janr xususiyatlari. ¤zbek jurnalistikasida tashvigiy magolalarning eng yaxshi namunalari. Tashvigiy magola metodikasi Publitsistikaning eng murakkab janrlaridan biri bu-maqola janridir. Bu janrning asosiy xususiyati shundaki, voqelik keng qamrovli, chuqur mantiqiy xulosalar va umumlashtirish, oldindan ko‘ra bilish, tahlil va tekshirishga asoslangan va o‘ziga xos (original) mulohazalarga ega bo‘lishi kerak. Publitsistikada maqolaning tarixiy ildizlari chuqur sanaladi. Va ularning turlari farqlanadi. Shu nuqtai nazardan maqola voqelikning boshqa voqelikdan ustunligi, o‘ziga xosligi, o‘z davrining muhim vaziyatini yoritish va dolzarbligi bilan ko‘p yillar saqlanishi kerak. Maqola – juda jiddiy janr. Jurnalistdan katta bilim va mahoratni talab etadi. Maqolaning kompozitsion tuzilishi aniqlik va oddiylikka asoslanishi va publitsistikaning asosiy qonuniyati bo‘lgan voqelikni keng yoritish bilan belgilanadi. Maqola — publitsistikaning murakkab janrlaridan biri hisoblanadi. Maqola janrida qalamga olingan bitta muammo aynan aniqlikni, mavzudan chiqib ketmaslikni ta’minlagani bois fikrni aniq va ravshan faktlarga asoslangan holda ifodalash imkonini beradi. Maqola janrida voqelikni sharhlash aniq faktni ifodalashdan boshlanib, mazkur hodisa muallif qarashiga to‘g‘ri kelishi yoki zid bo‘lishi mumkin. Aynan shu hol obyektga nisbatan muallifning o‘z nuqtai nazarini bildirishi orqali mazkur voqelikning jamiyatga nisbatan foydali yoki zararli ekanligi holatlarini ifodalaydi. Faktlarni tahlil etishda muallifning nuqtai nazari asosiy rol o‘ynashi hisobga olinadi. Shu sababdan jurnalist masalani har tarafdan chuqur o‘rganishi hamda muammo va voqelikni keltirib chiqargan faktlar, dalil va isbotlar bilan qurollangan bo‘lishi mazkur bilimlar asosida o‘zining tahlilini aniq ifodalay olishi kerak. Maqolada ifodalangan faktlar qiymati muallifning qarashi va mulohazalari to‘g‘riligini isbotlaydigan argumentlarga, ya’ni dalillarga asoslangan bo‘lishi shart. O‘z navbatida dalillar – muallif tomonidan ifodalanayotgan fikrning isbot asosi sifatida xizmat qiluvchi mantiqiy ashyo vazifasini o‘tashi lozim. Maqoladagi faktlar tipik va ishonchli bo‘lishi bilan birga mazkur jarayon sharhida muallifning qo‘llagan yondashuvi asosiy rol o‘ynaydi. Maqolada aniq faktlarni keltirish orqali yakuniy, umumlashma xulosa berilishi bilan birga, aniq natijalarga erishishining muallif nuqtai nazaridan kelib chiqqan tavsifiy-tahliliy taklifi asosida muammoni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. O‘z navbatida maqola bir necha ko‘rinishda bo‘ladi. Bu haqda gapirishdan oldin maqolaning asosiy belgilariga e’tiborni qaratishi muhim hisoblanadi. Bosh maqola jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotidagi asosiy yo‘nalishlarni ifoda etuvchi o‘ziga xos direktiva vazifasini o‘tashi kerak. Bosh maqola direktiv xujjatning mantiqiy strukturasiga mos kelishi lozim. Direktivlikning asosiy belgilari esa aniq voqelikni tahlil qilish asosida jamiyat rivojidagi obyektiv qonunlarga suyanish, maqola mavzusi keng ommaga, jamoa, ijtimoiy guruh sinflarning manfaatidan kelib chiqishi, muammoni hal etishning amaliy harakat dasturi yo‘nalishlarini belgilash orqali nafaqat maqsadni, balki shu maqsadga erishish omillarini ifodalay olishdan iboratdir. Bosh maqolada ramziy maktubot tasviriy va ocherk – elementlari chegaralangan bo‘lishi bilan birga mazkur janrdagi publitsistik bo‘yoq faktlarni xissiy argumentatsiya, ishonchli siyosiy targ‘ibot, lo‘nda tahlillar orqali kuchaytiriladi. Targ‘ibiy maqola — ilmiy asos nazariy bilim elementlarini o‘zida mujassam etgan – shu orqali muallifning mantiqiy-hissiy qarashlari to‘g‘riligiga jamoani ishontirishi kerak. Targ‘ibiy maqola jamiyat faoliyati va taraqqiyotining turli sferalaridagi nazariya va amaliyoti muammolarini tahlil etish orqali mazkur masalani targ‘ibot va tashviqot etadi. Maqolaning belgilari 1. Aniq fikrni izchil rivojlantirish. Bunda bitta aniq mavzu tanlanib, o‘rganilishi va yoritilishi kerak. Agar jurnalist bitta maqolaning o‘ziga bir necha savolni qo‘yib unga javob berishga xarakat qilsa, yo‘lini yo‘qotishi tayin. Maqola janr sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi. Gazetadagi maqola faqat bitta savolga yoki bitta masalaga bag‘ishlanishi kerak. Maqolada bitta savolga yoki masalaga javob topishning o‘zi fikrini ma’lum yo‘nalishga qratilganligi uni ko‘p mavzulikdan xalos etadi. Buning uchun maqolaga qo‘yilgan talab aniq maqsadga yo‘naltirilgan va izchil o‘rganiladigan bo‘lishi kerak. Qo‘yilgan savolni mayda detallarga bo‘linishi, voqelikni turli tomonlarda va o‘lchamlarda tahlil qilish lozim bo‘ladi. 2. Maqolaning boshqa janrlar bilan tengligi. U ham fakt bilan boshlanadi. Fikr va uning ortidan muallifning asosli mulohazalari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi kerak. Fikrlashning boshlanishi aniq dalilli xabarga tashaladi. Bu xabar (signal) muallifning qarashlariga mos tushishi yoki aksincha qarama-qarshi bo‘lishi mumkin. Bunga javoban obyektga baho berish orqali fikr ishlashni boshlaydi. Mana shu bir mavzu atrofidagi fakrlar shu mavzuga tegishli bo‘lgan bir necha savollarni paydo qiladi. Jurnalist ana shu savollarga javob izlash orqali yoritmoqchi bo‘lgan mavzusi tekshirish bilan ochib boradi. Fakt haqiqiymi yo haqiqiy emasmi, yoki tasodifiymi, u vaziyatga bog‘liqmi yoki alohidami, ana shu sodir bo‘lgan, voqelikning jamiyatga yoki ma’lum guruh uchun qanday foydali yoki zararli tomonlari bor, uning boshqa sodir bo‘lgan hodisalar bilan qanday uzviy tomonlari bor. 3.Ko‘tarilgan va rivojlantirilgan tugallik. Muallif fikri oxir oqibatda maqolaning mavzusini belgilaydi. Uni isbotlash uchun esa maqolani bir tizimga solish va dalillash kerak bo‘ladi. Dalillash, ya’ni argumentlash muammosi jurnalistni ayniqsa, tahlilchi jurnalist uchun eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 4. Mavzuda savolning qo‘yilishi. Mavzuni ishlashda juda ko‘p savollar tug‘iladi. Ularni tekshirish orqali ochib berish jurnalist avval o‘ziga, keyin o‘quvchiga voqelikni ochib beradi. 5.Maqolada faktlar va dalillarni yig‘ish. Maqola yozishda jurnalist juda katta bilim doirasiga, zahirasiga ega bo‘lishi lozim. Har gal uning nazariy bilimlar zahirasi, biror voqelikni ochish, izlanish orqali yangi bilimlarga boyib boraveradi. Ammo ba’zan nazariy bilimlar jurnalistning hayotini turli sohalaridagi, jarayonlaridagi, vaziyatlaridagi, hodisalaridagi holatlarni ochib berishga, faktlar bilan isbotlashga kamlik qiladi. Shunday xollarda jurnalist maxsus adabiyotlardan, ma’lumotnoma, lug‘atlardan foydalanishi kerak. Bundan tashqari faktlarni aniq isbotlash uchun, faqat bilimlardan, tashqari jurnalist shaxsiy kuzatuviga ham tayyorlanishi kerak Dalillar bilan bir paytda maqolada aniq faktlar muhim rol o‘ynaydi. Uning aniq belgilanishi – guvohi bo‘lmoq, shohidi bo‘lmoq juda muhimdir. Mana nima uchun, maqolaning tayyor xolatga keltirishga jurnalist bitta mavzuni har tomonlama o‘rganadi, iloji boricha ko‘p dalillar topadi. Bu faktlarning hammasi ham maqolada aks etishi shart emas. 6. Maqolada muallif fikrining ifodalanishi. Faktlarning umumiy yig‘indisiga asoslanib, muallif fikri o‘z tasdiqini topishi kerak. Ya’ni muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr faktlar asosida ifodalanmog‘i kerak. Ular esa muallifning to‘g‘ri mulohazalari va qarashlarini beradi. Muallifning qarashlaridagi tizim voqelikni kuzatishlari orqali isbotlanadi. Fakt maqolada haqiqiy va ishonarli bo‘lishi kerak, aks xolda u maqolaning xulosalariga mos kelmasligi yoki jurnalist chiqargan xulosalar bilan qarama-qarshi bo‘lib qolishi mumkin. Faktlar bilan ishlashda ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlashda muallifning o‘z pozitsiyasi, tutgan yo‘li bo‘lishi kerak. Fikrning asta-sekin rivojlana borishi, uning fakt va dalillar hisobiga to‘liqlashgani sari maqolaning muallifi o‘quvchini xulosa qilishga undaydi. Xulosa- muallif fikrining izchil rivojlanishi orqali paydo bo‘ladigan mantiqiy nutqdir. U o‘quvchiga hayotdagi ma’lum bir voqelik haqida tasavvur beradi. Maqolada ko‘tarilgan savolning yechimini ko‘rsatish orqali. Shulardan kelib chiqib maqolaga ta’rif beramiz. Maqola-publitsistikaning eng asosiy janrlardan biri bo‘lib, aniq faktga va isbotga asoslangan jamiyatdagi ma’lum voqea, hodisalariga nisbatan jiddiy fikrlarning rivojlantirish tufayli muallifning erishgan aniq natijalariga asoslangan xulosalaridir. Mazmun mohiyatiga ko‘ra maqolalar bir necha turga bo‘linadi. Download 55.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling