Bu jahon ayvonida bir lahza mehmon bandaman, Gullarin sar-sar o‘rib ketgan guliston bandaman


Download 13.8 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi13.8 Kb.
#1203279
Bog'liq
Bandaman


BANDAMAN
Bu jahon ayvonida bir lahza mehmon bandaman,
Gullarin sar-sar o‘rib ketgan guliston bandaman.

Bu hayot so‘qmoqlarida yo‘l yo‘qotdim bedarak,
Benavo bechoralik dashtida sarson bandaman.

Ham yurak nomli qabrga sirlarin ko‘mgan tirik,
Zohiri bo‘ston, vale botin go‘riston bandaman.

Siyna sandig‘ida cho‘g‘ dardlarni sirli saqlagan,
Imtihonlar tiyg‘idan dil pora, hayron bandaman.

Ruhim istarsiz agar, zulm ichra zulmatdan so‘rang,
Ashk — yog‘, kiprik — pilik, sham’i shabiston bandaman.

Lek Hakim Robbimga shukr aylab qo‘yurman yerga bosh,
Roziman, har ne qadar qilsa, musulmon bandaman

Husaynxon Yahyo Abdulmajid
Download 13.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling