Bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda islohot o’tkazish va bu sohalarni rivojlantirish uchun kerakli barcha choralarni amalga oshirish ishlari amalga oshirilmoqda


Download 177.97 Kb.
bet1/5
Sana29.01.2023
Hajmi177.97 Kb.
#1139577
  1   2   3   4   5
Bog'liq
16. Zondli Nanoelektronika. Skanlovchi zondli mikroskopiyaning u


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika-matematika fakulteti
Fizika” kafedrasi
70530905 “Yarimo’tkazgichlar fizikasi” ta’lim yo’nalishi
2-bosqich magistrining


MUSTAQIL ISHI


Fan: Yarimo’tkazgichlarda kvant nanostrukturalar.


Bajardi: ___________________ A.N.Tursunov
Tekshirdi: ___________________ D.R.Djo’rayev

KIRISH.

“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
Sh.M.Mirziyoyev.

Bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda islohot o’tkazish va bu sohalarni rivojlantirish uchun kerakli barcha choralarni amalga oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ta’lim – tarbiya, innovatsion texnologiyalar, elektronika sohalarida ham o’zgarishlar qilinmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga yetdi. Shular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQShning Vebster universitetining filiallarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ta’kidlash lozim. Oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo‘limlar ochildi.


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimi takomillashtirildi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, uning tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar faoliyati tiklandi. Ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasiga saylov o‘tkazilib, o‘zining ilmiy ishlari bilan mamlakatimiz va xalqaro miqyosda nom qozongan iste’dodli olimlar akademik degan yuksak sharafga sazovor bo‘ldilar.
Telekommunikatsiya uskunalari, komp’yuter texnikasi va mobil telefonlar, keng turdagi maishiy elektronika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi zamonaviy korxonalar tashkil etilmoqda. Iqtisodiyotimizning deyarli barcha tarmoqlari modernizatsiya qilinib, amalda texnologik jihatdan yangilanmoqda.
Kvant fizikasi va fotonika fanlarining rivojlanishi esa kvant komputerlarini ixtro qilinishiga asos bo’la oladi. Hozirda qator yetakchi mamlakatlar bu ixtrolar ustida ish olib bormoqdalar. Fotonika yorug’likning korpuskulyarlik xossasini ham o’rganadi.
Mа’lumki, “Tа’lim to’g’risidаgi qonun” vа kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi аsosidа butun tа’lim-tizimi jаrаyonini isloh negizidа yuqori mаlаkаli mutахаsislаrining hаl qiluvchi rolini inobаtgа olgаn holdа , endilikdа хаlqning boy intellektuаl merosi vа umumbаshаriy qаdriyatlаr, zаmonаviy mаdаniyat, iqtisodiyot, fаn teхnikа vа teхnologiyalаr аsosidа etuk mutахаsislаr tаyyorlаsh tizimi ishlаb chiqildi. Hozirgi kungа kelib bu borаdаgi, bаrchа hаrаkаtlаr o’z sаmаrаsini bermoqdа.
Ma’lumki, O‘zbеkiston Rеspublikasi mustaqillikka erishgan kunlardan boshlaboq Rеspublikamiz birinchi Prеzidеnti I.A.Karimov mamlakatimizdagi kadrlar tayyorlash masalasiga asosiy e’tiborni qaratib, muntazam ravishda yosh avlodning barkamol bo‘lib yеtishishi va mustaqil O‘zbеkistonimizning fidoyi kadrlari bo‘lmog‘i uchun sharoitlar yaratib bеrmoqdalar, o‘zlarining har bir nutqlarida yoshlarning ta’lim tarbiyasi, bilim saviyasi, dunyoqarashini shakllantirish kabi dolzarb muammolarga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Quyida kеltiriladigan jumlalar so‘zlarimizning yaqqol dalilidir: “Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalavеradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kеlajagimiz, mamlakatimizning kеlajagi o‘rnimizga kim kеlishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog‘liq”.



Download 177.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling