Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana07.09.2020
Hajmi0.74 Mb.
#128755
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbek tilida soz turkumlari tasnifi masalalari


 



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 

FILOLOGIYA FAKULTETI 

 

O`ZBEK FILOLOGIYASI KAFEDRASI 

 

IV KURS BITIRUVCHISI 

M. Fayzullayevaning 

 

 “

O`zbek tilida  so`z turkumlari tasnifi masalalari

” 

MAVZUIDAGI 

 

5 220 100 - Filologiya (o`zbek filologiyasi) yo`nalishida bakalavr ilmiy 

darajasini olish uchun yozgan BITIRUV ISHI  

(2013-2014- o`quv yili) 

 

                          

Ilmiy rahbar:                                     filologiya fanlari nomzodi, dotsent 

                                                                ABUZALOVA M.Q. 

 

 

 

 

 

 



 



 

 

 

MAVZU:  O`ZBEK TILIDA  SO`Z TURKUMLARI TASNIFI 

MASALALARI 

R E J A:  

  

Ishning  umumiy tavsifi. 

Kirish. 

1- bob.  So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari. 

1 §. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk 

qarashlar 

2 §. Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha 

 3§.  So'z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari 

Bob bo`yicha xulosa 

2- bob. O`zbek tilida   so`z turkumlarining lizoniy tabiati. 

1§. Mustaqil so`z turkumlariga xos bo‟lgan  grammatik belgilar. 

2§. Yordamchi so`zlarning grammatik tabiati 

Bob bo`yicha xulosa 

Umumiy xulosalar 

Foydalanilgan adabiyotlar.  

 

 

 

 

 

 

 



 



 

 

 

Ishning  umumiy tavsifi. 

 

       Mavzuning tadqiq darajasi. Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan biri - 

tilshunoslik necha o`n asrlardiki, til deyiladigan tilsimning tabiatini, tub mohiyatini 

tushunish  va  tushuntirish  yo`lida  tinimsiz  izlanadi.  Ayni  izlanishlarning  hosilasi 

o`laroq  bu  fanda  xilma-xil  yo`nalishlar,  ilmiy  qarashlar  nuqtayi  nazarlarning 

yuzaga kelganligidan bugun bexabar bo`lgan tilshunos yo`q [18.

 –Б.  27-30

 ]. Shu 


bois  keyingi  yillarda  lisoniy  qurilshning  umumiy  qonuniyatlarini  o`zbek  tili 

materiallari  asosida  yangicha  tadqiq  etish  va  tahlil  qilishga  qaratilgan  izlanishlar 

silsilasi yuzaga keldi. Bu izlanishlarning salmog`i kundan-kunga oshib bormoqda. 

       Mavzuning  dolzarbligi. Tilshunoslik  tarixida so`zlarni  tasnif  etishdek  chigal 

va  ko`p  muhokama  etilgan  masala  bo`lmasa  kerak.  Panini,  Arastudan  boshlab, 

hozirgacha  tilshunoslar  bu  muammo  ustida  bosh  qotiradilar.  Zero,  so`z  lug‘at  va 

grammatikaning asosiy birligi sifatida har bir tilshunos oldiga o`z tabiatini imkoni 

boricha  to`liq  va  ziddiyatsiz  talqin  etish  vazifasini  qo`yadi.  Bu  esa  so`zlarga  xos 

bo`lgan  aynanlik,  o`xshashlik  va  farqlarni  aniqlash,  ularni  tasnif  etish  hamda 

guruhlash  orqaligina  amalga  oshirilishi  mumkin.  Mavzu  dolzarbligini  belgilovchi 

omillardan  biri  shuki,  so`z  turkumi  tasnifi  bilan  shug‘ullangan  tilshunoslarimiz 

tasnif oldiga qo`yiladigan eng umumiy falsafiy-mantiqiy talablarga yetarli darajada 

e`tibor  bermaganlar.  Bu  g‘olat,  ayniqsa,  o`zbek  tilshunosligida  yaqqol  seziladi. 

Tilshunosligimizda  uch  mezonli  asos  (semantik,  morfologik,  sintaktik)  bilan 

ajratilgan so`z turkumlari tasnifiga chuqurroq mohiiyat asosida yondashish hozirgi 

kunda  sifat  jihatdan  tez  rivojlanayotgan  lingvistikamizning  muhim  vazifalaridan 

biridir.  So`z  turkumlari  tasnifini  yangicha  asoslarda  umumlashtirgan  holda 

o‘rganish dolzarblik kasb etadi.  


 

       Tadqiqot  manbaini  shaklan  va  mazmunan  yaxlitlikka  ega  bo`lgan  so`z 



(leksema)lar tashkil etadi. 

       Ishning  metodologik  asoslari  va  tahlil  usullari.  Ishda  dialektik  falsafiy 

metodologiya asos bo`ldi, narsaning serqirraligi haqidagi ta`limotga asoslanildi.  

       Bitiruv  ish  mavzusining  maqsad  va  vazifalari.  Malakaviy  bitiruv  ishining 

maqsadi    tasnif  masalalarini  va  ular  tarixini  o`rganish,    o`zbek  tilidagi  so`z 

turkumlari  tasnifini  substansial  asoslarda  bilish,  ular  haqida  xulosalar  chiqarish,  

tasniflashlardagi  farqli  tomonlarni  hamda  so`z  turkumlarining    ilmiy  va  mantqiiy 

izchil tasnif usullarini ilg‘ay olish . 

       Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi.      So`z  turkumlari  tasnifi  masalasi  amalga 

oshirilgan  yangi  tadqiqotlar  asosida  yana  bir  karra  o`rganildi.  O`zbek 

tilshunosligida  an`anaviy  (klassik)  hamda  hozirgi  zamonaviy  (formal-funksional) 

ilmiy  yondashuvlar  asosida  so`zlar  tasnifi  qiyosan  taqlilga  tortildi.  So`zlarni 

guruhlashdagi haqiqiy, idrokiy mezonlar o`rganildi.  

 

Tadqiqotning  nazariy  ahamiyati  nafaqat  til  hodisalari,  balki  boshqa 

hodisalarda  ham  serqirralilik  xos  ekanligi  xususida  hukm  chiqarishga  imkon 

beradi. 


       Amaliy  ahamiyati    o`zbek  tili  grammatikalarini  yaratishda,  qo‘llanmalar 

yozishda manba vazifasini o`tashi mumkin. 



       Ishning  sinalishi.  Ushbu  bitiruv  ish    mavzusi  BuxDU  o`zbek  filologiyasi 

kafedrasi  hamda  filologiya  fakulteti  yig‘ilishlarida  muhokama  etilgan  va 

ma`qullangan. Kafedrada ilk sinovdan o`tkazilgan (2014 yil, aprel). 

       Ish  mundarijasi  kirish,  ikki  asosiy  bob,  xulosa  va  foydalanilgan  adabiyotlar 

ro`yxatidan iborat. 



 

 

 

 

 

 



 



 

 

 

Kirish 

 

Til–  kishilik  jamiyatida  eng  asosiy  kommunikativ  vosita.  Insoniyat  paydo 



bo`libdiki,  kishilik  jamiyati  uchun  umumiy  va  jamiyat  a‘zolarining  har  birida 

individual  holda  aloqa-aralashuv  vositasi  sifatida  til  ham  vujudga  kelgan.  Zeroki, 

inson  yaralishi  bilanoq  muomala  uchun  til  va  undan  foydalanish  ehtiyoji  paydo 

bo`lgan.  Shu  bois  til  ijtimoiy  ong  kabi  qadimiydir.  Insonlar  til  vositasida  fikr 

almashadilar,  bir-biri  haqidagi  harakat-holatlar,  voqea-hodisalardan  voqif 

bo`ladilar. Bu tilning aloqa-munosabat xususiyatidir 

[4.–Б.71-74.]. 

Tilni  faqat  kishilar  o`rtasidagi  aloqa  vositasi  sifatidagina  talqin  etish 

insonning  tabiiy  tilini,  bu  benihoya  murakkab  va  muhtasham  hodisani,  eng  kami, 

jo`nlashtirishdan,  aniq  bir  milliy  qiyofa  yoki  milliy-ruhiy  zamindan  mutlaqo 

mosuvo  bo`lgan  sun‘iy  tilga  (masalan,  esperanto  kabi)  tenglashtirishdan,  yo`l 

harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli ―til‖ga baravarlashtirishdan 

boshqa  narsa  emas 

[11


  ].  Chindan  ham,  til  faqat  aloqa  vositasi  bo`lganda  edi,  u 

juda  oddiy,  sodda  va  qashshoq  bir  narsaga  aylangan  bo`lardi.  Holbuki,  til  bemisl 

boy, sehru sinoatga, ruhu ruhoniyatga, ko`rku komillikka limmo-lim bir xilqatdir.  

Shu bilan birga, har bir tilni boshqasidan farqlaydigan milliy xususiyati bor. 

Taniqli  tilshunos  olim  N.Mahmudov  bu  masalada:  ―Bu  ko`hna  zaminda,  necha 

ming yillarkim, turfa qavmlar, elatu millatlar yashab keladi. Til ilmidagi taxminiy 

hisob-kitoblarga  ko`ra,  butun  yer  yuzida  uch  mingdan  ortiq  (ba‘zi  ma‘lumotlar 

bo`yicha  besh  mingga  yaqin)  til  mavjud‖,-deb  ma‘lumot  beradi.  Olimning 

―Tabiiyki, bu tillarning har biri muayyan bir qavmning dunyolarga alishmaydigan 

bebaho boyligi – ardoqli ona tilidir. Demak, kattadir, kichikdir, har qanday tilning 

o`z egasi bor‖ degan mulohazalari ham ayni haqiqatdir 

[12.–Б.3-9. ].

 Yurtboshimiz 


 

I.A.Karimov  ta‘kidlaganlaridek,  ―O`zlikni  anglash,  milliy  ong  va  mafkuraning 



ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma‘naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi‖. 

Milliy  hamiyat  va  umuminsoniy  qadriyat,  milliy  o`zlik  idrokining 

ustuvorligi, milliy g`urur va iftixor, Vatanga muhabbat va Mustaqillik mafkurasiga 

sadoqat  kabi  ma‘naviy  kamolotning  o`zagini  tashkil  etuvchi  tushunchalarni  ona 

tilidan ayro holda tasavvur etib bo`lmaydi. Shuning uchun alloma ajdodlarimiz ona 

tilini  ana  shu  mo`tabar  tushunchalarni  inson  shuuriga  muhrlamoqning  eng 

ta‘sirchan vositasi deb bilganlar 

[11, 44].  

Har  qanday  shaxsning  milliy-ruhiy  mag`zini,  irq-u  e‘tiqodidan,  zamin-u 

zamonidan  qat‘iy  nazar,  ona  tili  tayin  va  ta‘min  etadi.  Xuddi  shu  milliy-ruhiy 

mag`z mutlaqo o`ziga xos, betakror bir mohiyat bo`lib, millatning tafakkur tarzini, 

―idrok ko`zi‖ni qat‘iy belgilab beradi. Nemis allomasi Vilgelm fon Gumboldtning 

―Yer  yuzidagi  tillarning  xilma-xilligi  faqat  tovushlarning  turlichaligi  emas,  balki 

xalqlardagi dunyoni ko`rishning xilma-xilligidir‖ degan gapi ham bejiz aytilmagan 

[12, 4].

 Shunday ekan, muayyan tilda fikr yuritish shaxsning o`sha xalq va millat 

vakili  hisoblanishidan  dalolat  beradi.  O`zbek  tilida  fikr  yuritgan  kishi,  tabiiyki, 

ozbek millatiga tegishliligini va o`zbek tili – ona tili ekanligini isbotlashga ortiqcha 

zarurat  yo`q.  O`zbek  tilining  milliy  qadr-qimmati,  ijtimoiy  nufuzi  hamda  ilmiy-

amaliy  ravnaqi  uchun  xizmat  qilayotgan  davlatimiz  rahnamosi,  davlat  arboblari, 

millat  ziyolilari,  fidoyi  tilshunoslar,  til  ilmining  toliblari  –  barcha  taraqqiyparvar 

insonlar maqsadi zukko tilshunos N.Mahmudovning ―Ona tiliga cho`ng e‘tibor va 

ehtirom bilan qaramoq, uning har bir so`zi qatlariga yashiringan ma‘no injaliklari-

yu  mazmun  teranliklarini  idrok  etmoq,  ulardan  huzurlanmoq,  bu  muqaddas 

xilqatda  tin  olgan  ajdodlar  ruhini  his  qilmoq  va  bu  xilqatni  fidoyilik  bilan 

qo`rimoqqa  hamisha  hozir  bo`lmoq  Vatan  farzandining  bikir  burchidir‖  degan 

jumlasida mujassamdir. Binobarin, ona tili  milliy o`zligimiz ko`zgusi ekan, uning 

hamisha  beg`ubor  va  ravshan  bo`lishi,  kelgusi  avlodlarga  bebaho  meros  sifatida 

yetishi uchun har birimiz mas‘ulmiz. Ayni mas‘uliyat hissi bizni ona tilimizda so‘z 

turkumlarining  milliy xususiyatlarini aniqlashga undadi. 

 


 

 



 

 

 



 

1- bob.  So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari 

 

1 §. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk qarashlar 

 

       Uzoq  o`tmishda  ham  odamlar  o`z  ona  tillarida  ishlatiladigan    so`zlarning 

so`zlashuvda  farqlanishiga  e`tibor  berishgan.  Bir  so`zlar  predmetlarni,  boshqalari 

xususiyatlarni  ko`rsatadi,  qolganlari  kelishiklarda  turlanadi,  yana  birlari  shaxs  va 

zamonlarda o`zgaradi. Qadimgi hind va  yunon tilshunoslari   tomonidan qilingan 

bu kuzatishlar, ularga ikki aniq so`z turkumlarini ajratish uchun asos bo`ladi: Ot va 

fe`l. Arastu (mil. avv.384-322- yil ) so`zlarni uchta so`z turkumlariga ajratadi: ot, 

fe`l va bog‘lovchilar. 

       Miloddan  avvalgi  III-II  asrladagi  elinizm    davrida    Aleksandr  grammatikasi 

maktabi  tashkil  etiladi  va  uning  namoyondasi  Aristarx  Samofrakskiy    tarixda  

birinchi  marotaba  sakkizta  so`z  turkumidan  iborat  klassifikatsiya  (tasnif)  tuzadi. 

Bu so`z turkumlari quyidagilar: ot, fe`l, sifatdosh, artikl, olmosh, predlog, ravish va 

bog‘lovchilar.    Bu  klassifikatsiyada    sifat  so`z  turkumi  mavjud  emas,  bu  o`z 

navbatida yunon tilining tipologik mohiyatini aks ettiradi. Chunki o`sha paytlarda 

sifat  so`z  turkumi  ot  so`z  turkumi  bilan  umumiy  tarzda  turlangan  va  bir  so`z 

turkumini tashkil etadi, bu so`z turkumi "ism" deb atalgan.  Boshqa tomondan, bu 

klassifikatsiyada sifatdosh alohida so`z turkumi sifatida ajratilgan. 

       Aristarx  o`z  klassifikatsiyasiga  asos  qilib  ikki  tamoyilni  oladi:  morfologik 

tamoyil  -  "ot  turlanadigan  so`z  turkumi",  semantik  tamoyil  -  "jism  va  narsani 

ko`rsatadi",  shuningdek,  u  predmetning  umumiy  va  xususiy  qirralarini  hisobga 

oladi.  Ham  umumiy,  ham  xususiy  tarzda  aytilganda  (umumiy  ma`no  -  odam, 

xususiy ma`no - Suqrot). 



 

       Yana bir aleksandriyalik  grammatist Dionisiy Frakiyskiy (m.avv.170-90- yil) 



yunon  tilidagi  zamon  tizimini  quyidagicha  tasvirlaydi:  "Uch  zamon  mavjud  - 

hozirgi,  o`tgan,    kelasi.    Bulardan  o`tgan  zamon  to`rt  turga  bo`linadi  -  uzoq 

muddatli, oldingi, oldin tugatilgan, cheklanmagan. Ularda uch xil tegishlilik bor - 

hozirgining  uzoq  muddatli  bilan,  oldingining  oldin  tugatilganligi  bilan, 

cheklanmaganning kelasi bilan ".   

       Aleksandriyalik  grammatistlar  tuzgan  so`z  turkumi  tizimida  ko`pgina 

kamchiliklar borligiga qaramasdan, masalan: undagi ot va fe`lning to`qnashadigan 

xususiyatlari, bu klassifikatsiya fan va maktab  doirasida mustahkam o`rnashdi va 

hozir  ham  ba`zi  o`zgarishlar  bilan  ishlatib  kelinmoqda.  Umuman  ilmning 

rivojlanishiga aloqador bo`lgan tilshunoslik fikrining rivojlanishi, shuningdek, har 

xildagi  tillarning  chuqur  o`rganilishi  so`z  turkumlarining  avvalgi  klassik  tizimini 

qayta ko`rib chiqishga olib keldi. 

       F.I.Buslayev  (1818-1897)  ikki  turdagi  so`z  turkumlarini  ajratardi  -  mustaqil, 

bunga u ot, sifat, fe`lni kiritgan, hamda yordamchi so`z turkumlarini - olmosh, son, 

predlog, bog‘lovchi va ravish. 

       A.A.Potebnya  (1835  -  1891)  so`z  turkumining  shu  bo`linishini  saqlab  turib 

ravishni mustaqil so`z turkumiga, ko`makchi fe`llarni yordamchi so`z turkumlariga 

kiritdi; olmosh esa uning tizimida alohida o`ringa ega.  

       Turlar  bo`yicha  katta  ahamiyatli  so`zlar  tasnifini  akademik  F.F.Fortunatov 

(1848  -  1914)  ishlab  chiqdi.  O`z  klassifikatsiyasida  u  faqat  morfologik  kriteriya 

(mezon)ni asos qilib oldi, ya`ni grammatik  shaklning bor - yo`qligi yoki biz hozir 

aytadiganimizdek,  so`zning  so`z  o`zgartiruvchi  morfemalarni  olish  -  olmasligi.  U 

tildagi  barcha  so`zlarni  fikr-mohiyatni  belgilaydigan  to`liq  so`zlar,  qisman 

yuklamalarga bo`ladi. 

       So`z  turkumlari  guruhlardan    yoki  turlardan  tashkil  topganligi  tufayli,  ular 

bo‘yicha tildagi so`zlar taqsimlanadi, ularda so`zning ikki tomoni ham aks etilishi 

kerak.  Bundan  so`z  tavsifi  uchun  ikki  mezon  kelib  chiqadi  -  semantik  va  shakliy 

morfologik. 



 

       Semantik  mezon  muayyan  so`zni  keng  ma`nodagi  kategoriyaga  bog‘laydi. 



Bunda predmet ma`nosini bildirgan so`zlar otlarning semantik turini tashkil etadi,  

predmet  belgisini  bildirgan  so`zlar  sifatlarning  semantik  turini  tashkil  etadi.  Bu 

kriteriy  ancha  oldin  berilgan  va  tillarda  so`z  turkumlarini  ajratib  ko`rsatishning 

differensial  xususiyatlaridan  biridir.  Morfologik  kriteriy  ma`lum  so`zni,  uning 

morfologik  xususiyatlariga  ko`ra  aniq  turga  ajratish  uchun    ishlatiladi.  Masalan: 

turlanish  paradigmasining  mavjudligi  shu  paradigmaga  ega  bo`lgan  so`z  ot-so`z 

turkumiga mansubligini anglatadi. Albatta, agar bu morfologik xususiyat  predmet 

semantik xususiyati bilan mos kelsa. Agarda turlanish paradigmasining mavjudligi 

sifat semantik xususiyati  bilan mos kelsa, unda berilgan so`z sifat so`z turkumiga 

kiritilishi kerak. 

      Bu  asosiy  ma`no  va  shakl  xususiyatlardan  tashqari  so`zning  so`zlashuvda, 

gapda vazifa bajarish qobiliyati mavjud. Bundan ko`rinadiki, tildagi barcha so`zlar 

ham gapda vazifa bajarmaydi. Xuddi shunday predmet ma`nosini bildirgan so`zlar, 

ya`ni  otlar,  odatda  gapda  ega  vazifasini  bajaradilar.  Grammatikaning  normativ 

kursidan  ma`lumki,  ot-eganing  asosiy  vazifasi    kesim  va  to`ldiruvchini 

boshqarishdir.  Fe`lning  asosiy  vazifasi  gapdagi  ma`noni  reallikka  bog‘lash. 

Ravishning asosiy vazifasi kesimni yoki aniqlovchini tavsiflash. 

       Shuning  uchun  so`z  turkumini  aniqlashning  uchinchi  kriteriyasi  deb,  bir 

so`zning gapdagi vazifasi  yoki funksional kriteriyni olishni shart deb bilamiz. 

So`zning  turli  guruhlarini  tahlil  qilayotganda  biz  shunga  amin  bo`lishimiz 

mumkinki,  hamma  so`zlar  ham  grammatik  ma`noda  bir-biri  bilan  mos  kela 

olmaydi.  Ravish  sifat  va  fe`l  bilan    mos  kelayotib,  na  ot  na  olmosh  bilan    mos 

keladi. Jumladan, ingliz tili ravishi ,,very" xuddi shunday ot bilan moslashmaydi- 

very house. 

       Nihoyat,  har  bir  so`z  turkumi  uchun  faqat  ungagina  tegishli  bo`lgan  so`z 

yasovchi paradigmani ajratish mumkin. Barcha tilida  ma‘lum so`z turkumiga xos 

bo`lgan so`z yasovchi affikslarga  duch kelamiz. Masalan: 

 - ship - friendship -do`stlik, kingship - qarindoshlik;  

-ment -arrangement -tayyorlov. 



 

10 


Shuning  uchun  ham  so`z  yasovchi  affikslar  tizimi  so`z  turkumini  aniqlash 

kriteriyalaridan biri deb hisobga olinishi lozim. Yuqoridagilardan so`z turkumlarini 

tipologik aniqlashning quyidagi kriteriyalari kelib chiqadi:  

1) semantik kriteriy - berilgan so`zni  keng ma`noli kategoriyaga belgilash;   

2) morfologik kriteriy - moddiy jihatdan ifodalangan morfologik kategoriyalarning 

mavjudligi;  

3) sintaktik kriteriy -so`zlashuv zanjirida berilgan so`zning vazifasi; 

 4)moslashuv  kriteriysi  -  bir  so`z  turkumidagi  so`zlarning  boshqa  so`z 

turkumlaridagi so`zlar bilan moslasha olishi;  

5 ) so`z yasovchi kriteriy  - bir so`z turkumidagi so`zlarning ma`lum tur bo‘yicha 

yangi  so`z    yasay  olishi.  O`zbek  tilidagi    so`z  turkumlari    haqida  gapirilganda, 

shuni  aytib  o`tishimiz  joizki,  morfologik    va  sintaktik    farqlarga  qaramasdan,  bu  

tillardagi  so`z  turkumlari  ma`lum  darajada    o`xshashliklarga  ega  va  ular 

quyidagilar:  

1) ot 

 7) predlog   



2) sifat 

 8) bog‘lovchi 

3) son 

 9) yuklama 



4) olmosh   10) artikl 

5) fe`l 


 11) ko`makchi fe`llar 

6) ravish 

 12) chastitsa. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

11 


 

 

 



2 §. 

Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha 

 

  Tasnif  (arabcha  «saralash»,  «tartibga  solish»)  narsa  va  predmetni  aniq  va 



doimiy  o‗ringa  ega  bo‗lgan  guruh  (sinf)ga  bo‗lish.  Agar  tasnif  ilmiy  asosga  ega 

bo‗lsa,  u  uzoq  davr  mobaynida  amal  qiladi.  Masalan,  kimyoviy  unsurlak  tasnifi 

bugungi kunda ular soni 200 dan oshib ketayotgan bo‗lsa-da, o‗zgarmasdan amal 

qilmoqda. 

Tasniflash  bo‗lishdan  barqaror  tabiatliligi  bilan  ajralib  turadi.  To‗g‗ri, 

tasniflashda  ham  oddiy  bo‗lishda  amal  qiladigan  barcha  tamoyillar  asos  bo‗lib 

xizmat qiladi. Ya‘ni tasnifda ham bo‗lishdagi kabi: 

1) tasniflangan bo‗laklar hajmi tasniflanayotgan butunlik hajmiga teng bo‗lishi; 

2) tasnif bir asosda amalga oshirilishi

3) tasnif (tasniflangan) guruhlari bir-birini inkor qilishi; 

4) tasnif uzluksiz bo‗lishi, ya‘ni unda «sakrash» bo‗lmasligi lozim.  

Bu qoidalarni qisqacha sharhlaymiz. 

  1.  Tasniflangan  guruh  hajman  tasniflanuvchi  butunlikka  mos  kelishi. 

Masalan, fonema unli va undoshga, leksemalar mustaqil va nomustaqil leksemaga, 

qo‗shimcha so‗z yasovchi va grammatik qo‗shimchaga ajraladi. Agar tasniflangan 

guruh  soni  ancha  ko‗p  bo‗lsa,  «va  boshqalar»,  «va  hokazo»  tarzida  sanashni 

tugatish ham mumkin. Masalan, «fe‘lning mavzuiy guruhlari «harakat fe‘li», «nutq 

fe‘li», «tafakkur fe‘li», «yurish fe‘li» va hokazo» kabi. 

Bu qoidaning buzilishi quyidagi xatolarga olib keladi: 

a)  noto„liq  tasnifda  turning  barcha  jinslari  to‗liq  sanalmaydi.  Masalan,  «So‗z 

yasovchi  ot  yasovchilar  va  fe‘l  yasovchilarga  bo‗linadi»  kabi.  Chunki  so‗z 

yasovchilar aytilganlardangina iborat emas; 



 

12 


b)  ortiqcha  a‟zoli  tasniflar  tasniflangan  guruhlar  hajman  tasniflanuvchi 

butunlikdan  katta  bo‗ladi.  Masalan,  «unlilar  lablangan,  lablanmagan  va  bo‗g‗iz 

turlariga ega». 

2.  Tasnifning  bir  asosda  amalga  oshirilishi  lozimligi.  Tasniflanuvchi 

butunlikni  guruhlarga  bo‗lish  bir  belgi,  asos,  mezon  asosidagina  amalga 

oshirilmog‗i  lozim.  Masalan,  so‗z  turkumlari  uch  –  morfologik,  semantik  va 

sintaktik  belgi  asosida  tasniflanishi  mumkin.  Lekin  har  bir  tasnifda  ularning 

birigagina tayaniladi. Tasnifda bunga rioya qilmaslik ikki xil xatoga olib keladi: 

a)  tasnifni  amalga  oshira  olmaslikni  keltirib  chiqaradi.  Masalan,  so‗zlar 

morfologik  jihatdan  o‗zgaruvchi  va  o‗zgarmas,  semantik  jihatdan  avtosemantik 

(mustaqil ma‘noli) va sinsemantik (nomustaqil ma‘noli) so‗zlarga bo‗linadi. Lekin 

ularni bir paytning o‗zida morfologik va semantik tasnif qilib bo‗lmaydi.  Chunki 

o‗zgarmas  so‗z  avtosemantik  ham,  sinsemantik  ham  bo‗lishi  mumkin.  Masalan, 

ko‗makchi o‗zgarmas, sinsemantik, ravishlar o‗zgarmas, avtosemantik so‗z; 

b)  tasnifning  bir  bosqichining  o„zida  goh  u,  goh  bu  asosni  qo„llash  yoki 



biridan  ikkinchisiga  o„tish  tasnif  izchilligiga  putur  etkazadi.  Masalan, 

ergashgan  qo‗shma  gapning  an‘anaviy  tasnifida  tasnif  dastlab  sintaktik  belgi 

asosida  (ega  ergash  gap,  kesim  ergash  gap,  to‗ldiruvchi  ergash  gap,  aniqlovchi 

ergash  gap)  boshlanib,  semantik  asos  bilan  davom  etar  va  tugar  edi:  payt  ergash 

gap, shart ergash gap, o‗rin ergash gap, to‗siqsiz ergash gap, natija ergash gap va h. 

An‘anaviy  usulda  tasnif  dastlab  sintaktik  belgi  asosida  amalga  oshirilib,  ikkinchi 

bosqichda  semantik  tasnif  amalga  oshirilsa,  to‗g‗ri  bo‗lar  edi.  Masalan  (1-

jadval):1-jadval  



Ergash  gap 

Ega 


ergash gap 

Кesim ergash 

gap 

Aniqlovc


hi ergash 

gap 


To‗ldiru

vchi 


ergash 

gap 


Hol ergash 

gap 


Hol  ergash gap 

Sabab er-

O‗rin  Payt  Shart  Nati To‗si Maq

Dara-ja-


 

13 


gash gap 

er-


gash 

gap 


ergas

gap 



ergas

h gap 


-ja 

er-


gash 

gap 


q-siz 

ergas


h gap 

-sad 


erga

sh 


gap 

miq-dor 


er-gash 

gap  


   

3.  Tasnif  a‟zolari  (guruhlari)  bir-birini  inkor  etishi  lozim.  Masalan, 

undoshlar  til  oldi,  til  o‗rta,  til  orqa,  bo‗g‗iz,  jarangli,  jarangsiz  turlardan  iborat 

deyilgan  tasnifda  a‘zolarning  ayrimlari  boshqalarini  inkor  eta  olmaydi.  Ya‘ni 

jarangli  undosh  til  oldi  undoshi  bilan  zidlana  olmaydi,  til  oldi  va  til  o‗rta 

undoshlari bir-birini inkor etish xossasiga ega. 

4. Tasnifda sakrash bo„lmasligi lozim. Agar «kesim sodda kesim, murakkab 

fe‘l kesim, murakkab ot kesimga bo‗linadi» tasnifini amalga oshirsak, xatoga yo‗l 

qo‗ygan bo‗lamiz. Chunki dastlab kesimni sodda va murakkabga, so‗ngra fe‘l va ot 

kesimga bo‗lish to‗g‗ri va izchil tasnifni beradi. 

Tasnifning  bo‗lishdan  farqi  shundaki,  bo‗lishda  a‘zolar  guruhlanishi  shart 

emas.  Masalan,  «lablanmagan  unlilar  [i],  [e],  [a]  dir»  deyish  tasnif  emas,  balki 

bo‗lishdir.  Tasnif  xarakteriga  ega  bo‗lish  uchun  i  yoki  a  guruh  (sinf)  bo‗lib,  o‗z 

navbatida,  yana  bo‗linib  ketishi  lozim  edi.  Unlilarni  lablangan  va  lablanmagan 

unliga  bo‗lish  tasnif  bo‗lib,  lablanmagan  yoki  lablangan  unlini  bo‗lish  oddiy 

bo‗lish bo‗lsa-da, tasnif maqomida emas. 

Tasnif dixotomik, politomik yoki dixopolitomik bo‗lishi mumkin. 

Dixotomik  tasnifda  birliklar  ikki  guruhga  ajratiladi:  «fonemalar  unli  va 

undoshga  ajraladi»  kabi.  Politomik  tasnifda  guruh  soni  ikkidan  ortiq  bo‗ladi: 

«Grammatik  qo‗shimcha  lug‗aviy  shakl  hosil  qiluvchi,  sintaktik  shakl  hosil 

qiluvchi va lug‗aviy sintaktik shakl hosil qiluvchiga bo‗linadi» yoki «fe‘llar nutq 

fe‘llari, ruhiy-holat fe‘llari va h.k.» kabi. 

Dixopolitomik  tasnifda  tasniflanuvchi  butunlik  dastlabki  bosqichda  ikkiga, 

keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. Masalan (14-jadval): 

 

2-jadval 


 

14 


Fonema  

Unli 


Undosh  

Yuqori tor 

O‗rta keng   Quyi keng 

Lab  


Til  

Bo‗g‗iz  

kabi. 

Tasnif asosini tanlash muhim. Chunki biror tizimni turli asosda tasnif qilish har 



xil natija beradi. Masalan, undosh fonemani ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‗ra 

jarangli  va  jarangsizga,  hosil  bo‗lish  o‗rniga  ko‗ra  lab,  til,  bo‗g‗iz  undoshiga 

ajratish mumkin. 

Lisoniy tasnif tasniflanayotgan birliklarning ichki, substansial belgilariga ko‗ra 

yoki  muhim  bo‗lmagan  zohiriy  xossasiga  asoslangan  bo‗lishi  mumkin.  Shu 

boisdan tabiiy  yoki yordamchi tasnif farqlanadi. Tabiiy tasnifda lisoniy birlikning 

ichki, barqaror belgilariga asoslaniladi. Yuqorida tabiiy tasnifga misollar keltirildi. 

Yordamchi  tasnifda  birlikning  ontologik  bo‗lmagan  xossasini  bildiruvchi 

belgilariga  tayaniladi.  Masalan,  «so‗zlarning  bo‗g‗in  sonlariga  ko‗ra  tasnifi  (bir 

bo‗g‗inli, ikki bo‗g‗inli va ko‗p bo‗g‗inli so‗zlar)», «unlilarning tilning gorizontal 

holatiga ko‗ra tasnifi» va h. 

  Tasnif izchilligi – substansial yondashuvning asosiy talablaridan biridir. 

 

       So'zlarning  tasnifini    berishda    leksemaning    serqirraligi  mohiyati  hamma    



vaqt   diqqat   markazida   bo'lishi   kerak. Leksemaning har    bir    qirrasi    bir    

tasnifni    yuzaga keltiradi. Chunonchi: 

     1.Bo'g'in soniga ko'ra: bir bo'g'inli, ko'p bo'g'inli.      

     2.Fonemalar miqdoriga    ko'ra:    bir  fonemali,   ikki fonemali, uch     

     fonemali... 

     3.Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko'ra. 

     4.Tub-yasamaligiga ko'ra:tub va yasama. 

     5.Yasalish tipiga ko'ra: diaxronik va  sinxronik. 

     6.Tuzilishiga ko'ra: sodda, qo'shma, juft, takroriy. 

     7.Shakl   va   ma'no   munosabatiga   ko'ra:  ma'nodosh, shakldosh, qarama- 

     qarshi ma'noli so'zlar va paronimlar. 


 

15 


     8.Qo'llanishiga ko'ra: aktiv va passiv. 

     9.Onomasiologik - nominatsion    xususiyatlariga    ko'ra; antroponim,   

      toponim, zoonim... 

     10.Vazifaviy  -  uslubiy    xususiyatlariga    ko'ra:      kitobiy,  rasmiy,  so'zlashuv.          

11.Lug'at tarkibidagi qatlamiga ko'ra: o‘z  va  o'zlashgan qatlam,  

     chegaralangan va chegaralanmagan qatlam. 

     12.Emotsional - ekspressiv    jihatiga     ko'ra: emotsional - ekspressiv    

     bo'yoqdor va bo'yoqsiz so'zlar. 

     13.So'zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma'nosiga ko'ra: narsa, buyum,     

     shaxs,  mavjudotlarni   atovchi   so'zlar; belgi, xususiyat, munosabat    

     ifodalovchi so'zlar; harakat-holat ma'nosini bildiruvchi so'zlar;  o'rin-payt,   

     tarz-tus  ma'nosini ifodalovchi so'zlar  va h.k. 

     Demak,  so'zlarga  berilgan    xilma-xil          tasnifning          mavjudligi  ularning 

serqirraligidan  dalolat  beradi. Har  xil  tasnifning har  biri  o'z o'rnida  ahamiyatlidir. 

So'z  va  uni    tasniflash    asoslari  tilshunos  I.Madrahimov    tomonidan    o'rganilib, 

uning ma'noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan

[  10 ]

.

 



 

 

3




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling