Darsning mavzusi: Shaxs va narsaning miqdorini va tartibini bildirgan so’zlar


Download 47.62 Kb.
bet1/2
Sana07.05.2023
Hajmi47.62 Kb.
#1438854
  1   2
Bog'liq
1-sinf matematika


Darsning mavzusi:Shaxs va narsaning miqdorini va tartibini bildirgan so’zlar.
140-143-mashqlar.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:shaxs va narsaning tartibini bildirib, nechanchi? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni so’roqlar yordamida aniqlash, ularni so’roqlar yordamida boshqa so’zlardan farqlashga o’rgatish, tartibni bildirgan so’zlarni imloviy to’g’ri yozish ko’nikmalarini hosil qilish;
Tarbiyaviy maqsad:tabiatni asrash, uni ardoqlashga , undan oqilona foydalanishga o’rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilar lug’atini sanoq bildirgan so’zlar bilan boyitih va so’zlarni o’rnida qo’llashga o’rgatib boorish, raqamlarni so’z bilan yozishga o’rgatish.
Shakllantiriladigan kompetensiya elementlari:Milliy va umummadaniy kompetensiya ,Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya
Dars turi: yangi bilim beruvchi ,ko’nikma ,malakalarini shakllantiruvchi dars
Dars uslubi:suhbat, tushuntirish, savol-javob.
Dars jihozi:rasmlar, tarqatmali materiallar, multimedia ilovalari
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism
Salomlashish
Navbatchi axboroti
Ma’naviyat daqiqasi o’tkazish
II O’tgan mavzuni so’rab baholash
Uyga vazifa qilib berilgan 139-mashq namunadagidek o’qitiladi va daftarlar tekshiriladi:
Bir yil – o’n ikki oy
Bir fasl- uch oy
Bir oy- o’ttiz kun yoki o’ttiz bir kun
Bir hafta –yetti kun
Bir sutka –yigirma to’rt soat
O’quvchilarga “Sonli rebus” o’yini sharti tushuntiriladi.Shu sonlarni so’z bilan yozib,joy, hayvon ,ovqat nomlarini topishlari kerakligi aytiladi.
1.Uchtepa tumani-3 raqami va tepalik rasmi
2.To’rtko’z- 4 raqami va ko’z rasmi
3. Beshbarmoq -5 raqami va barmoq rasmi
4.Oltiariq tumani- 6 raqami va ariq rasmi
5. Sakkizoyoq- 8 raqami va oyoq rasmi
Dam olish daqiqasi
Baliq kabi suzamiz,
Shamol kabi uchamiz.
Biz bilag’on bolamiz,
Qushdek parvoz etamiz.

Download 47.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling