Dasturlash tillari
Download 34.24 Kb.
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
1-Ma’ruza: “Dasturlash tillari” faniga kirish Reja:
Dasturlash tillari fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Dasturlash tillari kursining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Dasturlash tillarining klassifikatsiyasi. Dasturlash tillari kursining rivojlanish tarixi. Tayanch so’z va iboralar: dastur, algoritm, dasturlash tili, sintaksis, semantika, quyi darajali dasturlash tili, yuqori darajali dasturlash tili, Pascal, Delphi, C, C++. Dasturlash tillari fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Dasturlash tillari kursi Informatika fanining bir bo’limi bo’lib, talabalarga qo’yilgan masalani yеchuvchi kompyuter programmasini tuzishga o’rgatishga qaratilgan fanlardan biri hisoblanadi. “Dasturlash tillari” fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarga dasturlashning ilmiy- nazariy asoslarini, informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar, amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarida ishlash, amaliy masalalarga dasturlar tuzishga oid nazariy bilimlar, amaliy ko'nikma va malakalarini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: ob‘yektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarining nazariy asoslari, ob‘yektlarni loyihalash, matematik va interfeys ob‘yektlari, voqealar va xabarlar, ob‘yektga yo'naltirilgan muhitlarda xabarlarni uzatish, ularga ishlov berish mexanizmlari, ob‘yektlar iyerarxiyasi asosida dasturlarni loyihalash, muayyan ob‘yektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari to‘g‘risida tasavvurga ega bo ‘lishi; ob‘yektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi va modulli dasturlar tuza olishni, dasturlashning ob‘yektga yo‘naltirilgan paradigmasini, ob‘yektga yo‘naltiri!gan muhitlarda dasturlarni loyihalashni bilishi va ulardan foydalana olishi ob‘yektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari muhitida ishlash, masalalarni tahlil qila olish, muayyan dasturlash tillari yordamida masalalarning dasturini tuzish va natijalami taqqoslay olish ko ‘nikmalariga ega bo ‘lishi lozim. Mustaqil Respublikamizda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy o‘zgarishlar Oliy ta’lim tizimida ham o‘z aksini topmoqda. O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini yaratish, shu asosida ta’lim sifatini jaxon andozalari darajasiga yetkazish ta’lim sistemasining eng dolzarb vazifasiga aylandi. Bu esa barcha mutaxassisliklar qatori Informatika va dasturlash bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni ham taqozo etadi. Bu maqsad vazifalar ushbu fan dasturi mazmunini ham belgilaydi. Algoritm konsepsiyasining vujudga kelishi bilan algebra, sonlar nazariyasi, geometriya va matematikaning boshqa sohalariga tegishli bir qator muammolarning echimli yoki echimli emasligini aniqlashtirish imkonini berdi. Algoritmlar nazariyasi faoliyat sohasi EHMIar vujudga kelishi bilan yanada kengaydi. Yuqoridagi fikrlar “Dasturlash tillari” fanining asosiy mazmunini belgilashga yordam beradi. “Dasturlash tillari” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2- va 3-kurslarda o'qitilishi maqsadga muvofiq. “Dasturlash tillari” fani “Informatika o'qitish metodikasi” ta’lim yo'nalishida o'qitiladi. Mazkur fan Algoritmlar fanining nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o'z rivojida aniq va tabiiy fanlar uchun zamin bo'lib xizmat qiladi. “Dasturlash tillari” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr axborot, uni saqlash usullari, qayta ishlash va uzatish, hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti, ularni fan sohalarida, ishlab chiqarish va ta’limda qo‘llash xususiyatlari, kompyuterni dasturiy ta’minoti, dastur turlari va xususiyatlari, strukturali, ob’ektga yo‘naltirilgan va umumlashgan dasturlash, dasturni optimallashtirish va umumlashtirish, dasturlashda modulli tamoyillarini qo‘llash, kompyuter texnologiyalari yutuqlarini zamonaviy hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta’minotida qo‘llash, dasturlashning taraqqiyotining an’analari haqida tasavvurga ega bo‘lishi, yuqori darajadagi dasturlash tillarini, dasturiy ta’minotni, dasturlash texnologiyalarini, tatbiqiy va hisoblash matematikasi masalalarini yechish algoritmlarini, modulli tahlil va modulli Dasturlash tillarini, ob’ektga yo‘naltirilgan va umumlashgan dasturlash usullarini, samarali dastur va dasturlar kompleksini yaratish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi, tadbiqiy masalalarni yechish algoritmini tuzish, matematik (kompyuter) modelini qurish va uning dasturiy ta’minotini yaratish, strukturali, ob’ektga yo‘naltirilgan va umumlashgan dasturlash paradigmalarini qo‘llash asosida ilovalarni yarata olish, dasturlashda, hisoblash texnikasi va dasturiy ta’minot imkoniyatlaridan samarali foydalanish, muammoga va ob’ektga yo‘naltirilgan tillardan foydalanish, yaratilgan ilovalarni baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Download 34.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling