Davlat budjeti ijrosining monitoringgi


Download 27.35 Kb.
bet1/10
Sana29.03.2023
Hajmi27.35 Kb.
#1307856
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DAVLAT BUDJETI IJROSINING MONITORINGGI


DAVLAT BUDJETI IJROSINING MONITORINGGI


Reja:

  1. kirish

  2. 2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida

  3. Davlat byudjeti ijrosi 

  4. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish

  5. Xulosa

  6. Adabiyotlar ro’yxati


kirish
Eng avvalo, shuni eʼtirof etmoqchimanki, Prezidentimiz boshlab bergan islohotlarda, iqtisodiyot sohasida tub oʻzgarishlar aynan byudjet-soliq sohasida amalga oshirildi va oʻzining samarasini bera boshladi, desak toʻgʻri boʻladi.
2020-yil uchun qonun koʻrinishida qabul qilingan Davlat byudjetining 9 oylik ijrosining ahamiyatli jihatlari toʻgʻrisida toʻxtaladigan boʻlsak, eng avvalo, Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomalarida byudjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazoratni yana-da kuchaytirish borasidagi aniq vazifalariga eʼtibor qaratishimiz kerak. Bunda byudjet ijrosini nafaqat tarmoqlar va sohalar, balki har bir vazirlik va idoralar kesimida chuqurroq tahlil qilish, bu boʻyicha mutasaddilarning doimiy axborotlarini eshitib borish talab etiladi. Bundan tashqari, byudjet xarajatlari ustidan nazoratni kuchaytirishda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan ichki audit tizimini faollashtirish va masʼuliyatini oshirish lozim.
Davlat byudjeti ijrosining avvalgi yillardan yana bir farqli jihati shundaki, byudjetni qonun loyihasi sifatida shakllantirish va ijrosini muhokama qilish jarayonida shaffoflikni taʼminlashga katta eʼtibor qaratilayotganidadir. Shuning uchun ham taqdim etilgan Davlat byudjetining 9 oylik ijrosida byudjet daromadlari va xarajatlaridan tashqari birinchi darajali byudjet taqsimlovchilari, byudjetdan tashqari jamgʻarmalar, Davlat byudjetining hududlar kesimidagi ijrosi, berilgan soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari dinamikasi, boqimanda qarzdorlik, ortiqcha toʻlangan soliq summalariga oid maʼlumotlar taqdim etilmoqda. Natijada Davlat byudjetining har choraklik ijrosi deputatlar tomonidan chuqur, mazmunli va qizgʻin muhokama qilinmoqda. Mana shu muhokama jarayonlarida deputatlarda yangi byudjet loyihasi boʻyicha aniq taklif va tavsiyalar tugʻilmoqda. Ushbu taklif va tavsiyalar yil yakunini kutib oʻtirmasdan, umumlashtirilib, tegishliligicha Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, shuningdek, boshqa vazirliklarga doimiy ravishda kiritib borilmoqda.
Byudjetni qonun koʻrinishida qabul qilish va ijrosini taʼminlashning yana bir muhim jihati shundaki, ushbu jarayonda mahalliy Kengashlarning roli va mustaqilligi borgan sari oshib borayotir. Ular tomonidan soliq va byudjet siyosatiga doir taklif va tavsiyalarning aksariyati muhokama qilinayotgan loyihada aksini topayotgani diqqatga sazovor. Bundan 4-5 yil oldingi davr bilan solishtirsak, byudjet loyihasi tayyorlanayotganda mahalliy hokimiyatlar byudjet daromadlari va xarajatlari boʻyicha taklif ham berolmasdi, bersa ham hech kim uni inobatga olmasdi. Hozir vaziyat tubdan oʻzgarganligini 2021-yil uchun Davlat byudjeti qonun loyihasining 3 bobida yaqqol koʻrishimiz mumkin.



Download 27.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling