Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Download 175.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.11.2020
Hajmi175.44 Kb.
#154718
Bog'liq
Tabiatshunoslik mustaqil ish


 

 

 



 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

306-guruh talabasi Urinova Gulsinaning 



Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodikasi 

fanidan tayyorlagan 

  

 

MUSTAQIL 



ISHI

 

 

 



 

 

 



Bajardi:    

 

 



 

 

 



        __________ 

 

Qa’bul qildi: 



 

 

 



 

 

 



__________ 

 

 

Denov-2020 

Mavzu: Karta haqida tushuncha  va uning plandan farqi, Globus. 

 

REJA: 

1.  Karta haqida tushuncha 

2.  Karta va uning plandan  farqi 

3.  Globus 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Karta haqida tushuncha va uning plandan farqi. Geografik karta - bu yer 

yuzasi va undagi tabiiy obyektlar hamda ijtimoiy hodisalarning qog‘ozga 

kichraytirilib tushirilgan tasviridir. Geografik kartalar tasvirlangan hudud 

maydoniga ko‘ra yarim sharlar kartasi, materiklar kartasi, ayrim davlatlar kartasi 

kabi kartalarga bo‘linadi. Shuningdek, kartalar mazmuniga ko‘ra umumgeografik 

va maxsus geografik kartalarga bo‘linadi. Ma’lum materik, davlat va hatto 

dunyoning tabiiy geografik landshafti tasvirlangan kartalar umumgeografik 

kartalar deb ataladi. Bunday kartada landshaftning asosiy elementlari - relyef, 

daryolar, ко‘liar, botqoqliklar, muzlar, mangu muzlab yotgan yerlar, aholi 

punktlari, yo‘llar va hokazolar ko‘rsatiladi (masalan, yarim sharlar tabiiy kartasi 

yoki ning tabiiy kartasi, 0 ‘zbekiston SSRning tabiiy kartasi). Geografik 

landshaftning ayrim elementlari ko‘rsatilsa, bunday karta maxsus geografik karta 

deyiladi. Masalan, 0 ‘zning iqlim, tuproq, o‘simlik yoki kartalari. Geografik 

kartalar tasvirlangan maxsus ko‘rsatkichlarga ko‘ra, tabiiy va iqtisodiy kartalarga 

bo‘linadi. Umumgeografik, iqlim, tuproq, o‘simlik kartalari tabiiy geografik 

kartalarga kiradi. Iqtisodiy, siyosiy-ma’muriy, aholi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, 

transport, tarixiy kartalar sotsial-iqtisodiy kartalardir. 59 Umumgeografik kartalar 

masshtabiga ko‘ra uch xil boiadi: kichik (obzor), o‘rta topografik obzor va yirik 

(topografik) kartalarga boiinadi. Masshtabi 1:1 000 000 dan mayda boigan 

umumgeografik kartalar kichik masshtabli kartalar boiib, obzor kartalar deb ham 

ataladi. Oliy o‘quv yurtlari uchun chiqarilgan kartalar ana shunday kartalardir. 

Masshtabi 1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha boigan kartalar o‘rta masshtabli yoki 

topografik obzor kartalar deyiladi. Bunday kartalar ko‘proq ilmiy tadqiqot, 

loyihalashtirish tashkilotlari uchun zarur. Nihoyat masshtabi 1:100 000 va undan 

yirik bo‘ Igan kartalar yirik masshtabli yoki topografik kartalar deyiladi, ulardan 

ko‘proq ilmiy ishlar olib borishda, harbiy ishlarda foydalaniladi. Karta o‘zining 

tuzilishi va mazmuni jihatdan plandan quyidagicha farqlanadi: 1) Planda kichik yer 

uchastkalari tasvirlanadi, binobarin planning masshtabi yirik boiadi, joydagi 

obyektlar birmuncha batafsil tasvirlanadi. 2) Planda kichik joylar tasvirlanganida 

yer yuzasining do‘mboqligi hisobga olinmaydi. Geografik kartalarda esa yer 

yuzasining do‘mboqligi hisobga olinadi. Yer yuzasining do‘mboq shakli yer 

yuzasining modelida, ya’ni globusda ayniqsa to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Globus va 

kartalarda gradus to‘rining chiziqlari, ya’ni parallellar va meridianlar boiadi. 

Gradus to‘ri - kartaning zarur qismi boiib, har bir joyning aniq o‘mi (koordinatasi) 

nigina emas, balki yer yuzasining do‘mboqligini ham ko‘rsatadi. Planda esa gradus 

to‘ri boimaydi. 3) Planda ko‘rsatkich - strelkaga qarab, kartada esa gradus to‘riga 

qarab orientirovka qilinadi. Kartalarda Yer sharining shimol va janub tomonlari 

meridian chiziqlari bilan, g‘arb va sharq tomoni esa parallellar bilan aniqlanadi. 

Globus -Yer sharining modeli boiib, unda Yerning sharsimonligi to‘g‘ri 

ifodalanadi. Globusda masshtab uning hamma qismida bir xil boiadi. Kartalarda 

esa tasvirlangan obyektning masshtabi kartaning turli qismida turlicha boiadi. 

Kartadagi xatolar yerning do‘mboq yuzasini tekis qog‘ozda tasvirlashdan kelib 

chiqqandir. Kartadagi xatolaming xarakteri va katta-kichikligi ulaming kartografik 

to‘riga 60 bog‘liq. Globusda meridianlaming hammasi bir-biriga teng va parallellar 

bilan kesishganda to‘g‘ri burchak hosil qiladi. Kartada esa meridianlar va 


parallellar orasidagi kartalaming shakli va hajmi bir xil bo‘lmaydi. Binobarin, bu 

maydonlarni kartada tasvirlashda ma’lum xatoga yo‘l qo‘yiladi. Globusda 

geografik obyektlar uning hamma qismida xatosiz beriladi. Lekin globusning 

sharsimon yuzasini tekislikda yoyilganda qat-qat bo‘lib, uzilib ochiq qolgan 

joylarsiz ko‘rsatish mumkin emas. Dunyoda ilmiy jihatdan aniq, puxta bo‘lgan 

globusni birinchi marta Martin Berxaymdan 500 yil ilgari 995-yili 0 ‘rta Osiyolik 

buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ishlagan. Beruniy globusida gradus to‘rlari 

yaxshi ifodalanib, unda dengiz va okeanlar, materiklar hamda orollar, aholi 

yashaydigan joylar to‘g‘ri tushirilgan. Beruniy globusidan gradus to‘rlari 

yordamida ma’lum obyektlar orasidagi masofalami va hatto ulaming geografik 

koordinatalarini bemalol aniqlash mumkin bo‘lgan. Kartografik proyeksiyalar. Yer 

yuzasining obyektlarini kartada (tekislikda) aniq tasvirlash usullarini kartografik 

proyeksiyalar deyiladi. Demak, geografik karta yer yuzasining tekislikda muayyan 

kartografik proyeksiyada va masshtabda shartli belgilar bilan kichraytirilgan 

tasviridir. Karta tuzish uchun bir necha xil proyeksiyalar ishlatiladi. Ba’zi 

proyeksiyalarda maydonning shakli (katta-kichikligi va chiziqlar uzunligi haqiqiy 

masshtabdan farq qiladi, lekin burchaklar chiziqlaming yo‘nalishi kartaga to‘g‘ri 

tushiriladi. Bunday proyeksiyalar teng burchakli proyeksiyalar deb aytiladi. 

Boshqa proyeksiyalarda esa burchaklar noto‘g‘ri ko‘rsatiladi, lekin maydonlaming 

katta-kichikligi birmuncha to‘g‘ri beriladi. Bunday proyeksiyalar teng maydonli 

proyeksiyalar deb yuritiladi. Uchinchi xil proyeksiyalarda esa chiziqlar, burchaklar 

va maydonlar noto‘g‘ri tasvirlanadi. Ammo bundagi xatolar teng burchakli vaqt 

eng maydonli proyeksiyalarga qaraganda kamroq bo‘ladi. Bunday proyeksiyalar 

ixtiyoriy proyeksiyalar deyiladi. Kartalardagi xatoliklar - burchak, uzunlik, 

maydon va shakl kabi xatoliklardan iborat: burchakning kartadagi miqdori joyda 

o‘lchangan 61 burchaklarga to‘g‘ri kelmaydi; kartaning turli qismlarida oichangan 

masofalar (uzunlik) bir xil masshtabga (uzunlikka) ega emas; obyektlaming 

kartada tasvirlanish shakli va maydoni yer yuzasidagi haqiqiy obyektning shakli va 

maydoniga to‘g‘ri kelmaydi. Globusning graduslar to‘rini kartaga o‘tkazishdagi 

xatoliklar eng avvalo uni yordamchi geometrik yuza (konussimon, silindrik sirtga 

va boshqa.) yordamida o‘tkazib (tushirib), so‘ngra tekis yoyilishidan kelib chiqadi, 

globusning graduslar to‘rini kartaga geometrik sirt yordamida tushirib, so‘ngra 

tekis yoyishning bir necha usullari mavjud. Geografik obyektlami kartada 

(tekislikda) ko‘rsatishda yordamchi geometrik sirtlaming turlariga (tuzilishiga) 

qarab ulami quyidagi kartografik proyeksiyalarga ajratish mumkin: azimutal, 

silindrik, konussimon, shartli (M.D.Solovev) yoki egri perspektiv silindrik. 1. 

Azimutal proyeksiya o‘z navbatida to‘g‘ri, egri (qiyshiq) va ekvatorial kabi 

azimutal proyeksiyalarga boiinadi. Agar Shimoliy Muz okeanini kartaga tushirish 

zamr boisa, unda to‘g‘ri azimutal proyeksiyadan foydalaniladi. Bunda globusning 

shimoliy qutbi ustiga tekislik qo‘yib, undan globus to‘rlari o‘tkaziladi. Bunda 

meridianlar to‘g‘ri chiziq, parallellar esa aylana hosil qiladi. So‘ngra unga 

geografik obyektlar tushiriladi. Bu proyeksiyada xatoliklar kartaning chetlarida 

katta boiadi. Shimoliy Amerikani kartaga tushirish kerak boisa, unda qiyshiq egri 

azimutal proyeksiyadan foydalaniladi. Bunda globusdagi Shimoliy Amerika yuzasi 

ustiga tekislik qiyshiq qilib joylashtiriladi. So‘ngra gradus to‘rlari tushiriladi, 


materik shakli chiziladi va boshqa geografik obyektlar joylashtiriladi. Bunday 

kartalarda xatoliklar uning chetlarida katta boiadi. Yarim sharlar kartasini 

globusdan ko‘chirish kerak boisa, unda ekvatorial azimutal proyeksiyadan 

foydalaniladi. Bunda globusning ekvator chizigining qarama-qarshi tomoniga 

tekislik joylashtiriladi. So‘ngra tekislik yuzasidan globusning ekvator nuqtasiga 

to‘g‘rilab gradus to‘rlari o‘tkaziladi, geografik obyektlar tushiriladi. Bunda 

tekislikning globus sirtiga tegib, turgan nuqtadan o‘tgan meridian to‘g‘ri chiziqli 

boiib, qolgan meridianlar egriroq (cho‘zinchoq) ligi tufayli 62 globusdagi 

meridianlardan uzoqroq bo‘ladi. Demak, to‘g‘ri chiziqli meridianda xatolik kam 

bo‘lib, undan har tomonga qarab kartadagi xatolik ortib boradi. 2. Silindrik 

proyeksiyada gradus to‘rlari va geografik obyektlar globusga kiydirilgan silindr 

yuzasiga tushiriladi. Silindr yoyib yuborilgach meridian va parallellar to‘g‘ri 

burchakli to‘r hosil qiladi. Bu proyeksiyada silindr devoriga tegib turgan 

territoriyalar aniq, xatosiz tushiriladi, undan har tomonga qarab xatolar ortib 

boradi. 3. Konussimon proyeksiyada globus yuzasiga konus kiydiriladi hamda 

uning ichki devorlariga gradus to‘ri va geografik obyektlar tushiriladi. So'ngra 

konus yoyib yuborilgach, uning ichki devorlarida karta vujudga keladi. 

Konussimon proyeksiyada parallellar 47° va 62° sh.k.da kesishadi. Bu parallellar 

xatolar nolga teng bo‘lgan chiziqlar deyiladi va kartada ko‘rsatilgan masshtab 

saqlanib qoladi. Shuningdek, masshtab uning hamma meridianlarida ham saqlanib 

qoladi. Bu proyeksiya yordamida ishlangan kartalarda, jumladan kartasida 

xatoliklar kamroq bo‘lib, ular yuqori kengliklarga (Frans-Iosif Yeri va boshqa.) 

borgan sari kattalashadi. 4. Egri perspektiv - silindrik shartli yoki M.D.Solovev 

proyeksiyasi yordamida boshlang‘ich sinflar uchun kartasini tuzish metodik  

 

jihatdan maqsadga muvofiqdir. Bu proyeksiyada  



meridianlar egri chiziqlar hosil qilib, shimoliy qutbda 

tutashadi, parallellar esa yoy shaklida joylashadi. Shu 

sababli, bu proyeksiyada uning shimoliy qismi xususan, 

Chelyuskin bumi qumqlikning eng chekka nuqtasi 

sifatida yaqqol ko‘rinib turadi. Vaholanki, konussimon 

proyeksiya yordamida tuzilgan kartasida qumqlikning 

eng shimoliy nuqtasi go‘yoki Kola va Chukotka yarim 

orolida joylashgandek bo‘lib qolgan. Bulardan tashqari 

M.D.Solovev proyeksiyasida meridianlar egri chiziq 

hosil qilib, shimoliy qutbda tutashganligi tufayli 

Yeming sharsimonligini ham namoyon etadi. Lekin bu 

proyeksiyada xatoliklar boshqa proyeksiya asosida 

ishlangan kartalarga nisbatan ko‘p. Shunga qaramay M.D.Solovev 

proyeksiyasining afzaliigi, birinchidan, unda uning eng shimoliy quruqlik 

nuqtasining to‘g‘ri ko‘rsatilganligi, ikkinchidan,Yeming sharsimonligini qisman 

bo‘lsada aks ettirishligi63 dir. Bu proyeksiya asosida tuzilgan kartasida 80° 

parallel va 100° meridian ustida xatolar kam, undan har tomonga xatoliklar ortib 

boradi. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, kartografik to‘r tufayli kartadagi 

barcha xatolar Yerning do‘mboq yuzasini tekislik (kartada) da tasvirlashdan kelib 


chiqadi, lekin bu xatolar kartada ko‘rsatiladigan obyektlaming geografik o‘mini 

aniq tasvirlashga ta’sir qilmaydi. Shundan ko‘rinib turibdiki, har qanday karta 

(proyeksiyasidan qat’i nazar) - Yer yuzasining matematik aniq tasviridir. 

Topografik plan va kartaning ahamiyati. Hozirgi davrda kishilaming kundalik 

faoliyatini kartasiz tasavvur etish juda qiyin. Karta xalq xo‘jaligining turli sohalari 

uchun ham zarurdir. Karta va topografik plan, avvalo yer haqida bilim berishda 

muhim ko‘rgazmali o‘quv qurolidir. Plan va geografik kartalardan ilmiy tadqiqot, 

qidiruv, loyihalash, qurilish, transport va nihoyat harbiy ishlarda keng 

foydalaniladi. Plan va karta sayohat, turistik poxod va ekskursiyalarda ham 

qoilaniladi, Pirik masshtabli topografik kartalar geografiya, geologiya, 

geobotanika, tuproqshunoslik va boshqa fanlardan ilmiy ishlar olib borishda zarur 

manba hisoblanadi. Pirik masshtabli topografik kartalar ayniqsa geologik qidiruv 

ishlarida, kanal, kollektor, suv ombori, GES, zavod va boshqa inshootlami 

loyihalashda, yangi yerlami o ‘zlashtirishda ham juda zamrdir. Kartalar mazmuni 

jihatidan juda boy geografik maiumotlarga ega boiib, har bir madaniyatli kishi uni 

o‘qiy bilishi, ya’ni foydalanish yoilarini tushunishlari kerak. Kartani o‘qiy bilish 

deganda undagi yozuvlami emas, balki shartli belgilari yordamida geografik 

maiumotlami analiz va sintez qila bilishlari zarur. Agar o‘quvchi kartalardagi o‘sha 

geografik maiumotlami o‘qiy bilish malakasiga ega boisa, unda g‘arbiy obyektlami 

joylashish qonuniyatlarini, ularning bir-biriga bogiiqligini maxsus kartalami 

(relyef, iqlim, tuproq va boshqa.) solishtirib, yaxshi tushunib olishi mumkin. Bu 

esa kartalar ahamiyatini yanada oshiradi va kuzatuvchida kartalar ustida ishlab 

xulosalar chiqarish malakasini shakllantiradi. 64 Kartalaming yana bir ahamiyati 

shundaki, ular yordamida ma’lum geografik obyektning uzunligini, kengligini, 

maydonini, balandpastligini va boshqalami bilib olish mumkin  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



ADABIYOTLAR 

 

1.  M.Nuritdinova Tabiatshmioslik O’QITISH METODIKASI 0 ‘qituvchi 2005 



y.  

2.  A.Baxramov. rabiatshuiioslik . 4 siiil'I Imuniiy o'rta ta’lim maktblari uchun 

darslik :Sh;irqN M III2H .  

3. A.Haxramov . tabiatshunoslik ( sinl' I Inuiniiy o'rta ta’lim maktblari uchun 

darslikl':('ho4ponN M III2()0«. 

 4. P.G'ulomov, Miraaxmalova Sli. Alrollmizdagi olam 2 sinf uchun darslik T: 

ChoMponNMIU 2012.  

5. A.G.Girigoryans. Atrofinii/ilagi oliim I sinf in.luin darslik. T: Cho‘lpon 



NMIU 2012 

Download 175.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling