E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)



 

 
E. NURITDINOV
 
                        
 
 
 
 
ODAM 
FIZIOLOGIYASI
 
(Darsiik)
 
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi jismoniy tarbiya va 
jismoniy madaniyat bakalavrlari uchun darsiik sifatida tasdiqlangan. 
 
          
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT «Aloqachi
»
    2005 


 

      Fiziologiya 
(yunon. 
fizis-tabiat, 
logos-ta'limot,fan) 
tirik 
organismning 
funksiyalarini,unda 
sodir 
bo'ladigan 
jarayonlarni 
o'rga-nadi.Bu 
fan 
hujayra,to'qima,a'zo  va  tuzilmalarning  hayotiy  faoliyatini  yaxlit  organizmga  xos 
bo'lgan  barcha  murakkab  va  muhim  jarayonlarning  asosiy  mexanizmlarini,ularning 
funksio-nal  aloqadorligini,  ichki  va  tashqi  muhit  sharoitiga  bog'langan  holda  keng 
ma'noda o'rganadi. 
        Organizmni ta'minlaydigan moddalar almashinuvi, ovqatla-nish, nafas olish, qon 
aylanish,  ayiruv,  ichki  sekretsiya  bezlari,  asab  tizimi  faoliyati  va  boshqa  vazifalar 
fiziolgiyaning  asosiy  o'rganish  maqsadidir.Fiziologiya  organizmda  sodir  bo'ladigan 
funksiyalarni, ularning  hamma  xususiyatlarini, ko'rinishlarini  o'zaro  munosabatlarini 
organizmning  turli  funksional  holatlarida  va  tashqi  muhitning  turli  sharoitida 
aniqlashga intiladi. 
        Fiziologiya  funksiyalarining  tarixiy  (filogenetik)  va  indivi-dual  (ontogenetik) 
rivojlanishini,  ularning  doimo  o'zgaruvchi  tashqi  muhit  sharoitiga  moslashishini 
o'rganadi.Shunday  qilib,fi-ziologiya  organizm  funksiyasini  (lotincha  «funksio»-  ijro 
qilish,  faoliyat  ko'rsatish)  har  bir  hujayra,  to'qima,  a'zo;  tizilmaning  bir  butun 
organizm sathidagi bajaradigan vazifasi va faoliyatini o'r-gatadi. 
         Odam  fiziologiyasi  -  tibbiyot  nazariyasining  poydevori  hisoblanadi,  uning 
rivojlanishi  pedagogika  va  psixologiya  uchun  juda  katta  ahamiyatga  ego.Odamda 
uchrab  turadigan  ko'pgina  kasalliklarni  oldini  olishda,me'yorida  o'sish  va 
rivojlanishini  ta'-minlashda,  turli  muhit  sharoitlariga  moslanishda,atrof-muhit  to-
zaligini  saqlab  turishda,  mehnat  va  sport  mashqlarini  ko'ngilda-gidek  maqsadga 
muvofiq  holda  tashkil  qilishda,kishi  umrini  uzaytirish  muammolarini  yechishda 
fiziologiya yutuqlariga ta-yaniladi


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling