Elektr shlakli qayta eritish pechlari. Reja: Elektr shlakli qayta quyish qurilmasi. Vakuum yoy pechlari


Download 267 Kb.
bet1/8
Sana31.01.2023
Hajmi267 Kb.
#1145780
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektr shlakli qayta eritish pechlari


Elektr shlakli qayta eritish pechlari.
REJA:

1.Elektr shlakli qayta quyish qurilmasi.
2. Vakuum yoy pechlari.
3. Pechning asosiy elementlari.
4. Sarf qilinadigan elektrodli VYoP konstruksiyasi.
5. Elektr yoy pechlarining elektr uskunalari.
6. Plazmali va Rudnotermik elektr shlakli qayta quyish pechlari.


1.Elektr shlakli qayta quyish qurilmasi.
Po‘latning o‘ta tozaligiga erishish uchun uni qayta eritish va yangi sharoitlarda rafinatsiya qilish kerak.
Po‘latni tozalash uchun :

  1. Metalldan nometall birikmalar va gazlarni tortib oluvchi shlak hosil qiluvchi materialni topish kerak

  2. Po‘lat va shlak orasidagi intensiv va yaqin o‘zaro ta’sirni ta’minlash kerak.

  3. Erigan metallni xavo va futerovka bilan uchrashishini oldini olish kerak.

Bu talablarni ta’minlay oladigan protsess elektr shlakli qayta eritish deyiladi.




  1. elektrod

  2. katalizator /mis suv bilan sovutiladigan truba/

  3. suyuk ftorli shlak. /AN6 yoki NN-7/

  4. suyuk metalli vanna

  5. smetok

  6. olishtirgich

  7. taglik.


12.1.-rasm. Elektr shlakli
qayta quyish qurilmasi
Po‘lat eritish elektr yoy pechida olingan po‘latdan uzunligi 68m bo‘lgan elektrod 10 (dlina) eritib olinadi. Elektrodni taglikda (7) joylashtirilgan va suv sovutiladigan trubka- katalizatorga 20 tushiriladi.
Avvalo taglikka olinishi kerak bo‘lgan po‘lat parchasi – olishtirgich quyib qo‘yiladi.Elektrod oxirini olishtirgichga qo‘yiladi va pech fazosi suyuq ftorli shlak 3 bilan to‘ldiriladi.
Elektrod sal ko‘tariladi va unga va taglikka 4560V kuchlanish beriladi. Tok elektroddan shlak orqali katalizator devorlari va taglikka tomon oqadi. Shlak 17000 gacha qiziydi. Elektrodning uchi shlakdan qiziydi va erishni boshlaydi.
Kristallizator va taglik sovutilgani uchun suyuk po‘lat sovib qotishma (5) ni hosil qiladi va uning ustki qismida esa suyuk metall vannasi (4) vujudga keladi.
Eritish protsessi tugagach, ya’ni sarflanadigan elektrod erib bo‘lgandan sung.pech o‘chiriladi, katalizator aravachada chetga suriladi va undan kuyma ajratib olinadi.
Pechning elektr holati tokning davriy pulsatsiyalar bilan xarakterlanadi. Ular tomchilar paydo bo‘lish va elektrod oraligini o‘zgarishi, ya’ni jaraenning nobarkarorligiga bog‘liq.
Elektroshlakli qayta kuyish pechlari VYoPga nisbatan arzon, chunki qimmat vakuumlash moslamasi va tok o‘zgartkichlar yo‘q.
Elektroshlakli qayta quyish pechlari bir, ikki, uch- va olti elektrodli bo‘ladi. Eritiladigan elektrodlar soni va shakli ishlab chiqarish sharoitlari va elektr shlakli qayta kuyish pechi elektr sxemasiga bog‘liq.
Elektr shlakli qayta kuyish pechlari maxsus transformatorlar bilan ta’minlanadilar. Bu transformatorlar yuqori transformatsiya koeffitsienti va kuchlanishni yuk ostida o‘zgartirish uchun kup pogonali (49 tagacha) qurilmaga ega. Transformatorlar quvvati 1600,2500 va 5000 kVa, ikkilamchi maksimal toki 21,28 va 50 kA ga teng. Quymalar 300 tonnagacha bo‘ladi. EShKEPlar elektrod siljitish yuritmalari, kristallizator, taglik va taglikning aravachasi yuritmalari bilan jihozlanadi.

Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling