Engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining katta ulushini turli tolalardan tayyorlangan iplardan to' qilgan gazlamalar tashkil etadi


Download 405.98 Kb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi405.98 Kb.
#1583429
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Javlonbek-BMI


KIRISH
Engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining katta ulushini turli tolalardan tayyorlangan iplardan to' qilgan gazlamalar tashkil etadi.
Insoniyat tarixida engil sanoat buyumlarini ishlab chiqarish bundan bir necha ming yillar oldin ma'lum bo'lganligi tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan. Ip tayyorlash va undan gazlama (mato) to'qish, charmdan poyafzal tikish uchun uni qayta ishlash Hindiston, Xitoy, Misr va O'rta Osiyoda miloddan bir necha asr ilgari ma'lum bo'lgan.
O'zbekistonda paxtachilik va bu qimmatbaho toladan gazlama to'qish bilan bundan ikki ming yillar oldin ham shug'ullanilgan. Antik mualliflarning ma'lumotlari shuningdek, Farg'ona vodiysidan topilgan ko'mirga aylangan paxta tolasi bu fikrni to'liq tasdiqlaydi. Arxeologlar yo'nib ketgan uyuvdagi uy-ro'zg'or idishlari ichidan qo'lga aylangan paxta chiqitlarini topish baxtiga muyassar bo'lganlar. Topilmalar ekspertlar tomonidan qunt bilan tekshirilgan. Ularning ta'kidlashicha, bu topilma eng qadimgi paxta naviga mansubdir. SHunday qilib, Vatanimizda paxtachilik bilan shug'ullanish qadimdan ma'lum bo'lganligi aniq dalillar asosida tasdiqlangan. Arxeologik qazilmalar natijasida III-IV asrlarga mansub qabrdan bir siqim paxta tolasidan olingan ip gazlama ham topilgan.
Eramizdan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiyning qo'shinlari O'rta Osiyoga bostirib kirganlarida Amudaryo sohillarida paxta dalalarini ochishgan.
XVI asrning boshlarida SHarqning ip gazlamalari Evropaning hamma asosiy bozorlarida, shuningdek, qadimiy nemis shahri Augesburg yarmarkalarida ham sotila boshlandi. Bu matolar ham xuddi shohi matolar kabi yo'l orqali keltirilar edi. Yo'llar nafaqat sharqqa, balki shimolga - qadimiy Rusiyaga olib borardi. U erlarda boshqa matolar qatori o'lkamizning paxta tolasidan to'qilgan matolari ham qadrlanardi. Qadim vaqtlardanoq O'rta Osiyo matolari Dnepr bo'yi va janubiy knyazliklarga grek, polover va xazar savdogarlari hamkorligida olib borilar edi.
Mamlakatimiz engil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarish, 1874 yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodining qurilishi bilan boshlangan edi.
XX asrning 20-yillarida O'zbekistonda etishtirilgan xom ashyoni qayta ishlab tayyor mahsulot ishlaa chiqarish maqsadida, mayda tarqoq hunarmandchilik korxonalarini birlashtirib sanoat asosini yaratish, 1926 yilda Farg'ona to'qimachilik fabrikasining dastlabki navbati ishga tushishi bilan boshlandi.
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda yangi sifat o'zgarishlariga erishildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Engil va mahalliy sanoat korxonalariga Davlat yordami to'g'risida"gi va "O'zbekengilsanoat" uyushmasi bilan chet el kompaniyalarining qo'shma korxonalarini tashkil etish tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari asosida yangi quvvatlarning qurilishini tugatish, mavjud korxonalarda texnika va texnologiyani joriy etish dasturi tuzildi. Dasturga ko'ra jahon miqyosidagi ilg'or texnologiyani keltirish, chet el investitsiyasini jalb etish, bank kreditlaridan foydalanib, jahon bozorida xaridorgir, mahsulotlarni
ishlab chiqarish, eksport imkoniyatlarini kuchaytirib, yuqori sifatli, ayniqsa, bolalar assortimentini ko'paytirish mo'ljallangan.

Jahon bozorida to'qimachilik iplari ishlab chiqarish ko'rsatkichi quyidagicha (mln. tonna, %)



т/n

Nomlanishi

2013 yil

2020 yil

1.

Paxta

19,8 (39,6 %)

20,3 (26,7 %)

2.

Sun'iy ip

26,4 (52,8 %)

50,0 (65,7 %)

3.

Sellyuloza (sintetik ip)

2,3 (4,6 %)

3,2 (4,2 %)

4.

Jun

1,4 (2,8 %)

2,4 (3,1 %)

5.

Ipak

0,106 (0,2 %)

0,120 (0,16 %)

Jami ishlab chiqarish sohasidan

50,0 (100 %)

76 (100 %)

Keyingi yillarda Respublika engil va to'qimachilik sanoatida 30 ga yaqin qo'shma korxonalar tashkil etilib, ularga sohaning umumiy hajmidan 30 % ga yaqin mahsulot ishlab chiqarildi, eksportga sotilgan mahsulot esa 98 % ni tashkil etdi.


Mavjud to'qimachilik korxonalarining qayta jihozlanishi, xorijiy davlatlar bilan qator qo'shma korxonalarning tashkil etilishi, ularda ishlaydigan mutaxassislarning nafaqat sonini ko'paytirish, balki ularning kasb mahorati va bilimlarini oshirishni ham taqozo etmoqda.


Download 405.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling