Ergashev rustambekning qurulishni tashkil etish va rejalashtirish fanidan nazorat ishi


Download 447.5 Kb.
bet1/4
Sana28.10.2023
Hajmi447.5 Kb.
#1729789
  1   2   3   4
Bog'liq
ERGASHEV R 2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSITUTI

SIRTQI BO’LIM MENEJMENT YO’NALISHI
5 - KURS 695 – 19 – GURUH TALABASI
ERGASHEV RUSTAMBEKNING QURULISHNI
TASHKIL ETISH VA REJALASHTIRISH FANIDAN
NAZORAT ISHI

MAZVU: Vaqtinchalik maishiy-xizmat xonalari va omborxonalarni loyihalash masalalarini o’rganish

BAJARUVCHI: ERGASHEV. R
QABUL QILUVCHI: RASULOV. SH

JIZZAX 2023
MUNDARIJA



  1. KIRISH……………………………………….1



  1. ASOSIY QISM………………………………..6

I BOB. Alohida binoni qurish uchun ishlab chiqiladigan IBL ning tarkibi va mazmuni………………………..6
II BOB. Alohida maishiy yordamchi xonalarining tashkil etilishi…………………………………………………10


  1. XULOSA………………………………………...13



  1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………..15

MAZVU: Vaqtinchalik maishiy-xizmat xonalari va omborxonalarni loyihalash masalalarini o’rganish
KIRISH
Jamoat binolari va jamoat funksiyalari so‘nggi chorak asr davomida murakkab evolyusion jarayonlarni boshdan kechirdilar. Ularning rivojlanish dinamikasi bir qator omillar, shu jumladan iqtisodiy omillar bilan belgilangan. Jamoat binolari va inshootlar qurilishi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlangan edi: alohida joylashtirilgan noyob jamoat binolari qurilishi; ko‘p qavatli turar-joy binolariga yondosh (ularning ichida) xizmat ko‘rsatish bloklarining qurilishi; mavjud binolar rekonstruksiyasi (bunda ob’yektning tashqi qiyofasi minimal o‘zgartirilgan holda amalga oshiriladigan funksiyalar va konstruksiya transformatsiyasi ko‘zda tutilar edi). XX va XXI asrlar chegarasida qaror topgan ijtimoiy munosabatlar muvofiq hajmlar, inshootlar, jamoat binolari qurilishini taqozo qildilar..
Asrlar chegarasidagi polivalent ishbilarmonlikka o‘tish byuro va ofislarning universal binolarini birinchi o‘ringa olib chiqdi. 2000-yillarning boshida yirik savdo markazlar paydo bo‘ldi, so‘nggi yillarda ijtimoiy ahamiyatga ega ob’yektlarni loyihalash va qurish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shaharlarning uzluksiz va barqaror rivojlanishi, nafaqat 4 tarixiy-madaniy meros ob’yektlarini, balki tarixiy qaror topgan muhitni saqlab qolinishi yangi iqtisodiy munosabatlar bilan birgalikda yangi tipologik tuzilmalar rivojlanishi uchun turtki bo‘lib xizmat qildi. Jamoat binolari va inshootlarini me’moriy loyihalanishining tahliliga ko‘ra, tarixiy markazlar rekonstruksiyasi ham juda muhim va alohida hal qilinadigan muammolar sirasiga kiritildi.
Bugungi kunda qurilish ishlab-chiqarish texnologiyalarining, uni tashkil etish va boshqarishning takomillashib borishi, qurilish ishlab chiqarishini oldindan sifatli tayyorlashni talab qiladi. Ma’lumki, sanoat binolari, inshootlar, turar-joy va madaniymaishiy binolar qurilishida har-xil vazirlik, ma’muriyatlarga bo‘ysinadigan kurilish-montaj tashkilotlari ishtirok etadilar. Bu esa, o‘z vaqtida ularning bir-biri bilan bog‘liqlikda ishlashlarini ta’minlovchi, tugal o‘ylangan rejani talab qiladi. SHuning uchun SHNK 3.01.01-03 me’yoriy hujjatiga asosan, yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni kengaytirish, rekonstruksiya qilishni boshlashdan oldin texniktashkiliy tayyorgalik ishlari bajariladi. Bino va inshootlar qurilishining eng muhim bosqichlaridan biri tayyorgarlik davri bo‘lib, bunda qurilish ishlab chiqarishini tayyorlash amalga oshiriladi. Qurilishning bu bosqichida ob’ekt qurilishi ishtirokchilarining o‘zaro bog‘liqlikdagi faoliyati bino va inshootlarni belgilangan muddatlarda sifatli qurib topshirish uchun qurilish-montaj ishlarini keng ko‘lamda boshlashga qaratiladi. Bu davrda qurilishni loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlash, er maydonini ajratish va belgilash, ob’ektni vaqtinchalik kirish-chiqish yo‘llari, suv, elektr energiyasi bilan ta’minlash bщyicha texnik shartlar, bozorni o‘rganish, qurilishni zarur materiallar va jihozlari bilan ta’minlash masalalarini echish, pudrat, yordamchi pudrat shartnomlarini tuzish, ob’ektda qurilish ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olish kabilar bajarilgan bo‘ladi. Har bir aniq sharoit uchun tayyorgarlik ishlari tarkibi hududning tabiiy-iqlim sharoiti, qurilish maydonining alohidaligi, barpo etiladigan bino va inshootning spetsifik xususiyatlari, ob’ektning alohidaligi, yangi qurilishligi, rekonstruksiya qilinayotganligi, kengaytirilayotganligi, mukammal ta’mirlanishi va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Qurilish maydonini tayyorlash qurilish ishlab chiqarishini tashkiliytexnologik tayyorlashning eng muhim bosqichlaridan biridir. Ob’ektda qurilish ishlarini boshlashdan oldin qurilish maydonini tayyorlash bo‘yicha qator ishlar bajariladi.
Albatta ishlarning ko‘lami, ro‘yxati qurilish ob’ektining katta-kichikligi, bo‘sh yoki tiqis joyda 57 qurilishi, bajariladigan ishlarning xususiyati (yangi qurilish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya) kabi omillar bilan belgilanadi. SHunga qaramay har qanday qurilish uchun bajariladigan tayyorgarlik ishlari mavjud. Umuman qurilish maydonini qurilish ishlarini boshlashga tayyorlash maydon ichida va tashqarisida bajariladigan ishlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Qurilish maydonida bajariladigan muhandislik-geologik tadqiqotlarga quyidagilar kiradi:
• gruntlarning muhandislik baholanishi va ularning yuk ko‘taruvchanligi;
• qurilish maydonida grunt suvlari (erosti suvlari) sathini aniqlash;
• tayanch geodezik asosni yaratish;
• bino va inshootlarni quriladigan joyga tushirish. Gruntlarni muhandislik baholashga ob’ektni loyihalashga kirishishdan oldin kirishiladi. Buyurtmachining topshirig‘i asosida qurilish uchun ajratilgan hududda UzGASHK ning hududiy boshqarmalari tomonidan muxandislik qidiruv ishlari bajariladi. Tadqiqotlar natijasida qurilish maydonining geologik-gidrogeologik sharoiti to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi.
Xulosada gruntning nomi, holatini belgilovchi qurilishga doir xarakteristikalari – granulometrik tarkibi, tabiiy zichligi, qattiq zarralar zichligi, tabiiy namligi, oquvchanlik va dumalanish chegaralaridagi namligi, solishtirma tishlashish koeffitsienti, deformatsiya moduli va boshqalar bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi. Bu maqsadda maxsus tashkilotlar qo‘yilgan texnik topshiriqqa asosan chuqurlikdan yoki er yuzasidan burg‘ilash yordamida namunalar olishadi. Aniqlangan ma’lumotlar asosida grunt asosning yuk ko‘tarish qobiliyati-qarshiligi aniqlanadi. Uning asosida bino yoki inshootning poydevor tizimi loyihalanadi, ayrim hollarda grunt zaminni kuchaytirish masalalari ham o‘rganilishi mumkin.
Yer osti grunt suvlari sathining holati, uning yil davomida o‘zgarishi bo‘yicha ma’lumotlar poydevor o‘lchamlarini aniqlash, qurilish ishlarini bajarish oldidan grunt suvlar sathini tushirish bo‘yicha tadbirlarni loyihalashda foydalaniladi. Quyida Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilish maydoni bo‘yicha aniqlangan geologik va gidrogeologik ma’lumotlarni keltiramiz (jadvallar – 2.1 , 2.2 va 2.1-rasm). Aniqlangan ko‘rsatkichlar asosida poydevor uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi grunt йфедфьштштп hisobiy qarshiligi (MPa) aniqlanadi.

Download 447.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling