Eshonqulov Shaxzod
Download 10.59 Kb.
|
1 2
Bog'liqEshonqulov Shaxzod taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mo’g’ullar zulmidan ozod bo’lish mustaqil knyazliklarni
Eshonqulov ShaxzodJAHON TARIXI FANIDAN TAYYORLAGANTAQDIMOTIMAVZU: XV-XVII asrlarda markazlashgan Rus davlati. Reja: 1 Markazlashgan rus davlаtining tashkil topishi. 2 XVI-XVII asrlarda уuz bergan siyosiy voqealar 3 Rus davlаtining tashqi siyosati Mo’g’ullar zulmidan ozod bo’lish mustaqil knyazliklarni
Qo’shinning xarakteri o’zgardi. Ilgari feodallarning alohida drujinalaridan tashkil topgan qo’shinda endi bosh rolni zodagon lashkarlari o’ynay boshladi. XVI asr 30 – 40-yillaridagi boyarlar guruhlari – SHuyskiylar, Belьskiylar va Glinskiylar o’rtasidagi hokimiyat uchun kurash mamlakatni og’ir ahvolga olib keldi. Natijada kuchayib borayotgan dvoryanlar talabiga ko’ra bir qator islohotlar boshlandi. Islohotlar boshida Adashev, Silьvester, Kurlyabev kabilar turdi. 1550 yili yangi Sudebnik qabul qilindi. 1549 yildan esa Zemskiy soborlarning chaqirilishi boshlangan bo’lib, unda dvoryanlar hal qiluvchi ovozga ega edi. Islohotlar natijasida Rossiya samoderjaviesi tabaqali vakillik monarxiyasining bir qancha ko’rinishlariga ega bo’ldi. SHunga qaramay, 50-yillardagi islohotlar boyarlarning qudratini biroz susaytirgan bo’lsada, ularning qarshiliklariga barham bermadi. Ular tomonidan fitnalar davom ettirildi. Natijada 1564 yili podsho Ivan IV (Grozniy) tomonidan muhim siyosiy tadbir o’tkazilib, bu tadbir tarixda oprichnina nomini olgan. Oprichnina siyosatining mohiyati nimada edi? Ivan IV markazlashgan davlat tizimida umumiy yerlardan katta qismini ajratib oladi. Bu yerlar podsho yerlari yoki oprichnina deb ataladi. Oprichninaga muhim savdo yo’llari, strategik jihatdan ahamiyatli bo’lgan chegara hududlari kiritildi. Barcha shahar va uezdlardan ko’ngilli bo’lib oprichninaga yozilmagan knyazlar, boyarlar, dvoryanlar va hukumat odamlari zo’rlik bilan ko’chirildi.
Download 10.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling