Etnotoponimlarning vujudga kelishida sinekdoxaning o‘rni


Download 29.51 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi29.51 Kb.
#1513906
  1   2   3   4
Bog'liq
sinekdoxa maqola Muhayyo Hodiyeva


Etnotoponimlarning vujudga kelishida sinekdoxaning o‘rni (Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani misolida).
Hodiyeva Muhayyo Abdurazzoq qizi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi , 93 931 24 04 , muhayyohodiyeva@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqola etnotoponimlarning yaratilishida sinekdoxaning o‘rni masalasiga bag‘ishlanadi. Maqolada Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani etnotoponimlari tahlil qilindi. Ma’lum bir so‘zlarning kengayishi va torayishi orqali hosil bo‘lgan etnotoponimlarni, o‘simlik nomidan hosil bo‘lgan nomlarni aniqlashga muvoffaq bo‘ldik.
Kalit so‘zlar: Etnonim, etnotoponim, urug‘, etimologiya, etnos, nomshunoslik, toponim, ko‘chmanchi, qabila, totemistik tasavvur, ibtidoiy jamoa, qo‘rg‘on.
Аннотация: Данная статья посвящена вопросу о роли синекдохи в создании этнотопонимов. В статье проанализированы этнотопонимы Касбинского района Кашкадарьинской области. Нам удалось выявить этнотопонимы, образованные путем расширения и сужения определенных слов, названия, образованные от названия растения.
Ключевые слова: этноним, этнотопоним, род, этимология, этнос, номенклатура, топоним, кочевник, племя, тотемистическое воображение, первобытная община, крепость.
Annotation: This article is devoted to the question of the role of synecdoche in the creation of ethnotoponyms. Ethnotoponyms of Kasbi district of Kashkadarya region were analyzed in the article. We were able to identify ethnotoponyms formed by expanding and narrowing certain words, names formed from the name of a plant.
Key words: Ethnonym, ethnotoponym, tribe, etymology, ethnos, nomenclature, toponym, nomad, tribe, totemistic imagination, primitive community, fortress.
Insoniyat yaratilibdiki , u asta-sekinlik bosqichma bosqich rivojlana boshlagan. Dastlab ibtidoiy jamoa tarzida yashagan odamlarda o‘z jamoalarini boshqa jamoalardan ajratib turish ehtiyoji vujudga keladi. Vaholanki, bu ehtiyoj sababli kishi, jamoa, daryo, ko‘l,tog‘-u adirlar, cho‘l-u biyobonlarlarning nomlari vujudga keladi. Nom qo‘yganda asosan, uning yoshi, tashqi ko‘rinishi, xarakter xususiyati, ma’lum bir ayricha belgisi yoki shu nomning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan biror bir voqea, hodisadan kelib chiqib nomlaganlar.
Kishilar ismi, joy nomlarining kelib chiqishi, etnografiya, etnonimning ma’no va etimologiyasi haqida tarixiy manbalar orqali anchagina ma’lumot olishimiz mumkin. Atoqli ot materiallarini tizimli va izchil ravishda to‘plash, ularni ilmiy asosda tahlil qilish o‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlandi. Etnonimlar, ya’ni urug‘ va qabila nomlari haqidagi qadimiy va qimmatli ma’lumotni qadimiy turkiy tilga oid yozma bitiklarda, M.Qoshg‘ariyning ,,Devonu lug‘ati turk‘‘ , ,,Jome-at tavorix‘‘, ,,Ravzat-us safo ‘‘, ,,Zafarnoma ‘‘, ,,Boburnoma ‘‘, ,,Shajarayi turk ‘‘, ,,Shajarayi tarokima ‘‘, ,,Tarixi Abulxayrxon‘‘, ,,Shayboniynoma ‘‘, ,,Abdullanoma ‘‘, ,,Tarixi Muqimxoniy ‘‘, ,,Tarixi Abulfayzxon ‘‘, ,,Tarixi Salotini mang‘itiya ‘‘ kabi tarixiy va tarixiy badiiy asarlarda[1:21], shuningdek, o‘rta asrlarga mansub arab va fors tillarida yozilgan bir qator bitiklar orqali bizgacha yetib kelgan.
Oʻzbek tili etnonimlarga boy boʻlib, ular negizida xalqning qadimiy totemistik tasavvurlari (bahrin, toyloq, lochin, qargʻa, qoraqush, ilonli, kaltatoy), tamgʻa, maxsus belgilarga asoslanish (taroqli, toʻgʻali, qaychili, qoʻshtamgʻali, oʻroqli, bolgʻali), son, miqdor tushunchalariga tayanib nomlash (ming, qirq, mangʻit, nayman, oltioʻgʻil, beshbola, toʻrtuyli, beshuyli), hajm, shakl tushunchalari (kattajuz, kichikjuz, parchayuz), rangtus bilan bogʻliq tushunchalar (oqmangʻit, oqtana, oqtelpak, oqtoʻnli, qoratelpak, qoramangʻit, qoranayman, olakoʻylak, olatoʻn), etnosning ijtimoiy-siyosiy ahvoli, mavqei (beklar, beklartoʻpi, boylartoʻp, mirzatoʻp, malikbachcha), etnosning kasbkori (ayronchi, kiyikchi, iyarchi, baydoqchi, tevachi, toʻnchi, tugʻchi, shotirchi, ovchi, mergan, mirishkor), etnosning yashash joyi, urugʻ, qabila boshliqlarining nomlari yotishini koʻrsatadi.
Turkiy etnonimlarni, jumladan, oʻzbek etnonimlarini oʻrganish ishiga taniqli turkiyshunoslar N.Aristov, V.V.Radlov, V.V.Bartold, S.P.Tolstov, S.M.Abramzon, L.V.Gumilyov, D.Ye.Yeremeyev, N.A.Baskakov, L.V.Zuyev, A.N.Xanikov, B.A.Jdanko, B.X.Karmisheva, A.A.Valitova, S.Ataniyozov, D.Aytmurodov, R.G.Kuzeyev; oʻzbek olimlaridan Yahyo Gʻulomov, B.Ahmedov, K.Shoniyozov, A.Muhammadjonov, X.Doniyorov, S.Gubayeva, T.Nafasov, A.Otajonova va boshqalar munosib hissa qoʻshdilar[2:253].
O‘zbek etnonimlarini lingvistik nuqtayi nazaridan to‘laqonli tadqiq qilingan deyish qiyin. Bu masalaga oid ba’zi ilk kuzatishlar X.Doniyorov, A.Ishayev, A.Otajonovaning ishlarida uchraydi. Ushbu olimlarning ishlarida ham etnonimlar, asosan, etnografik va tasniflash nuqtayi nazaridan tadqiq qilingan[3:4]. Yuqoridagi asarlar va nomlari sanab o‘tilgan olimlarimizning ilmiy izlanishlaridagi etnonimlar asosida shakllangan toponimlar anchani tashkil etadi. Qabila va urug‘lar yashab o‘tgan joylar aholi istiqomat qiladigan hudud nomiga ko‘chgan va ular bugungi kunga qadar yashab kelmoqda. Bularni etnotoponimlar sifatida o‘rganib kelmoqdamiz. Etnonim asosida shakllangan etnotoponimlar toponimikaning bir bo‘limi sifatida o‘rganilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, o‘zbek nomshunoslik sohasining yanada kengayishiga sabab boʻldi[4:77].
Etnotoponimlar etnos nomi bo‘lishi bilan birga, o‘sha etnos yashagan joy nomini anglatadi. Etnonim hisoblangan leksema o‘z navbatida joy nomini ifodalagandan so‘ng yangi atoqli otni vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Etnonim nomini(ma’nosini) joy nomiga ko‘chishi (o‘tishi, aylanishiga) turli xil omil va sabablar asosida yuzaga keladi. So‘zning o‘z ma’nosidan o‘zga ma’noga o‘tish yo‘llaridan biri hisoblangan sinekdoxa ham so‘z ma’nosining ko‘chishi bilan bog‘liq hodisa sanalib metonimiyaning muayyan bir ko‘rinishini ifodalaydi. Tilshunos V.A.Nikanov etnotoponimlarning paydo bo‘lishi xususida shunday fikr yuritgan edi: ,,Asosida etnonim yotuvchi toponimlar, agar ular o‘sha hududda yashamaydigan kishilar tomonidan berilmasa,etnik kelib chiqishida umumiylik bo‘lgan bir xalq yashovchi joylarda yuzaga kelishi mumkin emas. Odatda, etnonimlar aholining etnik mansubligini farq etuvchi belgi vazifasini bajaradigan joylarda etnotoponimga aylanadi [5:93]. Yuqoridagi fikrlardan shuni tushunishimiz mumkinki, faqat bir urug‘ga mansub xalq yashaydigan hududda etnotoponim vujudga kelmaydi ammo ularning turli kasb-kori, yoki laqablari orqali nomlar yuzaga kelishi mumkin. Qabila yonma-yon yashaydigan hududlarda aholi tarkibining eng ko‘p yoki eng kam qismini tashkil etgan urug‘lar nomi ko‘p hollarda toponimga aylanadi. Buni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi etnotoponimlar yuzasidan to‘plangan ayrim joy nomlarining etimologiyasida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan,

Download 29.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling