Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari: Kategoriya tushunchasi va ularning turlari


Download 27.17 Kb.
bet1/10
Sana06.11.2023
Hajmi27.17 Kb.
#1751433
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu (3)


4-MAVZU. RIVOJLANISH NAZARIYASI (DIALEKTIKA).
(2-SOAT) Reja:

  1. .Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.

  2. .Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari:

  3. .Kategoriya tushunchasi va ularning turlari.

O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish tushunchalari.
Aloqadorlik va bog‘lanishlar borliqning turli sohalarida turli-tuman shakllarda namoyon bo‘ladi. Bular quyidagilardir: a) «elementar» zarralarning bir-birini taqozo qilishi va aks ta’siri shaklida; b) planetalarning bir-birini tortib va itarib turishlari shaklida. Organik tabiatda: a) tirik organizmlarning modda almashinuvi shaklida; b) tirik organizmlar bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi bog‘lanishlar; v) o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zaro aloqadorligida; g) hayvonlar va odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda va h. k. Jamiyatda bo‘lsa: a) jamiyat bilan tabiat o‘rtasida; b) jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti o‘rtasida; v) jamiyat ishlab chiqarish usulining tomonlari: ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasida; g) jamiyatning iqtisodiy bazisi bilan ustqurmasi o‘rtasida; d) jamiyat iqtisodiy strukturasi elementlari o‘rtasida; e) jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarda ko‘rinadi. Tafakkurda bo‘lsa: a) bir butun tafakkur jarayonida, tafakkur shakllari o‘rtasida: b) tafakkur shakllari va qonunlari o‘rtasida; v) tafakkur va borliq o‘rtasida. Bilish jarayonida esa: a) hissiy bilish va aqliy bilish o‘rtasida; b) bilish bosqichlari va bilish shakllari o‘rtasida; v) bilish bilan borliq o‘rtasidagi aloqalar va bog‘lanishlarda ifodalanadi.
Har qanday o‘zgarish harakatdir, lekin har qanday harakat o‘zgarish emasdir. O‘zgarish narsa va hodisalarning bir holatdan ikkinchi holatga, bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishidir. Masalan, yangi buyumning eskirishi va shular kabi. Biroq «o‘zgarish» o‘z ichiga «rivojlanishni» oladi, garchi har qanday o‘zgarish rivojlanish bo‘lmasa ham.

Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling