Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti toʻgʻrisida nizo m


Download 33.49 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi33.49 Kb.
#1128610
  1   2   3
Bog'liq
Fan olimpiadalari departamenti nizomi





Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlim vazirining
2022-yil “____” ________dagi _______-son buyrugʻiga ______-ILOVA



Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan
ishlash departamenti toʻgʻrisida

N I Z O M
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son va “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ–4306-son qarorlariga muvofiq, Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti faoliyati tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining (keyingi oʻrinlarda Vazir) buyrugʻiga muvofiq departamentning boʻysunuvi vazir oʻrinbosarlaridan biriga yuklatilishi mumkin.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa qonun hujjatlariga, vazirlikning Hayʼat qarorlariga, vazirning buyruqlari va topshiriqlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departamentga rahbarlik vazirning birinchi oʻrinbosariga bevosita boʻysunuvchi departament boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini vazirlikning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Departamentning rus tilidagi nomi – Департамент по работе с одаренными учащимися по предметным олимпиадам. Departamentning ingliz tilidagi nomi - Department for work with the gifted pupils in subject olympiads.

Download 33.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling