Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


Download 339.39 Kb.
bet1/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif


FANNI O'RGANISHNING AHAMIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI. OZUQALARNING TO‘YIMLILIGINI KIMYOVIY TARKIBIGA QARAB BAHOLASH.


REJA:



  1. Aholining chorva mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirishda oziqlantirishni to‘g‘ri tashkil qilishning ahamiyati. Mustahkam ozuqa bazasini yaratish.

  2. Chorvachilikning qishloq xo‘jaligini rivojlanishida biologik bog‘liqligi.

  3. Oziqlantirish darajasining organizmda morfologik o‘zgarishlariga jinsiy faoliyatiga va mahsuldorligiga ta’siri.

  4. Oziqlantirish fanining rivojlanish etaplari, fanning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar, fanning maqsadi va tarkibi.



Tayanch iboralar: chorvachilik, hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi, ozuqa bazasi, oraliq ekinlar, ozuqalar klassifikatsiyasi, morfologik o‘zgarishlar, ozuqalarning energitik, proteinli, lipidli, uglevodli, mineral va vitaminli to‘yimliligi, fanning rivojlanish etaplari.

Chorva mollar tuyog’i sonini ko‘paytirish va ulardan olinadigan mahsulot miqdori va sifatini yaxshilashdan asosiy maqsad xalqimizning chorva mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgandir.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish to‘g‘risida chorvachilik sohasida islohatlarni amalga oshirish borasida Respublikamiz miqyosida ko‘pgina ishlar qilinmoqda. Chorvachilik bilan shug‘illanuvchi maxsus shirkat xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari, korxonalarning yordamchi xo‘jaliklari tashqil etilmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan chorvachilik mahsulotlari aholining talabiga nisbatan ancha kamligi hech kimga sir yemas. Ayniqsa chorva mollari soni keyingi yillarda qishloq xo’jaligi korxonalarida keskin kamayib ketdi, buning asosiy sabablaridan biri ozuqa bazasining deyarlik barcha xo‘jaliklarida o‘ta nochor ahvolga tushib qolganligidir.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquq va majburiyatlarini puxta bilishdir. So’ngi paytda Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan dehqon (fermer) xo’jaliklarini rivojlantirish bo’yicha bir necha farmon va qarorlar qabul qilindi. Shular jumlasidan: Chorvachilik tarmoqlarini davlat tamonidan yanada qo’llab quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida. ( Prezident qarori PQ-5017.), Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida (Prezident qarori PQ-5024), Qorako’lchilik tarmog’ini yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida (Prezident qarori PQ- –4984) qor va farmonlari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4243-son qarori 2-bandiga muvofiq berilgan imtiyozlar chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xo‘jalik subyektlariga va omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan ham tatbiq etiladi;

2021-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi. Prezident qarori bilan O‘zbekistonda chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish maqsadlari uchun 2022-yilda Jahon bankidan 300 mln dollar kredit mablag‘lari jalb qilinadi. Qolaversa, “Veterinariya fidoyisi” va “Chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonlari ta’sis etiladi.


Prezidentning 8-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Hujjat O‘zAda e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan dastur hamda dasturda belgilangan vazifalarni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Quyidagilar 2022 yil 1 yanvarga qadar:
ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar, shuningdek, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan olib kiriladigan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va xom ashyolar 7-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin;
Bizga ma’lumki chorvachilik sohasidagi har bir fanning vujudga kelishi va uning rivojlanishining takomillashtirilishi insonlar hayotining yaxshilanishiga qaratilgan bo‘ladi. Bu asosan organizmda kechadigan barcha morfologik, fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning me’yorda bo‘lishini ta’minlash, sanoatning chorva mahsulotlari xom ashyosiga bo‘lgan talabini qondirishda namoyon bo‘ladi.
Chorvachilikni rivojlantirish va olinadigan mahsulotlarning sifatini yaxshilashning asosiy masalalaridan biri bu sohaga reja asosida har bir sohaning tabiiy sog‘likligini e’tiborga olgan holda yondashishni talab etadi, ya’ni tuproq, o’g‘it, o‘simlik, chorvachilik kishilar.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida tuproqshunoslik, o‘simlikshunoslik va chorvachilik uzviy rivishda bog‘liqdir. Tabiiy yaylovlarda va eqiladigan dalalarda ishlab chiqariladigan o‘simliklar mahsulotlarining 75% to’g’ridan to’g’ri inson uchun ozuqa sifatida ishlatilishi mumkin yemas. Bu mahsulotlarni faqatgina hayvonlarga ozuqa sifatida berib, hayvonlardan mahsulot olish yo’li bilangina foydalanish mumkin.
Adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarga ko’ra hayvonlarga beriladigan ozuqa tarkibidagi ozuqa moddaning 40% va mineral moddalarning 70%, o‘zlashtirilmaydi. Bu moddalar tezak shaklida tashqi muhitga qaytib tushadi, bundan yerdagi mikroorganizmlar foydalanib tuproq unumdorligini oshiradi.
Chorvachilikda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxining asosiy qismini ozuqa xarajati tashkil etadi, jumladan sut uchun 50-55%, qoramol go‘sht uchun 65-70%, cho‘chqa va parranda go‘shti uchun esa70-80% dir.
Charlz Darvin o‘z davrida ko‘pgina kuzatish va tajribalarga asoslanib oziqlanish hayvon organizmida yuz beradigan funksional va morfologik o‘zgarishlarning asosiy omili hisoblanadi, degan fikrni bildirgan edi. Bu fikr keyinchalik fiziologlar va zootexniklar tomonidan rivojlantirildi.
Turli hildagi ozuqalarning ovqat hazm qilish organlarining faoliyatiga /suyuqlik ishlab chiqarishiga/, hazmlanishda ishtirok etuvchi fermentlarning faolligiga turlicha ta’sir etishi buyuk biolog olim, akadyemik I.P.Pavlov maktabi tomonidan chuqur va aniq isbotlangan edi.
N.P.Chirvinskiy tomonidan o‘tkazilgan tajribalar natijasi ham ozuqa turining hayvon organzmida ma’lum morfologik o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini ko‘rsatadi, qo‘zilar onalaridan ajralganidan keyin sut davridan so‘ng faqat hajmli ozuqalar bilan (ko‘k o‘t) oziqlantirilganda katta yoshga etganda ichagining uzunligi gavda uzunligiga nisbatan 44-51 marotaba, faqatgina konsentrat ozuqalar bilan oziqlanganiniki esa 33-38 marotaba uzaygaligini aniqlagan. Oshqozon hajmi esa har 1 kg tirik vazniga nisbatan 1 chi guruhda 800-900, ikkinchi guruhda esa 270 ml bo‘lganligi ko‘rsatilgan.


Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling