Fanning predmeti, vazifalari va ilmiy asoslari


Download 0.63 Mb.
bet1/23
Sana15.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1094035
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Maxsus fan 43 javob


  1. Fanning predmeti, vazifalari va ilmiy asoslari.

Pedagog muayyan fanlarni o’qitishning maqsadlarini aniq belgilab olishi kerak. Ta’limning maqsadi talabalarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ular dunyoqarashini, eotiqodini shakllantirish, qobiliyatini, aql-zakovatini rivojlantirish, o’stirish, kasbiy faoliyatga tayyorlashdan iborat. Bosh maqsad – malakali mutaxassisni tayyorlash.
Maqsadlarni belgilashda o’quv fanining zamonaviy rivojlanish tendentsiyasi ham inobatga olinadi. Ta’lim maqsadlari o’qitish metodlari va shakllarini, vositalarini keng ko’lamda qo’llash orqali amalga oshiriladi.

Metodika fani talabalarni ta’limning maqsadi, mazmuni, ta’limni tashkil etish shakllari, metodlari, vositalari bilan tanishtiradi, ularda pedagogik faoliyat ko’nikma va malakalarini tarkib toptiradi. Shuningdek, ta’limda talabalar bilish faoliyatini faollashtirish, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish, izlanuvchanlik, ijodiylik kabi sifatlarni tarkib toptirishga qaratiladi.


Metodikaning nazariy asoslarini psixologiya va didaktika tashkil qiladi.


  1. Metodika va metodologiya.

Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi bo ‘lib, insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to'g'risidagi hamda ta ’lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari) haqidagi fandir.
Dars berish metodikasining predmeti, bu dars berish (o'qitish) jarayonining o'zidir. Odatda, metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi.
Bu — nazariy jihatdan qo‘yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o'rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir. 0 ‘qitish metodikasi tushunchasi:
a) pedagogning o'qitish usullari va o'quvchining o'qish usullari ham da o'quvchining o'qituvchi bilan o'zaro bog'langanligini;
b) o'qitishdan ko'zlangan maqsadga erishish bo'yicha hamkorlikda ishlashning o'ziga xosligi, ya’ni o ’qitish metodlari belgilangan maqsadga yetish uchun ta ’lim vazifalarini hal etishda o'qituvchi va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyatidir


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling