Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi moliyaviy risklarni baholash
Download 1.22 Mb.
|
KM-5-Sattorov-moliyaviyrisk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy risk
- Foiz riski. Bu risk turi moliya bozoridagi foiz stavkalarining kutilmagan oʻzgarishlari (depozit va kredit stavkalari boʻyicha) natijasida yuzaga keladi.
- 1. Ekspert baholash usuli .
- 2) Zararsizlik nuqtasi (sezgirlik) tahlili.
- 3. Qarorlar daraxtini barpo etilishi usuli.
- 4. Monte-Karlo usuli.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIMOLIYAVIY RISKLARNI BAHOLASHTOSHKENT MOLIYA INSTITUTI KM-5 MAGISTRATURA TALABASI: SATTOROV SH Copyright © 2020 Shohruh Sattorov shohruhsattorov1994@mail.ru shohruhsattorov1994@gmail.com REJA:
Moliyaviy risk- bu moliyaviy resurslarni (pul mablag'larini) yo'qotish ehtimoli bilan bog'liq bo’lgan xavf .Moliyaviy risk- bu moliyaviy resurslarni (pul mablag'larini) yo'qotish ehtimoli bilan bog'liq bo’lgan xavf .Har bir insoniy faoliyat xavf-xatarlardan xoli emas, xususan iqtisodiy faoliyat ham. Iqtisodiy faoliyatdan koʻzlangan maqsadlarga erishishga turli xil risklar bevosita oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Korporativ tuzilmalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻp sonli moliyaviy risklardan holi emas. Korporativ tuzilmalarda moliyaviy risklar belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy faoliyatdan koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy yoʻqotish)lar keltirish ehtimolini oʻzida aks ettiradi.Moliyaviy risk To’lovga layoqatsizlik riski Investitsion risk Inflyatsion risk Foiz riski Kredit riski Depozit riski Valyuta riski Soliq riski Kriminogen risk Moliyaviy barqarorlik pasayish riski Risklarni boshqa turlari Moliyaviy barqarorlik pasayish riski (moliyaviy rivojlanish muvozanati buzilish riski). Bu risk kapital tarkibi mukammal emasligi (foydalaniladigan qarz mablagʻlari ulushi haddan tashqari oshib ketishi), pul oqimlari kirimi va chiqib ketishining miqdor jihatdan oʻzaro balanslashmaganligi natijasida yuzaga keladi. Moliyaviy risklar tarkibida xavflilik darajasi (korxona bankrotligini tezlashtirishi) boʻyicha bu risk turi yetakchi rol oʻynaydi. Toʻlovga layoqatsizlik riski (yoki balanslashmagan likvidlik prinsipi). Bu risk korporativ tuzilmada pul oqimlari sinxronligi buzilishi natijasida aylanma aktivlar likvidlilik darajasi pasayishi oqibatida yuzaga keladi. Oʻz moliyaviy oqibati boʻyicha bu risk turi eng xavfli risklar qatoriga kiradi. Investitsion risk. U korporativ tuzilmaning investitsion faoliyatni amalga oshirishi jarayonida moliyaviy yoʻqotishlar paydo boʻlishi mumkinligini izohlaydi. Bu faoliyat turi bilan mos ravishda investitsion risklar real investitsiyalash risklariga va moliyaviy investitsiyalash risklariga ajratiladi. Foiz riski. Bu risk turi moliya bozoridagi foiz stavkalarining kutilmagan oʻzgarishlari (depozit va kredit stavkalari boʻyicha) natijasida yuzaga keladi.Foiz riski. Bu risk turi moliya bozoridagi foiz stavkalarining kutilmagan oʻzgarishlari (depozit va kredit stavkalari boʻyicha) natijasida yuzaga keladi.Depozit riski. Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi (depozit sertifikatlarining qoplanmasligi) mumkinligida aks etadi. Depozit risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi.Soliq riski. Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi: xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli; amaldagi soliqlar va majburiy ajratmalar stavkalarining oshish ehtimoli; alohida soliq toʻlovlari muddatlari va shart-sharoitlari oʻzgarishi; korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar.Risk tahlili Sifat Miqdoriy Risklarning sifat tahlili - risk omillarini va turlarini aniqlash maqsadiga ega. Risklarning sifat tahlilini o’tkazish jarayonida aniq risk turlari aniqlanadi, ularning paydo bo’lish sabalari o’rganiladi hamda risklarni pasaytirish bo’yicha barcha takliflar tahlil qilinadi. Risklarning miqdor tahlili - alohida risklar hajmini miqdor jihatdan aniqlash imkonini beradi. Miqdoriy tahlilning vazifasi loyiha samaradorligi mezonlariga asosan riskli omillarning o’zgarishiga ta’sirini miqdor jihatdan o’lchash hisoblanadi. Sifat jihatdan Miqdoriy jihatdan Ekspert baholash usuli Monte-Karlo usuli Qarorlar daraxtini barpo etilishi usuli Zararsizlik nuqtasi tahlili 1. Ekspert baholash usuli.1. Ekspert baholash usuli.Bu usul riskni tahlil qiluvchi iqtisodchi (ekspert)ning malaka darajasiga asoslanadi. Ehtimollik subektiv tarzda aniqlanganida har bir kishi bitta hodisasining qiymatini turlicha belgilashi va u haqda turlicha qaror qabul qilishi mumkin. Bu usulda bankning faoliyatida o’tkazilgan barcha operatsiyalar bo’yicha mavjud statistik malumotlar tahlil qilinishi lozim. Bunda imkoni boricha ko’proq yo’qotishlarga olib kelishi mumkin bo’lgan operatsiyalarni tahlil qilish ko’zda tutiladi.2) Zararsizlik nuqtasi (sezgirlik) tahlili.2) Zararsizlik nuqtasi (sezgirlik) tahlili.Zararsizlik miqdori – firma foyda olishni boshlashidan oldin sotishi lozim bo’lgan mahsulot miqdori.Kichik korxonalar ham, yirik korxonalar ham zararsizlik tahlilidan ikki sababga ko’ra foydalanishadi: u sodda tasavvurlarga asoslanadi va korxonalar zararsizlik modelidan olingan ma’lumot qaror qabul qilish shart bo’lgan vaziyatlarda qo’l keladi deb hisoblaydilar. Zararsizlik tahlili firma ishlab chiqaradigan mahsulotning zararsizlik miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Xo’sh, mahsulotning zararsizlik miqdori nimani anglatadi? U mahsulotning absolyut (mutlaq) miqdori bo’lib, u firma daromadlarining (yoki soliqlar va foizlar to’langungacha daromad) nolga teng bo’lishini ta’minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, zararsizlik tahlili tahlilchiga barcha xarajatlarni qoplash uchun qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish kerakligini aniqlashdava turli ishlab chiqarish hajmlari orqali ishlab topiladigan soliqlar va foizlar to’langungacha daromadni hisoblashda yordam beradi.O’zgaruvchan xarajatlar (bevosita xarajatlar ) Ishlab chiqarish hajmi o’zgarishiga qarab o’zgaradigan xarajatlar. 1. Ish haqi; 2. Xom-ashyo va materiallar; 3. Ishlab chiqarish bilan bog’liq energiya xarajatlari (yoqilg’i, elektr, tabiiy gaz); 4. Zavoddan chiqib ketuvchi mahsulotlar uchun tashish xarajatari; 5. Qadoqlash; 6. Sotish uchun komission to’lovlar. O’zgarmas xarajatlar (bilvosita xarajatlar) Savdo hajmi yoki ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o’zgarishi bilan puldagi umumiy qiymati o’zgarmaydigan xarajatlar. 1. Qarz foizi 2. Amortizatsiya; 3. Sug’urta; 4. Vaqtli reklama dasturlariga sarflanadigan ulgurji xarajatlar; 5. Mol-mulk soliqlari; 6.Renta to’lovlari (ijara) 3. Qarorlar daraxtini barpo etilishi usuli.3. Qarorlar daraxtini barpo etilishi usuli.Bu usul loyiiha rivojlanishining turli xil variantlari mavjud bo’lganda uning eng optimal variantlarini tanlash va tegishli qarorlar qabul qilish, shuningdek, loyiha bo’yicha turli xil oraliqlarda qarorlar qabul qilinishi avvalgi qabul qilingan qarorlarga bevosita bog’liqligi va uni istiqbolda yanada rivojlantirish holatini aniqlab beradi.4. Monte-Karlo usuli.Monte – Karlo usulining asosi bo’lib ehtimollar nazariyasi xizmat qiladi. Monte–Karlo usulini qo’llashda zamonaviy kompyuter texnologiyalari bo’lishi zarur. Ularsiz hisob-kitoblar juda ko’p vaqtni oladilar va mutaxassis bu murakkab jarayonda xatolarga yo’l qo’yishi mumkin. Ulardan Risk Master, Risk, Crystall Ball va boshqa kompyuter dasturlari tahlilga katta yordam beradi. Usul modelini tayyorlash, ya’ni tahlil uchun asos qilib olingan ko’rsatkichlarni( NPV, IRR, sof foyda, naqd pul oqimi yoki boshq.) matematik ko’rinishini kompyuterga kirgizish lozimDownload 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling