Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAMANGAN - 2015 1 - mavzu: Psixologiyaning predmeti
- Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar
- 1. Psixologiya nimadan bahs etadi
- 3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari
- 4. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchilik vazifalari
- 5. Ong xossalari haqida tushuncha
- Mavzu yuzasidan test savollari
- Mavzu yuzasidan nazorat savollari
- 1. Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari
- 2. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi
O’zdekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI UMUMIY PSIXOLOGIYA Fanidan
NAMANGAN - 2015 1 - mavzu: Psixologiyaning predmeti Reja: 1. Psixologiya nimadan bahs etadi? 2. Psixologiya tarixi. 3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari. 4. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchilik vazifalari. 5. Ong xossalari haqida tushuncha. Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: Assotsiatsiya - psixik hodisalar o`rtasidagi aloqa bo`lib, u aniq qonunlar asosida shakllanadi. Assotsiativ psixologiya – XVII - XIX asrlarda Angliyada vujudga kelgan yo`nalish bo`lib, assotsiatsiyani asos qilib ish olib borgan. Bixeviorizm - XX asr boshlarida AQSHda vujudga kelgan yo`nalish bo`lib, asoschilari D.Uotson va e.Torndayk. Vyurtsburg maktabi - XX asr boshlarida nemis psixologlari tomonidan tuzilgan maktab. Ular tafakkurni tadqiqot ob`ekti qilib olgan. Asoschilari Byuler, Ax va boshqalar. Geshtal’t psixologiya - nemischa “shakl” degan ma`noni bildiradi. Asoschilari Vertgeymer, V. Keler, K. Koffka. SHakl-fenomen, idrok va murakkab psixik hodisalarni yaxlit holda o`rgangan. Introspektiv psixologiya – introspektsiya (o`z - o`zini kuzatish) metodini psixologiyaning asosiy metodi qilib olgan oqim. Psixologiya - psixik faktlar va uning mexanizmlari haqidagi fan. Psixika - ruxiy jarayonlar, bilish faoliyatlari, individual psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi va boshqaruvchi xossa. Parapsixologiya - idrok qilish shakllarini tadqiq qilgan soha bo`lib, u hozirgacha muammolidir. Freydizm (psixoanaliz) - XX asrda paydo bo`lgan, asoschisi avstriyalik psixiatr Z.Freyd. Predmeti instinktiv mayllar. Ongning rolini inkor qiladi. Funktsional psixologiya - psixika va shaxsni alohida psixik funktsiya sifatida o`rgangan yo`nalish.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi siyosiy, iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda ma`naviyat sohasida ham o`zgarishlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga keldi. YAngi jamiyat odamlardan yangicha fikrlashni, o`z - o`zini milliy jihatdan anglab etishni, istiqlol tafakkuriga ega bo`lishni taqozo etadi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta`kidlab o`tganlaridek, “Islohotlar hayotni, hayot esa insonlar tafakkurini o`zgartiradi.” Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonunini amalga oshirish, undan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish ko`p jihatdan turli darajadagi psixologik muammolarning echilishi bilan bog`liq. Zamon talabiga mos keladigan, raqobatbardosh, yuksak e`tiqodli, ma`naviy jihatdan yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, professional faoliyatlarga oid muammolarni hal etish uchun zarur ko`nikma va malakalarga ega mutaxassislarni tayyorlashda psixologiya fanining o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Psixologiya grekcha “psyuxe”- “jon, rux”, “logos” - “ta`limot”, “fan” degan so`zdan kelib chiqkan bo`lib, psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi fandir. Psixologiya psixikani o`rganadi. Psixik faktlarga quyidagilar kiradi: - bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat; - bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, tafakkur va xayol; - ruxiy holatlar yoki shaxsning hissiy-irodaviy sohasi - hissiyot, iroda; - ruxiy xususiyatlar yoki shaxsning individual-psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyatlar. Professor V.Karimovaning fikricha, psixika - inson ruxiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruxiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya`ni bilishimiz, anglashimizni ta`minlaydi. Professor M. G. Davletshin fikricha, psixika deganda oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob`ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo`ladi, sub`ekt faoliyatni ma`lum maqsad asosida yo`naltiradi hamda xulq -atvor negizida shakllanadi. Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o`ziga xos usullari mavjud. Aks ettirishni “Venna diagrammasi” interfaol usuli yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:
jonsiz materiya
jonli materiya
Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko`zguning aks ettirishi, suvdagi tasvir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik,
psixik aks ettirish turlari xos bo`lib, ong va o`z - o`zini anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Ob`ektiv borlikni to`g`ri aks ettirish imkoniyatini beradi; 2. Shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 3. Doimo rivojlanib va shakllanib boradi; 4. Shaxsning individualligi orqali namoyon bo`ladi. 2. Psixologiya tarixi Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushunilgan. Jonning o`zini esa odam tanasidagi maxsus ikqilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar “animizm” deb atalgan (anima - jon). Jon o`z mohiyatiga ko`ra olovsimon uchqunchadan (Geraqlit) yoki olov atomidan (Demokrit) iborat deb tushunilgan. Platonning “ideyalar tug`ma bo`ladi” degan g`oyalar psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo`shdi. Platon ta`limotiga ko`ra, “ideyalar” abadiy va o`zgarmas mohiyatdir, ularning tabiiy olamidan tashqarida oliy olam mavjud bo`lib, ularni odam ko`zi bilan ko`ra olmaydi. Platon psixologiyada “dualizm” oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm ta`limoti moddiy va ruxiy olam, tana va psixikaning bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda mavjud bo`lib, azaldan qarama - qarshi narsalar deb tushuntiradi. Platonning dualizmi uning shogirdlaridan Arastu (Aristotel’ eramizdan oldingi IV asr- 384-322 yillar) tomonidan bir muncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning “Jon haqida” asari o`sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganligidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan. Hozirgi kunda psixologiya fani o`z mazmunini batamom o`zgartirgan. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo`lib rux va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Jon qismlarga bo`linmaydi, lekin u faoliyatning oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi aql - idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo`ladi. Birinchi qobiliyatlar o`simlik uchun, birinchi va ikkinchisi hayvonlar uchun, uchinchisi odamlar uchun xosdir. O`simliklar, hayvonlar ruxi va aql - idrokli odam ruxi ta`limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo`lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o`zining xususiy faolligi orqali ro`yobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to`g`risidagi nazariyani ilgari surdi. Geraqlit, Demokrit, Aflotun, Arasto`larning ta`limotlari keyingi asrlarda psixologik g`oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo`lib hisoblanadi. Asta - sekin rux haqidagi tushuncha hayotning barcha ko`rinishlariga emas, faqat hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo`llanila boshlandi. Psixika kategoriyasining zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi. Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo`lishida buyuk Sarq mutafakkirlarining roli katta bo`lgan. Ular orasida - Al Xorazmiy (783-850 yillar), Al Forobiy (873-950 yillar), Abu Rayxon Beruniy (973- 1048 yillar), Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yillar), Mirzo Ulug`bek (1394-1449 yillar) kabilar o`zlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar (ayniqsa tibbiyot) haqidagi fikrlari o`sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qo`shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shug`ullangan olimlardan biridir. Uning rux haqida, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament (asab tizimi) xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan so`ng ham, zamonaviy psixologiyada o`z qimmatini yo`qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo`lib psixoterapevtik usullarni qo`llab ko`rgan olimlardan biridir. 3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari Psixika miyaning xususiyatidir. “Sezgi, fikr, ong, maxsus sur`atda tuzilgan materiyaning oliy mahsulidir”. Inson miyasi uzoq evolyutsion taraqqiyot mobaynida rivojlanib, takomillashib borgan. Uning og`irligi 1350-1400 g. bo`lib, 14-15 milliard hujayradan iborat. Inson miyasining funktsional tuzilishini A.R. Luriya 3 ta blokka ajratadi: I - blok - energetik blok, u miya pustloq qismining normal ishlash tonusini ta`minlaydi. Miya po`stining yuqoridagi qismida joylashgan. II - blok axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (Ikkala yarim sharlarining orqa qismiga, tepa, chakka va ensa qismlariga joylashgan). III - blok faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta`minlaydi (peshona qismiga joylashgan). Nerv hujayrasi va uning o`simtalari, ularni qoplovchi pardalar neyron deb ataladi. Neyronning asosiy vazifasi qo`zg`aluvchanlik va o`tkazuvchanlikdir. 4. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchilik vazifalari I.M. Sechenov o`zining “Bosh miya reflekslari” (1863) kitobida shunday fikrni ilgari suradi: “ongli va ongsiz hayotning hamma aktlari o`zining yuzaga kelish jihatidan reflekslardan iboratdir”.
Psixikaning asosiy vazifalarini “Venna diagrammasi” usuli yordamida quyidagicha ishlab chiqish mumkin:
Aks
ettirish
boshqaruvchilik Psixik (ruxiy) jarayonlar organizm hayotida aks ettiruvchilik, signallik va boshqaruv funktsiyasini bajaradi. Organizmning boshqaruv faoliyati organizm xatti - harakatlariga, muhit o`zgarishlariga muvofiqlashtirish va shu yo`l bilan organizmning muhitga to`g`ri, qulay moslashib olishiga imkon beradi. I.M. Sechenov psixik faoliyatning ruxiy jihatdan boshqarilishi reflektor xarakterga ega ekanligi haqidagi g`oyani ilgari suradi. Nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lgan bu g`oyalarning to`g`riligini I. P.Pavlov tajribada isbotladi. I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati qonuniyatlarini kashf etdi. Uning ana shu qonuniyatlari haqidagi barcha qarashlarini umumlashtirilgan holda ikki xil signal tizimi haqidagi ta`limot deb atash mumkin. I.P. Pavlov hayvonlarda birinchi signal tizimini (ranglar, hidlar, obrazlar) insonlarda, ikkinchi signal tizimini signallar signali, ya`ni so`zlar tashqil qilishini aniqlagan. 5. Ong xossalari haqida tushuncha Ong psixikaninng eng yuksak darajasi bo`lib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo`lishi natijasidir. Bu ma`noda ong mutafakkirlar ta`kidlab o`tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir. Ongning birinchi xossasi, bu - ong anglash demakdir. Inson ongi tevarak - atrofdagi taqi olamga doir bilimlar yig`indisidan iboratdir. Anglash taqi olamdagi narsalarni tushunish. Ong tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob`ekt bilan sub`ekt o`rtasidagi aniq farq o`z ifodasini topadi, ya`ni odam “men” degan tushunchani “men emas” tushunchadan farqini ajratadi. Odam o`zini bilish qobiliyatiga ega bo`lgan, ya`ni psixik faoliyatini, o`z - o`zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir. Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko`zlash faoliyati ta`minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ong vazifasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko`riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo`llari hisobga olinadi. Ongning to`rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his - tuyg`ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig`indisidir. Ongni yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi - tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik bu shunday psixik jarayonlar va holatlar yig`indisiki, unda inson o`z xatti -harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bo`nga tush ko`rish, ba`zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o`ziga xos shakli bo`lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o`rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o`rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma`lum qonuniyatlarga bo`ysunadi. Psixologiya shunday qonuniyatlarni ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashqil etish, ta`lim - tarbiya jarayonini to`g`ri olib borishga yordam beradi.
1. Psixologiya fani nimani o`rganadi? a) psixologiya jon haqidagi fan; b) psixologiya ong haqidagi fan; v) psixologiya xulq - atvor haqidagi fan; g) psixologiya psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlar haqidagi fan. 2. Jon aql - idrok, jasorat va orzu - istak kabi qismlardan iborat bo`lib, ular tananing turli qismlariga (bosh, ko`krak, qorin bo`shlig`i) joylashgan. Bu fikr quyidagi faylasuflarning qaysi biriga taalluqli? a) Geraklit;
b) Demokrit; v) Aflotun;
g) Arastu; Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 1. Psixologiya fanining ahamiyatini qanday baholaysiz? 2. Psixologiya fani nimadan bahs yuritadi? 3. Psixologiya tarixi haqida nimalarni bilasiz? 4. Psixikaning asosiy yo`nalishlari nimadan iborat? 5. Sнarq mutafakkirlarining psixologiya fani rivojlanishiga qo`shgan hissasi qanday? 6. Inson ongining eng muhim xossalarini xarakterlang?
Psixologik masalalar: 1. Darsda intizomsiz talabaga o`qituvchi doimo bir xil tarzda ogohlantirish berardi, lekin bu jazo talabaga ta`sir etmasdi. Nima uchun? Izohlang. 2. Talabadan doska yoniga chiqib fikr bildirish so`ralsa, nimagadir u materialni bilsa ham erkin so`zlay olmaydi. Sababi nimada? 3. Darsga kirish uchun qo`ng`iroq chalinsa ham talabalar tinchlik saqlay olmaydilar. Nega shunday? 2 - mavzu: Hozirgi zamon psixologiyasining metodologik masalalari R e j a : 1. Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari: a) determinizm; b) ong va faoliyat birligi; v) psixikaning faoliyatda rivojlanishi. 2. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi. 3. Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy -tadqiqot uslublari: a) asosiy uslublar; b) yordamchi uslublar; 4. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni.
Psixologiya sohalari — faoliyat, taraqqiyot, shaxsning jamiyatga munosabatiga ko`ra. Determinizm — sababiy bog`liqlik. Eksperiment -- tajriba usuli Introspektsiya — o`z - o`zini kuzatish Bixeviorizm — xulq - atvorni o`rganuvchi oqim. Freydizm — instinktiv mayllarni o`rganuvchi oqim. Test metodi — standartlashtirilgan , aqliy taraqqiyotni aniqlovchi usul. 1. Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari Psixologiya tamoyillarini Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo`nalishlari ham ishlab chiqqan. XX asr boshlarida bixeviorizm va freydizm yo`nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm psixologiyasi hayvonlarda o`tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo`lib, uning namoyondalari Torndayk va Uotson (Bixeviorizm ingliz tilida «xulq - atvor» degan ma`noni bildiradi). Bu oqim psixika va ongni inkor qiladi, xulq bilan tashqi muhit o`rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladilar. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qo`zg`atuvchi), ya`ni sezgi a`zolariga ta`sir qilayotgan qo`zg`atuvchiga o`q otish, biror suratni ko`rsatish o`nga qanday javob reaktsiyasi bo`lishini yoki bunday reaktsiyani qanday stimul tug`dirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi “S - R” dir. Freydizm yo`nalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga ko`ra hayvonga o`xshaydi. Odamni xulq - atvori va harakatlari ikkita tamoyilga “Roxatlanish” va “Reallik” tamoyiliga bo`ysundirilgan bo`ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi. Freyd o`zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta`limotga aylantirib, g`arb mamlakatlarida katta e`tibor qozondi. 1923 yilda Psixonevrologlarning I -s`ezdida K.N.Kornilov psixologiyani qayta qurish vazifasini ilgari surdi. Psixologiya fanini yuzaga kelishida juda katta rol’ o`ynagan ilmiy kadrlar etishib chiqdi. Masalan, B. Anan’ev, P. Blonskiy, L.S.Rubinshteyn shuningdek, keyinchalik O`zbekistonda ham yirik olimlar etishib chiqdi, masalan: M.G.Davletshin, M.Voxidov, e.G`oziev, V.V.Tokareva, R.T.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G`.B. SHoumarov, R.Sunnatova kabilar. YUqoridagi nomlari tilga olingan olimlar o`zlarining g`oyalari, milliy mafkuralari bilan yoshlarda tafakkur sifatlari: mustaqillik, tanqidiylik kabilarni shakllantirishga e`tibor bermoqdalar. O`z ilmiy fikrlarini yoshlar, talabalar ongiga singdirmoqdalar. Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo`lgan talab, ehtiyoj juda kuchayib ketdi. YOshlarni ma`naviyatini boyitish uchun ularni dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman ongini o`stirish zarur. Buning uchun biz olimlar eksperimental ishlarni kuchaytirishimiz, ta`lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida qayta qurishimiz zarur. Hozirda respublikamizdagi universitetlarda psixologiya bo`limlari, kafedra, laboratoriyalar ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi. Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari quyidagicha: 1. Determinizm tamoyili; 2. Ong va faoliyat birligi tamoyili; 3. Psixikaning faoliyatda rivojlanish tamo - yili ishlab chiqildi. Determinizm tamoyiliga ko`ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o`zgarishi bilan o`zgaradi. Hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa paydo bo`lishi, shakllari, taraqqiyoti, moddiy narsalar ishlab chiqarish usullari - ijtimoiy taraqqiyotning qonunlari bilan belgilanadi. Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko`ra, ong va faoliyat bir - biriga qarama - qarshi ham, aynan bir narsa ham emas, ular bir butunlikni tashqil etadi. Ong faoliyatning
ichki rejasini, dasto`rini tashqil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq - atvori, xatti - harakatlari va faoliyatini o`rganish orqali xatti - harakatlaridan ko`zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta`minlovchi ichki psixologik mexanizmlar, ya`ni psixikani ob`ektiv qonuniyatlarini ochishlariga imkon beradi. Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko`ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to`g`ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vo`gotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlarning ishlarida aks etgan. L.S.Vo`gotskiy ta`lim psixikani rivojlanishini yo`naltiradi, P. P. Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida o`yinlar bilan, o`spirinlik yoshida o`qish bilan bog`liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn “ong faoliyatda paydo bo`lib, faoliyatda shakllanadi” degan edi.
Professor A.V.Petrovskiy psixologiyani quyidagi tasnif bo`yicha: I. Konkret faoliyat turiga; II. Rivojlanishni o`rganishga; III. Shaxsni jamiyatga munosabatiga ko`ra sohalarga bo`lgan. I. Konkret faoliyat turiga ko`ra psixologiyaning quyidagicha sohalari bor: 1. Mehnat psixologiyasi - inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning psixologik tomonlarini o`rganadi. Mehnat psixologiyasining bir necha bo`limlari bor: a) muxandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o`rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o`rganadi. b) aviatsiya psixologiyasi - uchishga o`rgatish jarayonida va uchishni boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonunlarini o`rganadi. v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko`p ortiqcha ta`sirlar yuklangan paytda yuzaga keladigan asab va ruxiy zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan alohida holatlar tug`ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o`rganadi. 2. Pedagogik psixologiya - uning predmeti o`quvchilarga ta`lim - tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o`rganish, o`quvchilar tafakkurini tarkib topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o`zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o`rganadi. Pedagogik psixologiya bo`limlari quyidagilardir: a) ta`lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) o`qituvchi psixologiyasi; g) anomal bolalar psixologiyasi. 3. Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq - atvori psixologik jihatlarini o`rganadi. U psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlapr o`rtasidagi nisbatini o`rganadigan neyropsixologiyaga, dorivor moddalarning shaxs ruxiy
faoliyatiga ta`sirini o`rganadigan psixofarmaqologiyaga, bemorni davolash uchun ruxiy ta`sir vositalarini o`rganuvchi psixoterapiyaga bo`linadi. 4. YUridik psixologiya — xuquq tizimiga amal qilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik masalalarni o`rganadi. U jinoiy jarayon ishtiroqchilarining xulq - atvorini, ruxiy xususiyatlarini tadqiq qiluvchi sud psixologiyasiga, jinoyatchining xulq -atvori shaxsini shakllanishiga doir psixologik masalalarni, jinoyatning motivlari bilan shug`ullanuvchi kriminal psixologiyaga bo`linadi. 5. Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlari sharoitidagi xulq - atvorini, boshliqlar va xodimlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni, psixologik targ`ibot metodlarini; harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o`rganadi. 6. Sport psixologiyasi sportchilar shaxsi va faoliyatini xususiyatlarini - ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart - sharoitlari, musobaqalarni tashqil etish va o`tkazish bilan bog`liq psixologik omillarni o`rganadi. 7. Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo`lib, kishilar ruxiyotiga tijorat ta`sirini, psixologik shart -sharoitni, xaridorlarga xizmat ko`rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasini tadqiq qiladi. II. Rivojlanishining psixologik tomonlarini o`rganadigan sohalari: 1. YOsh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonnining ontogenez rivojlanishni o`rganadi. YOsh psixologiyasi: bolalar psixologiyasi, o`smirlar psixologiyasi, o`spirinlik psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo`linadi. 2. Maxsus psixologiya yoki anomal taraqqiyot psixologiyasi - miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruxiy rivojlanishdan chetlanishni o`rganuvchi patopsixologiya, miyaning tug`ma kamchiliklari tufayli paydo bo`ladigan bo`linmalarni o`rganuvchi oligofrenopsixologiyasi, eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo`lgan bolalar rivojlanishini o`rganuvchi surdopsixologiyasi, ko`rish qobiliyati past yoki umuman ko`rmaydigan kishi faoliyatini o`rganuvchi tiflopsixologiya kabi tarmoqlarga bo`linadi. 3. Qiyosiy psixologiya - psixologiya hayotning filegenetik shakllarini o`rganuvchi psixologiya sohasi bo`lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o`xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi. III. Shaxs va jamiyat munosabatlarini psixologik jihatlarini o`rganuvchi sohalar. 1. Ijtimoiy psixologiya uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o`zaro ta`sir jarayonida paydo bo`ladigan psixologik hodisalarni o`rganadi. 2. Shaxs psixologiyasi - shaxsning shakllanishi individual - psixologik xususiyatlar yo`naltirilganligi kabi xususiyatlarni o`rganadi. 3. Din psixologiyasi - inson ongiga diniy qarashlarning ta`siri va masalalarini o`rganadi. Umumiy psixologiyani bu sohalar bilan bir qatorga qo`yish noto`g`ri, chunki umumiy psixologiya inson ruxiyatining umumiy qonuniyatlarini, metodologik va nazariy tamoyillari asosida o`rganish bilan shug`ullanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling