Fayzullayev sindorning


Download 1.35 Mb.
bet1/15
Sana18.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1282424
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
sindor tabiat



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH G319-GURUH TALABASI
FAYZULLAYEV SINDORNING
TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN
Tabiatda modda va energiya aylanma harakati qonuniyatlari”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI

TerDU__2022-2023
Topshirdi: ______________


Qabul qildi: ______________


REJA:
KIRISH
1. Tabiatda Energiyaning aylanishi va Geologik aylanma harakat.
2. Biologik va Biokimyoviy aylanma harakat.
3. Suvning aylanma harakati.
4. Tabiatda karbonat angidrid, kislorod va azot va boshqa gazlarning aylanma harakati.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Yer sayyorasi — turfa olamdagi insonlar hayoti uchun birdan-bir makon hisoblanadi. Hayot mavjud bo'lgan o'zga fazoviy unsur, hozircha, aniqlanganicha yo'q.Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, tirik organizmlar suv (gidrosfera), Yerning sirtqi qobig'i - tuprog'u-zamin (litosfera), havo (atmostera)da keng tarqalgan. Bularning bariga Quyosh quvvat berib turadi. Uni 5 asosiy hayotiy omil deyish mumkin.
Kishilik jamiyatining iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa ko’rsatkichlari bevosita hayotiy muhitlar hamda ularda mujassamlangan tabiiy omillarning sifat va miqdor darajalariga bogliq. Aynan shunday holatdan kelib chiqib. har birimizning muqaddas burchimiz — asosiy hayotiy muhit va tabiiy resurslar to'g'risida yetarli bilimga ega bo'lishimiz kerak. Ayniqsa, ularning shu kungi holatlari va mavjud ekologik muammolar xususida yetarli bilimga ega bo'lishimizni davr taqozo etmoqda.
Inson zoti Yer yuzida paydo bo'libdiki, tabiatga ta'sir ko'rsata boshlagan. Xusu-san, fan-texnika rivoji bilan, xilma-xil mehiiat va umsh qurollari ishlab chiqilib, ulardan amalda keng foydalanib, atrof - muhitga ko'rsatiladigan ta'sir doirasi nihoyatda kuchayganligi ko'pchilikka ayon. Buni XX asrga kelib. turli-tuman yuz bergan umumbashariy, mintaqaviy va ko'plab hududiy ekologik muammolardan anglab olish mumkin. Eng achinarlisi, asosiy hayotiy omillaming sifat-miqdor ko'rsatkichlari pasayib borayotgani. Demak, tabiat va hayotiy omillar muhofazasini ta'minlash ishlarida faol qatnashish uchun mavjud hayotiy muhitlar haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lish kerak. Quyida ana shu haqda gap boradi. Kurrai zaminimiz Quyosh atrofida ellips yo'nalishda («Orbita» deb yuritiladi) 30 km/sek tezlikda harakat qilib, 1 yil mobaynida Quyoshni to'la 1 marta aylanib chiqadi. 1 yilda Yer Quyoshga nisbatan 4 xil holat va oraliq masofada bo'lishi sababli, 4 xil fasl va ularga xos iqlim. ob-havo sharoit kuzatiladi. Har yili bu uzluksiz ravishda takrorlanib turaveradi.
Sayyoramiz o'zining shimoliy va janubiy qutblari tomon, biroz siqilgan shar shaklida, radiusi 6,3 ming km, massasi 6211, o'rtacha zichligi 5.5 g/sm3-:ga teng. Yerning tola sathi 510 mln kmbo'lib, shundan 150 mln km:ga yaqini quruqlik, qolgan 360 mln km2 ni dengiz va okeanlar («Dunyo okeani») tashkil qiladi.
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, Yer sayyorasining «yoshi» 3.5-4 mlrd yilga teng. Albatta, bu o'ta qiziq, alohida bir mavzu. Biz faqat qisqacha quyidagilarni ta'kidlab o'tamiz. Olamdagi barcha samoviy unsurlar kabi Yer sayyorasi ham dastlab o'ta qizigan (cho'g' holda) chang-to'zon aralashmasidan iborat bo'lgan.
Hozirgacha o'tgan uzoq geologik davrlar mobaynida, evolyutsion (tadrijiy) rivojlanish bilan amalga oshgan o'ta murakkab biogeokimyoviy, fizikaviy va boshqa har xil jarayonlar tufayli, kurrai zamin hozirgi ko'rinishga ega bo'lgan. O'tgan milliardlab yillar davomida Yerning yuza sathi, uning rang-barang manzarasi va tabiiy manbalarning tarkib-tuzilmasi juda ko'p martalab o'zgarib turgan, albatta.
Ilmiy manbalarda ko'rsatib o'tilishicha, Yer yuzasining ba'zi hududlari man­zarasi oldin boshqacha ko'rinishda bo'lgan. Masalan, janubiy qutb-Antarktida dastavval butkul yashil o'simliklar bilan qoplarigan ekan. Uning hozirgi muzlik
holati esa, taxminan, bundan 100 ming yil avval bo'lib o'tgan «Muzlash davri» hosilasi, degan ilmiy g'oya mavjudligini ko'rsatib o'tish mumkin. Xuddi shu-ningdek, Markaziy Osiyo mintaqasi hududlari (landshafti) ham ilgari o'zgacha bo'lgan. Jumladan, 30-40 ming yil avval Orol dengizi o'rni quruq Yer («Turon past tekisligi») bo'lib, hech bir yirik suv manbai bo'lmagan. Bu kabi misollarni ko'plab keltirish mumkin. Demak, uzoq geologik davrlar mobaynida Yerimiz evolyutsion tarzda. har xil jarayonlarda shakllanganligi, aniq. Bu kurs ishida taabiatda modda va energiyaning aylanma harakati haqida so`z yuritamiz.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling