Gʻazallar

Download 399.55 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi399.55 Kb.
#1588392
  1   2   3   4   5   6   7   8

GʻAZALLAR

GʻAZALLAR

«Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim…»

Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ordim,

Ko‘rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrayi zardim.

Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,

Ayoqingg‘a tushub, bargi xazondek muncha yolbordim.

Latofat gulshanida gul kibi sen sabz-u xurram qol,

Men archi dahr bog‘idin xazon yaprog‘idek bordim.

Xazondek qon yoshim, sorig‘ yuzumdin el tanaffurda,

Bahar rangi, bihamdillah, ulusdin o‘zni qutqordim.

Ne tole’dur mangakim, axtari baxtim topilmaydi,

Falak avroqini har nechakim daftardek axtardim.

Ulusning ta’n-u ta’rifi manga, Bobur, barobardur,

Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim.

«Xazon yaprog‘i yanglig‘» g‘azali Bobur she’riyatining eng yaxshi namunalaridan biridir. Undagi badiiyat nihoyat-da go‘zal va ta’sirchan shaklda namoyon bo‘lgan. She’rda tanosub san’ati ning juda go‘zal va yorqin namunasi mujassamlashgan.Dastlabki baytda kuz manzarasining o‘ziga xos belgilari aks etgan. Xazon yaprog‘i kuzning o‘ziga xos timsolidir. Bu bejiz emas. Gap ayriliq ustida bormoqda. Mumtoz she’riyatimizda shodlik, visol ko‘pincha bahor bilan bog‘liq holda tasvirlanadi. Shunga ko‘ra, Boburning ayriliq onlarini kuzga bog‘lab berishi tasodifiy emas. Xuddi shuning uchun ham oshiq «sarg‘ardim» deydi. Uning sarg‘ayishi xazon yaprog‘iga o‘xshaydi. Kuz manzarasida alohida urg‘u bilan ko‘rinadigan boshqa bir manzara ham bor. Bu yor bilan bog‘liq manzaralar. Yorning ko‘rinishida kuzga yaqinlik mutlaqo mavjud emas. U – gul yuz. Yorning mana shunday holatoni yana bir marta alohida ta’kidlanadi. Unga murojaat (ey lolarux) shu holatni yuzaga chiqaradi.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling