Koordinatsion son− Kristallda yoki alohida molekulada ayni zarrachaga zich yaqinlashib kelgan qo’shni zarrachalar soni koordinatsion son deyiladi. M-n, NaCl ning koordinatsion soni 6 ga teng.
Moddalarning struktura formulasi markaz atomning tabiatiga uzviy bog’liq bo’ladi. Moddaning struktura formulasi molekulaning fazoviy joylashishiga ko’ra chiziqsimon, burchaksimon, piramida, tetraedr, geksaedr, oktaedr va h.k. ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Chiziqsimon tuzilish− bunda birikmalarda ko’pincha bog’lar orasidagi burchak qiymati 180º ni tashkil etadi. Chiziqsimon bo’lishi uchun markaziy atomning ortiqcha elektronlari qolmasligi shart.
CO2 O=C=O O::C::O
BeCl2 Cl−Be−Cl Cl:Be:Cl
CaBr2 Br−Ca−Br Br:Ca:Br
Do'stlaringiz bilan baham: |