Glossariy abuliya


Download 25.32 Kb.
bet1/13
Sana27.12.2022
Hajmi25.32 Kb.
#1067813
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sxyAW3NX8JcNTnHtXZ12irhsOZgVpAUjNEB1GrKA


GLOSSARIY
ABULIYA - eng oddiy, osongina masalalar bo‘yicha ham ma’lum qarorga kelish qobiliyati yo‘qligida namoyon boladigan o‘ta irodasizlik.
AVTORITARIZM - buyruq asosidagi talablarga o‘ylamasdan ko‘r-ko‘rona bo‘ysunish. Uni avtoritet so‘zi bilan adashtirmaslik kerak.
ADAPTATSIYA - sezgi organlarining ularga ta’sir etuvchi rag‘batlarga yaxshi idrok etish va retseptorlarni ortiqcha yukiamadan saqlash maqsadida moslashishi. ADEKVATLIK - teng, o'xshash, muvofiq. Masalan, javoblarning adekvatligi va h.k.
AKMEOLOGIYA - tibbiyot, ijtimoiy va tabiiy fanlarning tutashuvidamaydonga kelib, fenomenologiyani, inson taraqqiyotining qonuniyat va mexanizmlarini, insonning kamolotga erishish pog‘onasida uning bu taraqqiyoti ancha yuqori darajaga erishuvini o‘rganadigan fan.
AKSELERATSIYA - bolalar va o‘smirlarda oldingi avlodga nisbatan bo‘y nisbati va jinsiy taraqqiyotining tezlashishi, jadallashishi.
ALTRUIZM - shaxs qabul qilgan qadriyatlar yo‘nalishi bo‘lib, bunda uning ma’naviy bahosi mezoni va asosiy mohiyati asosida o‘zga odamning yoki ijtimoiy guruhning manfaatlari yotadi.
AMBIVALENTLIK - bir vaqtda qarama-qarshi hissiyotlaming namoyon bodishi ( masalan, kulgu va qayg‘u).
AMBITSIYA - manmanlik, o‘ta o‘zini sevish, o‘z-o‘zi bilan faxrlanish, o‘z-o‘ziga bino qo‘yish.
ANALITIK PSIXOLOGIYA - psixologiyadagi oqim (1913-yili K.G. Yung asos solgan). Unda jamoaviy ongsizlik haqidagi g‘oya ilgari suriladi. ANTITSIPATSIYA - odamning hodisalar rivoji, hatti-harakat natijalarini oldindan ko‘ra olish qobiliyati.
ANTROPOGENEZ - odamning kelib chiqish jarayoni.
AN’ANA - avloddan-avlodga o‘tib boradigan va muayyan jamiyat, ijtimoiy guruhlar ichida uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy va madaniy meros elementlari. APATIYA - kishining tevarak-atrofdagi olamga nisbatan befarq holati. Apatiya ogdr kechinmalar yoki kasalliklar natijasida kelib chiqadi.

Download 25.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling