Glossariy avtoritar texnologiya


Download 47.33 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi47.33 Kb.
#1383192
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XpCCJnKXwQ0VkbZMp2Y8WnKxYdVVpRB6Zbk9FlIw


GLOSSARIY
Avtoritar texnologiya - pedagog yagona sub’yekt sifatida namoyon bо’ladi, ta’lim oluvchilar esa faqatgina “ob’yekt” vazifasini bajaradi.
Adaptatsiya – ta’lim jarayonini ta’lim oluvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy sharoiti, psixologik va fiziologik xususiyatlariga moslashtirish.
Baholash – о’rganilgan materialni konkret maqsad uchun baholash kо’nikmasini anglatadi.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar kо’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Bilimlar bazasi – muayyan bir soha (yо’nalish, fan, bob, bо’lim, mavzu, tushuncha va shu kabilar) bо’yicha tо’plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida mujassamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mо’ljallangan bilimlar majmui.
Bilimlar banki – bu ma’lumotlar majmualarini bо’lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi о’quv rejasidagi fanlar bloklari bо’yicha tizimlarga ajratib, ular asosida shakllantirilgan bilimlar majmui.
Bilish – о’rganilgan materialni konkret faktordan boshlab butun bir nazariyagacha esda saqlash va qayta tiklashni anglatadi.
Bilish qobiliyati – pedagogning ta’lim jarayonining ishtirokchilari – ta’lim oluvchilar, ota-onalar, hamkasblar va ta’lim muassasasining rahbarlari bilan oson muloqotga kirishish, ular bilan munosabatni tо’g‘ri yо’lga qо’yishga yordam beradigan individual psixologik xususiyat
Dastur–о’quv predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan о’zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini о’zida mujassamlashtiruvchi meyoriy hujjatdir.
Diqqatni taqsimlash qobiliyati- bir necha obyektlarga bir davrning о’zida о’z munosabatini bildirish.
Jest (gavda, qо’l va oyoq harakatlari) – muayyan hodisa yoki ob’yektga nisbatan munosabatning gavda, qо’l va oyoq harakatlari yordamida ifodalanishi
Ijodiy izlanish – pedagog boshchiligida qо’yilgan muammolar, masalalarni yechishning yо’llarini faol izlashni tashkil etish usuli, fikrlash jarayoni produktiv (unumli) xarakterga ega bо’ladi.
Ilmiy bilim- ta’lim – tarbiyani takomillashtirish muammolari yechimlarini topishda qо’l keladi va u tizimli, asosli narsa – hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bо’ladi.

Download 47.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling