Grpup: xt-2 818. Variant Student: Abdusamiyev Abdulmalik Ibora, maqol, matal va evfemizmlarning uslubiy vazifalarih haqida ma'lumot bering


Download 35 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi35 Kb.
#1637903
Bog'liq
AbdusamiyevAbdulmalikXT-2 1818 1 varyant



Grpup: XT-2_1818. Variant 1
Student: Abdusamiyev Abdulmalik

1. Ibora, maqol, matal va evfemizmlarning uslubiy vazifalarih haqida ma'lumot bering.
Nutqda ibora, maqol, matal va evfemizmlar ta’sirchanlik, obrazlilik va so’zlovchining munosabatini kuchaytirib ifodalash vazifasini bajaradi.
Iboralarning uslubiy imkoniyatlari nihoyatda katta. Xuddi so’zlar kabi iboralar ham uslubiy qo’llanilishi jihatdan neytral yoki uslublardan biriga tegishli bo’lishi kerak. Bugungi kunda nutqimizda so’zlashuv va badiiy uslubda iboralardan ko’proq foydalanishga e’tibor qaratilgan, chunki xalqqa tegishli bo’lgan iboralarning qo’llanilishi mana shu uslubda qo’llaniladi. Iboralardan o’z o’rnida foydalanish nutning ifodaliligini, obrazliligini oshiradi.
So’zlashuv uslubida takror va aytariqlarning oldini olish , fikrning ta’sirchanligini oshirish maqsadida so’z o’rnida quyidagi iboralardan unumli foydalaniladi: ko’z bo’yamoq, juftakni rostlamoq, qulog’iga lag’mon osmoq, boshimdan ordona qolsin, damingni chiqarma, uchib borib, uchib kel va boshqalar.
Badiiy uslubda ham iboralarning qo’llanilishi o’ziga xos bo’lib, ular badiiy asar ta’sirchanligini , asar qahramonining nutqining ifodaliligini oshirishga yordam beradi. Bunday iboralarga quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: shaytonga dars bermoq, barq urmoq, oyni etak bilan yopib bo’lmas kabilar.
Tilshunoslikda maqol va matallarni ma’no tomonidan chegaralash maqsadga muvofiqdir.
Nutqda axborot berish vositasi maqol bo’lsa , shu axborotni jonli timsollarda yetkazish, uni dalillash, isbotlash vositasi sifatida matal qo’llaniladi. Maqol va matallarning uslubiy vazifasi nutqimizning ekspressiv (ya’ni ta’sir etuvchi, his-hayajon uyg’otuvchi) vosilar orasida eng ta’sirchan, eng esda qoluvchi, kishini fikrlashga undovchi vositalar ekanligidir.
Maqol : “ Maddohning va’ziga ishonma, G’olibning – so’ziga”.
Tilshunos N.Ismatullayev o‘z nomzodlik dissertatsiyasida evfemizmlarning oltita funksiyada qo‘llanilishini ko‘rsatib otgan:
● Qo‘rqitadigan obyektlarning nomini o‘rnida;
●Yoqimsiz va g’ashga teguvchi so‘zlar nomi o‘rnida;
●Beodob sanaladigan so‘zlar o‘rnida;
●Vohimaga soluvchi dangal so‘zlarni o‘rnida;
●Bildirilayotgan tushunchani niqoblash o‘rnida;
●Tashkilot va mutaxassisliklarni bildiruvchi e’tiborga molik bo‘lmagan ma’nolarini beruvchi so‘zlar o‘rnida. Berilgan tasnif mayda qismlari bilan farq qilsa ham, ularning hammasi evfemizmning umumiy sababini ochadi - muomala mobaynida vujudga keladigan mojarolardan qochishga intiladi.
2. Berilgan matndagi xatolarni aniqlab, to`g`ri variantini yozing.
So‘zlashda bir necha qoida bo‘lib, ularni har biriga rioya qilmoq lozim. Birinchisi shuki, besabab va bemavridlik kaliti bilan takallum qulfini ochmaslik lozimki, so‘z gavhari to‘g‘ri va aniq bo‘lsa-da, bevaqt va bemahal aytilsa, idrok bozorini gavharshunoslari va qoida biluvchilari nazarida e'tibordan chetda qoladi va hech kim uni eshitishga rag‘bat qilmaydi.

So‘zlashda bir necha qoida bo‘lib, ularning har biriga rioya qilmoq lozim. Birinchisi shuki, besabab va bemavridlik kaliti bilan takallum qulfini ochmaslik lozimki, so‘z gavhari to‘g‘ri va aniq bo‘lsa-da, bevaqt va bemahal aytilsa, idrok bozorining gavharshunoslari va qoida biluvchilarining nazarida e'tibordan chetda qoladi va hech kim uni eshitishga rag‘bat qilmaydi.


Qaratqich kelishigi o'rnida tushum kelishi qo'llanilgan.
3. Quyida berilgan gaplarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni izohlang.
1. Bizning Farg‘ona tomonlarda kompostni o‘rik, shaftoli qoqi va olchaning qurug‘idan tayyorlashadi. Xullas, kompost ichmabsiz, dunyoga kelmabsiz...
2. Brigadaga besh nafar yigitlar birlashgan.

1. Bizning Farg‘ona tomonlarda kompotni (quruq yoki ho'l mevadan qaynatib tayyorlanadigan shirin ichimlik) o‘rik, shaftoli qoqi va olchaning qurug‘idan tayyorlashadi. Xullas, kompot ichmabsiz, dunyoga kelmabsiz...


2. Brigadaga besh nafar yigit birlashgan.(Hisob so'z ya'ni nafar so'zi ishlatilganda ko'plik qo'shimchasi qo'llanilmaydi)

4. Tushuntirish xati namunasi

O'zbekiston Jahon tillari universiteti


Xorijiy til va adabiyoti fakulteti dekani
Matraximov To'laboy Abdukarimovichga
Xorijiy til va adabiyoti fakulteti 18-18 guruh
talabasi Abdusamiyev Abdulmalikdan
Tushuntirish xati
Qashqadaryo viloyatida bir necha kun samolyotlar uchishi uchun qulay ob-havo bo'lmagani tufayli 2022-yil 12-14 fevral kunlariga belgilangan mashg'ulotlarga yetib kela olmadim.

2022.15.02 (Imzo) Abdusamiyev Abdulmalik



5. Quyidagi she'riy parchada qo‘llangan tasviriy vositalarni aniqlang.
Siyohdon, omon bo‘l, ishchan hamdamim,
Ishonki, so‘qqabosh bo‘lmagaysan hech!
Seni ko‘p bezovta qildi qalamim,
Sen ham uxlatmagin meni erta-kech! (M.Shayxzoda)
ishchan hamdamim (sifatlash)
Siyohdon (jonlantirish)
Apostrofa - Stilistik figuralardan biri bo’lib, unda poetik jonsiz narsa va hodisaga jonli narsa va hodisadek yoki o’zi yo’q shaxsga xuddi ishtirok etayotgandek murojaat qilinadi.


Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling