Reja: Olmosh haqida tushuncha Olmoshlarning ma’no tulari
Download 19.01 Kb.
|
OLMOSHNING TUZULISHIGA KO\'RA TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmoshlarni tahlil qilish tartibi Olmosh haqida tushuncha
- shuncha
- Olmoshlarning ma’no tulari
Sana “__” _______ 20__-yil. Sinflar:_____. To’garak rahbari: MAVZU: OLMOSHLARNING TUZULISHIGA KO’RA TURLARI Reja: Olmosh haqida tushuncha Olmoshlarning ma’no tulari Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari Olmoshlarni tahlil qilish tartibi Olmosh haqida tushuncha So’z, so’z birikmasi va gap o’rnida almashib qo’llanuvchi va ularga ishora qiluvchi yoki so’roq bildiruvchi so’zlar olmoshlar deyiladi. Kitobni seving, u sizni tog’ri yo‘lga boshlaydi; bu gapda ko’rsatish olmoshi so’z o’rnida almashib qo’llangan. O’tgan yili ikki marta sovrin oldim bu yil ham shuncha olmoqchiman; bu gap tarkibida ko’rsatish olmoshi shuncha so’z birikmasi o’rnida almashib qo’llangan. Mening istagim shuki, hamma orzusiga erishsin; bu gapda shuki — ko’rsatish olmoshi gap o’rnida qo’llanib kelgan. Olmoshlaraniq atash ma'nosini bildirmaydi, ularga ishora qiladi va o’ziga xos so’z va shakl yasalish xususiyatga ega emas. Olmoshlar fe'ldan boshqa so’zlar o’rnida almashib qo’llanadi. ot o’rnida Men,biz, sen, siz, ular, kim, nima, har kim, hech kim, hech nima. sifat o’rnida bu, shu, и, о 'sha, mana, mana shu, mana bu, qanday, qaysi, hech qanday, hech qaysi son o’rnida - necha, nechanchi, har qancha, hech qanctia, allaqancha ravish o’rnida: qalay, nega, qayer, qani, hech qayer, hech qachon Olmoshlarning ma’no tulari Olmoshlar ma'nosiga ko’ra yetti turga bo’linadi: kishilik olmoshlari, ko’rsatish olmoshlari, o’zlik olmoshlari, so’roq olmoshlari, belgilash olmoshlari, bo'lishsizlik olmoshlari, gumon olmoshlari. Kishilik olmoshlari. Nutqdagi uch shaxs yoki predmetni ko’rsatib, birlik va ko’plikda qo’llanadi: men, sen, u; biz, siz, ular. Ko’plikni ko’rsatuvchi biz, siz, ular olmoshlari qo’llanishiga ko’ra ba'zan birlik hamda kamtarlik, hurmat, kibrlanish, faxrlanish kabi modal ma'nolarni ifodalaydi. Biz, siz olmoshlariga ba'zan ko’plikni ta'kidlash maqsadida —lar qo’shimchasi qo’shiJadi. Kishilik olmoshlari hech qachon egalik qo’shimchalarini qabul qilmaydi. Men, sen olmoshlariga qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchalari qo’shilganda bitta n tushib qoladi: men+ni—meni, men+ning—mening. U olmoshi jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalarini olganda bitta n orttiriladi: u+ga-unga, u+da—unda, u+dan—undan. Download 19.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling