Hududiy boshqarmasi


Download 0.63 Mb.
bet1/25
Sana14.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1773437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
06 Maruza matn bank kassa ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH
HUDUDIY BOSHQARMASI


YANGIYO’L TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABI


BANKLARDA KASSA ISHINI TASHKIL ETISH VA NAZORAT QILISH
FANIDAN
MARUZA MATN

Kirish
Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga uchramaslikning oldini olish muhim ahamiyatga egadir. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda banklarda bozor talablariga mos keluvchi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarning talab va takliflarini hisobga olish, ularga xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini joriy etish, yangi kredit vositalarini qo‘llash, turli kredit institutlarini tashkil etish bilan bog‘liq islohotlarni yanada jadaddashtirish zarurligini yuzaga keltirmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yuqori va barqaror sur’atlarda o‘sishini va raqobatbardoshligini ta’minlash mamlakat bank tizimining va uning muhim tarkibiy q ismi bo‘lgan tijorat banklari faoliyatining barqarorligini ta’minlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu esa “Bank ishi” fanini o‘rganishga nisbatan yangi talablarni qo‘yadi.
Ushbu majmuada tijorat banklari faoliyatining barcha soha va yo‘nalishlari, xususan, banklarning aktiv va passivlari, likvidliligi, to‘lovga qobilligi va moliyaviy barqarorligi, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish masalalari o‘z aksini topgan.
“Banklarda kassa ishini tashkil etish va nazorat qilish” fanining maqsadi bo‘lib, talabalarda tijorat banklari tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, banklarning likvidliligi, to‘lovga qobilligi, moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Bu fanning maqsadi va vazifasi talabalarni bank tizimida mustaqil faoliyat yuritishga tayyorlash va hozirgi sharoitda mustaqil qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini vujudga keltirishdan iboratdir.
“Banklarda kassa ishini tashkil etish va nazorat qilish” fani bank tizimi uchun iqtisodchi bankirlarni tayyorlashda etakchi maxsus ixtisoslik fani hisoblanadi. Unda bank ishining aniq masalalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditni rivojlantirish qonuniyatlari, kreditning asosiy tamoyillari asosida xo‘jalik sub’ektlarini kreditlash, kredit ressurslari va kreditlarni boshqarish asoslari, mijozning kreditga layoqatliligi, likvidliligi, tijorat banklarining likvidligi, foydasi, valyuta va boshqa operatsiyalarini, banklarning foiz siyosati va risklari kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
“Banklarda kassa ishini tashkil etish va nazorat qilish” fani Kasb hunar maktabida o‘rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. “Banklarda kassa ishini tashkil etish va nazorat qilish” fanini chuqur va mukammal egallab olish uchun talabalar quyidagi fanlar bo‘yicha bilimlar olishlari zarurdir: “Pul, kredit va banklar”, “Bank ishi orqali muvofiqlashtirish”, “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari”, “Bank auditi”, “Banklarda buxgalteriya hisobi va tashkil etish va moliyalashtirish”, “Bank menejmenti va marketingi” va boshqalar.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayogan tijorat banklarining bajarayotgan operatsiyalari va ko‘rsatayotgan xizmat turlari hamda ajratayotgan kreditlari iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatiga ega. O‘z navbatida, iqtisodiyotda tarmoqlarini
rivojlantirishda bank tizimi asosiy bo‘g‘indir. SHunga ko‘ra, bank ishi faoliyatida ish yuritadigan mutaxassislarga alohida talablar qo‘yiladi. Bank ishi fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, iqtisodiyot bo‘g‘imining ajralmas qismi hisoblangan bank timiziga kadrlar etkazib berishda muhim rol o‘ynaydi.
Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar va virtual stendlardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Talabalarning “Banklarda kassa ishini tashkil etish va nazorat qilish” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish muhim ahamiyatga egadir. SHuningdek, fanni o‘zlashtirish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalangan holda ba’zi tijorat banklar faoliyatida qo‘llaniladigan mijozlarni kreditlash va loyihalarni moliyalashtirish, xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida hisob-kitoblarni olib borish bilan bog‘liq kompyuter dasturlari bilan tanishadilar. Fanning ba’zi mavzularini yoritishda audio va video texnikadan foydalaniladi.

1 Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi banklarida kassa ishlarining tashkil etilishi.


Reja:


1.Tijorat banklarida mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish.
2.Kassaning chiqim operatsiyalari, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi.

Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deb, bank kassalaridan naqd pulning berilishi bilan bog‘liq operatsiyalar tushuniladi. Korxona va tashkilotlarning o‘z ishchi xodimlari uchun ish xaqi, pensiya, stipendiya, mukofotlar, komandirovka xarajatlari uchun naqd pul olishi mumkin.


Yilning xar choragi uchun korxona va tashkilotlar kassa rejasini tuzib bankka topshiradilar. Kassa rejasida naqd pulning tushumi bo‘yicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati bo‘yicha alohida moddalar ko‘rsatilgan. SHu bilan birga ish xaqi olish bo‘yicha ish xaqi olish kunlari belgilanadi. Korxona va tashkilotlar bir oyda bir yoki ikki marta ish xaqi oladilar.
Bank kassasidan naqd pul berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga belgilangan shakldagi pul cheklari bo‘yicha;
b) bankdan kredit olgan jismoniy shaxslarga, qarz oluvchilarga, omonatchilarga, pensionerlarga chiqim kassa orderlari bo‘yicha beriladi. Banklarning boshqaruv apparati ehtiyojlari va boshqa sarf-xarajatlar uchun beriladigan pullarni chiqim qilish ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi.
Pensiyani belgilagan organning topshiriqnomasiga asosan pensiya va nafaqalarni berish amalga oshiriladigan hollarda chiqim kassa orderi yozib beriladi va u topshiriqnoma bilan birga kunlik kassa hujjatlariga tikiladi. Bankning pul saqlash ombori ochilganidan so‘ng, kassa mudiri, filial boshqaruvchisi va bosh buxgalter ishtirokida aylanma kassadagi naqd pul qoldiqlari qayta sanaladi. Naqd pul qoldig‘i 120-shakldagi kitobning ma’lumotlariga mos kelishiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng, kassa mudiri kassirlarga chiqim operatsiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan pul summasini, hisob berish sharti bilan o‘zining 155-shakldagi kitobiga imzo qo‘ydirgan holda beradi. To‘liq va to‘liq bo‘lmagan pul bog‘lamlari nakladkalardagi ma’lumotlarga qarab tekshiriladi, to‘liq bo‘lmagan dastalardan iborat bog‘lamlar esa birma-bir qayta sanalib (qayta sanash kassa mudiri tomonidan tayinlangan kassa xodimlaridan birining kuzatuvi ostida amalga oshirilishi mumkin) qabul qilinadi.
Tangalar - yorliqlar va paketlardagi yozuvlariga qarab qabul qilinadi.
Kassir kassa mudiridan hisob berish sharti bilan olingan barcha summalarni, to‘langan hujjatlarning soni va summasini hamda kassa mudiriga imzo qo‘ydirib, qayta topshirishi kerak bo‘lgan hisobdorligidagi summalar qoldig‘ini o‘zining 155-shakldagi kitobida qayd etishi lozim.
Kassa mudiri kassirlarga hisob berish sharti bilan zarur bo‘lgan pul summasini berganidan so‘ng, kassada qolgan naqd pulni yana hisoblab, uni ish kuni boshidagi kassa qoldig‘i summasiga taqqoslab ko‘rishi shart. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt vakili naqd pul olish uchun bank buxgalteriyasi (front ofisi)ning ushbu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi xodimiga pul cheklari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Ular ushbu hujjatlarni tekshirib bo‘lgach, mijozlarga kassaga taqdim etishlari uchun pul chekining nazorat markasini yoki chiqim orderining yirtma talonini beradilar. CHiqim hujjatlari alohida hollarda buxgalteriya (front ofis) xodimlari tomonidan ma’lumotlarni kiritish varag‘i (kassa jurnali)ga imzo qo‘ydirilgan holda kassaga topshiriladi. CHiqim hujjatlarini pul olayotgan shaxs tomonidan kassaga topshirilishi qat’iyan taqiqlanadi.
Bankning bosh buxgalteri ixtiyoriga ko‘ra, kassa jurnalining ikki nusxada yuritilishiga, kassa jurnalining birinchi nusxasiga kassir imzo qo‘ygach, chiqim hujjatlarining kassaga topshirilishiga ruxsat etiladi.
Kassir chiqim hujjati (pul cheki, kassa orderi va boshqalar)ni olganidan so‘ng quyidagilarni bajarishi shart:
a) pul oluvchini chiqim hujjatining raqami bo‘yicha chaqirishi;
b) kassaga taqdim etiluvchi nazorat markasi yoki yirtma talonning raqamini chiqim hujjatidagi raqam bilan taqqoslashi va nazorat markasini yoki yirtma talonni tegishli chek yoki orderga yopishtirib qo‘yishi;
v) bankning pul berishni hal etish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarining imzolari borligini va ushbu imzolar mavjud namunalar bilan bir xilligini tekshirishi;
g) hujjatda raqam va so‘z bilan yozilgan summalar o‘zaro mos kelishini tekshirishi;
d) hujjatda pul oluvchining shaxsiy imzosi borligini va bank mas’ul xodimlarining imzosi qo‘yilganlgini tekshirishi;
e) pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki guvohnomasi (guvohnoma faqat Mudofaa vazirligi, Ichki Ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘z xizmatchilariga berilgan bo‘lsa) borligini tekshirishi;
j) mijozning shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki guvohnomasidagi ma’lumotlarni chekdagi ma’lumotlar bilan solishtirishi;
z) hujjatda ko‘rsatilgan pul summasini tayyorlaydi, pul oluvchidan u qancha pul olayotganligini so‘raydi, tayyorlangan pul summasini yana bir bor chiqim hujjatlari bilan taqqoslab, uni pul oluvchiga berganidan so‘ng, chiqim hujjatlariga imzo qo‘yishi lozim.
Kassirning stoli ustida berishga tayyorlab qo‘yilgan puldan tashqari boshqa hech qanday pul bo‘lmasligi kerak.
Kassir pullarni birma-bir qayta sanamagan holda, nakladka va banderollarda ko‘rsatilgan summalariga qarab o‘rami buzilmagan to‘liq bog‘lamlar va dastalar bo‘yicha berishi shart.
Bunda bog‘lamdagi plombalar (kassirlarning shaxsiy raqamlari bo‘lgan kafolat choklari) pul oluvchining ishtirokida qirqiladi. To‘liq bo‘lmagan dastalardagi, shuningdek o‘rami buzilgan dastalardagi pullarni kassir birma-bir qayta sanab berishi lozim.
Qop va paketlarga joylangan tangalar - paket va yoriqlardagi yozuvlariga qarab beriladi. Tanga butun qopi bilan beriladigan bo‘lsa, bank kassiri qopdagi plombani pul oluvchining ishtirokida qirqishi shart.
Kassir pullarni donalab sanab berish uchun dastani ochganidan so‘ng, undagi pullarning barchasini birma-bir qayta sanab ko‘rishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi "Davlat belgisi" Davlat ishlab chiqarish birlashmasi o‘ramlaridagi pullarning bog‘lamlari ochilib, mijozlarga alohida dastalar bilan yoki donalab sanab beriladigan hollarda bog‘lamdagi pul kassa mudirining yoki shu maqsadlar uchun ajratilgan xodimning ishtirokida oldindan va to‘liq birma-bir sanab ko‘rilishi lozim.
"Davlat Belgisi" Davlat ishlab chiqarish birlashmasi o‘ramidagi pullar mijozga berilayotgan vaqtda oxirgi uchta nominal qiymatdagi pullarning seriya va raqamlari alohida daftarda qayd etilib, mijozlarga imzo qo‘ydirilgan holda berilishi shart.
Kassirlar mijozlarga pul berayotgan vaqtda, ularning talabiga binoan, bir qiymatdagi pullarni boshqa qiymatdagi pullarga almashtirib berish taqiqlanadi. Bank kassasidan berilgan pulni olgan shaxs, kassa yonidan ketmay turib olingan umumiy summani hujjatda ko‘rsatilgan summa bilan taqqoslashi, uni bog‘lamlar va dastalar bo‘yicha tekshirishi, dasta to‘lmagan alohida pullarni esa shu pulni bergan kassirning kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanab ko‘rish orqali qabul qilib olishi lozim.
Bank mijozi qabul qilib olgan barcha pullarni maxsus ajratilgan xonada, bank kassiri yoki nazoratchi kuzatuvi ostida, birma-bir qayta sanab olishi shart. Bunday hollarda chiqim kassasi kassiri berilayotgan pul bog‘lamlaridagi plombalarni yoki kafolat choklarini kesmaydi, balki, plombalar, tugunlar, banderollar va hokazolar to‘liq saqlanishini kuzatib turadi. Pul dastasidan ortiqcha yoki kamomad chiqqan holda ikki nusxada 145-shakldagi dalolatnoma, agarda to‘lovga yaroqsiz va qalbaki pullar aniqlansa, 145a-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, uning ikkinchi nusxasi buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun buxgalteriyaga yuboriladi. Bunda barcha banderollar, plombali o‘ram materiali yoki polietilen paket va puli to‘g‘ri chiqmagan dastaning ustki nakladkasi, shuningdek tanga solingan qopning yorlig‘i plombali o‘ram bilan birga to‘liq saqlanib qoladi.
Mijoz tomonidan bir bog‘lamdagi naqd pullar qayta sanab bo‘linganidan so‘ng, bank nazoratchisi bog‘lamning plombasi (kassirlarning shaxsiy raqamlari bo‘lgan kafolat choklari)ni qirqib oladi va mijoz tomonidan dastalar bo‘yicha qayta sanalayotgan pullarni nazorat qilishni davom ettiradi. Oluvchilarning pul yoki tangalari etishmayotganligi to‘g‘risidagi arizalari, agar ular kassa yonidan ketmay pulni qayta sanab olmagan yoki qayta sanash uchun ajratilgan xonada bank nazoratchisi kuzatuvi ostida qayta sanamagan bo‘lsalar, qoniqtirilmaydi. Bu haqda chiqim kassalari oldida ko‘zga ko‘rinarli joyga e’lon yozib qo‘yilishi shart.
Pul oluvchilarning e’tirozlari qoniqtirilgan yoki qoniqtirilmaganligidan qat’i nazar, bank rahbari pul etishmayotganligi to‘g‘risidagi arizani tekshirish uchun chora ko‘rishi shart.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt vakili bank kassasiga pul topshirmay turib, bir vaqtning o‘zida pul olish uchun chek va naqd pul qo‘yish e’lonini taqdim etgan hollarda, bunday operatsiyalarni bajarish taqiqlanadi.
Bank rahbari alohida hollarda, chekda ko‘rsatilgan summa bo‘yicha qisman pul berilishiga ruxsat etganidan so‘ng, pul oluvchiga ushbu chek bo‘yicha berilayotgan amaldagi pul summasi to‘g‘risida ma’lumotnoma berilishi mumkin.
Ma’lumotnomaga rahbar va bosh buxgalter imzolari qo‘yilib, bank muhri bosiladi. Pul oluvchidan olingan pul summasi to‘g‘risida chekning orqa tomoniga tilxat yozdirib olinadi. CHekga qisman pul to‘langanligi haqidagi ma’lumotnomaning nusxasi ilova qilinib, u shu kunning kassa hujjatlariga tikib qo‘yiladi.
Bank amaliyot kuni oxirida kassir, hisobdorlik asosida qabul qilingan summani, chiqim hujjatlaridagi summaga va pul qoldig‘iga taqqoslab ko‘rganidan so‘ng, mazkur yo‘riqnomaning 35-ilovasida keltirligan 110-shakldagi hisobot ma’lumotnomasini tuzib imzolaydi va unda ko‘rsatilgan kassa aylanmalarini bank buxgalteriyasi xodimlarining kassa jurnallaridagi yozuvlari bilan taqqoslaydi. Taqqoslash kassir tomonidan chiqim kassa jurnaliga imzo qo‘yishi va buxgalteriya xodimlarining kassir ma’lumotnomasiga qo‘yilgan imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Kassaning chiqim aylanmalari 111-shakldagi kassa aylanmalari haqidagi jamlama ma’lumotnomaga umumiy summa bo‘yicha kiritiladi. Kassir belgilangan tartibda tayyorlangan pul qoldig‘ini va shu kunning chiqim kassa hujjatlarini hisobot ma’lumotnomasi bilan birga 155-shakldagi kitobga imzo qo‘ydirib, kassa mudiriga topshiradi. Kassa mudiri hisobot ma’lumotnomasini tekshirib, uni pul qoldig‘i bilan taqqoslaganidan so‘ng o‘z imzosini qo‘yadi hamda uni shu kunning kassa hujjatlariga tikib qo‘yish uchun kassirlardan biriga beradi.
Bank amaliyot kuni oxirida kassirlarda qolgan va boshqa kassirlar tomonidan o‘rab-bog‘lagan alohida dastalardagi pullar va plombalanmagan pul bog‘lamlari kassa mudiriga berilishidan avval, belgilangan tartibda birma-bir qayta sanalishi va o‘rab bog‘lanishi kerak. Boshqa kassirlar tomonidan joylangan alohida tangali paketlar donalab sanalmasdan, turli qiymatdagi tangalarning yig‘ma (nikelь tangalar alohida, bronza tangalar alohida) qopiga joylanadi.
To‘liq bog‘lanishi mumkin bo‘lmagan bog‘lam va dastalardagi pullarni kun oxirida aylanma kassa kassirlari kassa mudirining ko‘rsatmasiga binoan kassirlardan biriga, ularni birlashtirish uchun o‘zlarining 155-shakldagi kitobiga imzo qo‘ydirgan holda berishlari mumkin.

Bank xodimlariga ish xaqi to‘lash uchun olingan bo‘nak (avans) qoldig‘i, ish kuni tugaganidan so‘ng, kassir tomonidan qopga joylanib, qop og‘zi yorliq bilan birga qo‘shib tikiladi va tizimcha bilan siqib bog‘lanadi. Tizimchaning titilgan joylari va tugunlari bo‘lmasligi kerak. YOrliqda qop bog‘langan sana va unga solingan pul summasi ko‘rsatilganidan so‘ng, kassir imzo qo‘yib, unga nomi yozilgan to‘rtburchak muhrni bosadi.


Tizimcha uchlari chandib bog‘langanidan so‘ng, kassirning plombiri bilan plombalanadi. Ushbu qopni keyingi ish kuni boshlanishiga qadar saqlash uchun 155-shakldagi kitobga imzo qo‘ydirgan holda kassa mudiriga topshiradi.
Kassa mudiri tomonidan ushbu qopning butligi va uning to‘g‘ri bog‘langanligini tekshirib qabul qilish balansdan o‘tkazilmagan holda amalga oshiriladi.
Aylanma kassada mavjud bo‘lgan naqd pul, o‘z limiti doirasidan oshmagan holda mijozlarning buyurtmalariga binoan, banklar tomonidan naqd pulni berish maqsadida oldindan tayyorlab qo‘yilishi mumkin.
Bank buxgalteridan olingan naqd pul cheklari bo‘yicha keyingi ish kuni davomida beriladigan naqd pullarni oldindan tayyorlash va o‘rab-bog‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) pulni oldindan tayyorlab qo‘yish zimmasiga yuklatilgan kassir, kassa yakunlanganidan so‘ng, o‘zi qabul qilib olgan chiqim hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Agar mavjud bo‘lgan naqd pullar etmagan taqdirda, kassir etmayotgan summani kassa mudirining 155-shakldagi kitobi orqali qabul qilib olishi mumkin;
b) har bir hujjat bo‘yicha alohida tayyorlangan naqd pul (to‘liq va to‘liq bo‘lmagan bog‘lamlar, plombalari oldindan kesilgan tangali qoplar, pullarning dastalari) kassirga beriladi. U nazoratchining kuzatuvi ostida, pul summalari va bog‘lamlari to‘g‘ri tanlanganini tekshiradi hamda tashqi choklari bo‘lmagan qopga joylaydi. Qop og‘zi tikiladi va tugunlari hamda titilgan joylari bo‘lmagan tizimcha bilan siqib bog‘lanadi. YOrliqda o‘rab-bog‘langan sana va joylangan pulning umumiy summasi ko‘rsatiladi. SHundan so‘ng, kassir va nazoratchining imzolari qo‘yilib, familiyasi va ism sharifi yozilgan to‘rtburchak muhrlari bosiladi. Tizimcha uchlari chandib bog‘lanadi va kassirning plombiri bilan plombalanib, yorliqqa chiqim hujjatlari biriktirib qo‘yiladi.
Berishga tayyorlab qo‘yilgan va uncha ko‘p bo‘lmagan summalar joylangan qoplar, umumiy qopga yoki qulflanadigan aravachaga joylanishi mumkin. Kassir ularni plombalaydi, joylangan pulning umumiy summasi ko‘rsatilgan yorliqni biriktirib qo‘yadi. YOrliqqa sana, kassir va nazoratchining imzosi qo‘yilib, familiyasi va ism sharifi yozilgan to‘rtburchak muhr bosiladi. Bunday hollarda barcha chiqim hujjatlari umumiy yorliqqa biriktiriladi;
v) berish uchun tayyorlab qo‘yilgan naqd pulni kassa mudiri chiqim hujjatlari bilan birga kassirning 155-shakldagi kitobiga imzo qo‘yib qabul qilib oladi.

Pullar qoplar (aravachalar)ga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlariga qarab qabul qilinadi va bunda ularning butligi, pulning to‘g‘ri o‘rab-bog‘langanligi va plombir izlarining aniq tushganligi tekshiriladi.


Kassir keyingi ish kun ertalab kassa mudiridan 155-shakldagi kitobga imzo qo‘ygan holda, pulni aynan shu tartibda qabul qilib oladi.
Kassir naqd pulli qoplarni mijozlarga berishni ushbu yo‘riqnomaning 97-bandiga muvofiq amalga oshiradi. Berilayotgan qoplardan plombalar qirqib olinmaydi.
Mijozlar qoplarni maxsus ajratilgan xonada bank xodimining kuzatuvi ostida ochadilar, plombalarni esa, bank xodimi qirqib oladi.

Bank aylanma kassalarida amalga oshiriladigan kirim va chiqim amallarini buxgalteriya hisobini yuritish tartibi


Mijozlardan qabul qilingan naqd pullar bank aylanma kassasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinishi lozim:




Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar"


Kredit "Mijozlarning depozit hisobvarag‘i"

b) agar kreditni qaytarish uchun naqd pullar topshirilgan bo‘lsa:


Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar"


Kredit "Mijozlarning tegishli kredit hisobvarag‘i"

v) agar olingan kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lovi naqd pulda amalga oshirilgan bo‘lsa:




Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar"


Kredit 16309 - "Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar"

Bank aylanma kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, xizmat safari xarajatlarini, nafaqa va yordam puli, moddiy yordam pullari, dividendlar hamda boshqa qonunchilikda ta’qiqlanmagan naqd pul to‘lovlarini quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qilinishi lozim:


Debet "Mijozlarning depozit va kredit hisobvaraqlari"




Kredit 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar"

Aylanma kassada o‘rnatilgan limit miqdoridan ortiqcha naqd pullar summasi 10102 - "Naqd pullar zaxirasi" hisobvarag‘iga kirim qilinganda bir vaqtning o‘zida quyidagi ikkita buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
a) 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag‘idan naqd pullar chiqim qilinganda:


Debet 17301 - "Tranzit hisobvaraqlari"


Kredit 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar"

b) 10102 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag‘iga naqd pullar kirim qilinganda:


Debet 10102 - "Naqd pullar zaxirasi"


Kredit 17301 - "Tranzit hisobvaraqlari"

Banklar har kuni ish boshlashdan oldin o‘z mijozlaridan yozma ravishda tushgan kassa buyurtmanomalaridan kelib chiqib, 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag‘idagi mablag‘ etarli yoki etarli emasligini aniqlaydi.
Agar mablag‘ etarli bo‘lmasa, u holda 10102 - "Naqd pullar zaxirasi" hisobvarag‘idan aylanma kassaga mablag‘ chiqariladi va bir paytning o‘zida quyidagi ikkita buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilishi lozim:
a) 10102 - "Naqd pullar zaxirasi" hisobvarag‘idan naqd pullar chiqim qilinganda:


Debet 17301 - "Tranzit hisobvaraqlari"


Kredit 10102 - "Naqd pullar zaxirasi"

b) 10101 hisobvarag‘iga naqd pullar kirim qilinganda:


Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar"


Kredit 17301 - "Tranzit hisobvaraqlari"

Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yig‘ib kelingan pul mablag‘lari solingan inkassator qoplari banklarning kechki kassalariga belgilangan tartibda qabul qilinadi. Ushbu pul mablag‘lari solingan inkassatorlik qoplari keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshiriladi. Kechki kassa tomonidan yuk xati asosida tayyorlangan kirim ro‘yxatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga va ikkinchi nusxasi bank buxgalteriyasiga topshiriladi hamda buxgalteriya ushbu kirim ro‘yxati asosida quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshiradi:
a) inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari bo‘yicha mablag‘lar shu bank mijoziga tegishli bo‘lsa:


Debet 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar"


Kredit "Mijoz depozit hisobvarag‘i"

b) inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul va hisob-kitob cheklari bo‘yicha mablag‘lar boshqa bank yoki bankning boshqa filiali mijoziga tegishli bo‘lsa:


Debet 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar"


Kredit 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari"

Qayta sanash kassasida inkassatorlik qoplaridagi pul mablag‘lari belgilangan tartibda sanab bo‘lingandan keyin, naqd pul mablag‘lari bank aylanma kassasiga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:


Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar"


Kredit 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar"

Agar qayta sanash kassasida qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:


Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar"


Kredit 29816 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar"

Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa, u mijozning hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:


Debet 29816 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar"


Kredit "Mijoz depozit hisobvarag‘i"

Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari boshqa bank mijozining 29804-"Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari" hisobvarag‘iga shartnomada kelishilgan hollarda o‘tkazib berilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:


Debet 29816 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar"


Kredit 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari"

Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablag‘lari kamomad chiqqanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:


Debet 19935 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomadlar"


Kredit 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar"

Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bank mijoziga tegishli bo‘lsa va u mijozning hisobvarag‘idan shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:


Debet "Mijozning depozit hisobvarag‘i"


Kredit 19935 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomadlar"

Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi boshqa bank mijozining 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari" balans hisobvarag‘idan shartnomada kelishilgan shartlarga asosan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:


Debet 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari"


Kredit 19935 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomadlar"

Boshqa bank mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mablag‘lar qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvarag‘idan shu kunning o‘zida, elektron to‘lov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:


Debet 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari"


Kredit "Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i"


Kredit 22624 - "Savdo korxonalarining maqsadli mablag‘lari" tegishli hisobvarag‘iga kirim qilinadi (16103 - "Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar" hisobvarag‘i orqali)

Mablag‘ oluvchining bankiga elektron to‘lov tizimi orqali mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:


Debet 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari" (16103 - "Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar" hisobvarag‘i orqali)


Kredit "Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i"


Kredit 22624 - "Savdo korxonalarining maqsadli mablag‘lari" (hisobvaraqning tegishli shaxsiy hisobvarag‘iga kirim qilinadi)

Agar bank tomonidan 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari" hisobvarag‘idan memorial order bilan boshqa bank mijozlarining asosiy depozit hisobvarag‘iga yoki aksizli tovarlar sotuvidan pul tushumlari summasi o‘tkazilganda, har bir aksiz tovar turi bo‘yicha savdo tushumi summasini alohida memorial order orqali o‘tkazilishi shart.
Pul mablag‘lari bank aylanma kassasiga elektron to‘lov tizimi yopilgandan keyin kirim qilingan bo‘lsa, boshqa bankdagi mijozlarning hisobvarag‘iga pul mablag‘lari keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda o‘tkazib beriladi.
Qayta sanash kassasida aniqlangan boshqa banklarning hisob-kitob cheklari bo‘yicha to‘lovlarning o‘tkazilishida initsiator (to‘lov operatsiyasini boshlovchi) bank filiali tomonidan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilishi lozim:


Debet 20206 - "Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari" (16103 - "Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar" hisobvarag‘i orqali)


Kredit 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar"

Benefitsiar (to‘lov operatsiyasini yakunlovchi) bankka elektron chek kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:


Debet 20206 - "Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari"


Kredit 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" (16103 - "Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar" hisobvarag‘i orqali)

Bunda boshqa banklar hisob-kitob cheklarining asl nusxalari initsiator bankda qoldiriladi hamda kunlik hujjatlar yig‘majildiga belgilangan tartibda tikiladi va saqlanadi.
Mablag‘ to‘lovchi va oluvchiga bir bankda xizmat ko‘rsatilsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:


Debet 20206 - "Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari"


Kredit 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar"

Filiallari mavjud bo‘lmagan banklar o‘rtasida amalga oshiriladigan banklararo to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Boshqa bank mijozlariga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mablag‘lar qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, vakillik hisobvarag‘i orqali shu kunning o‘zida elektron memorial order shakllantirilib, elektron to‘lov tizimi orqali ularning hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:


Debet 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari"


Kredit "Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i"


Kredit 22624 - "Savdo korxonalarining maqsadli mablag‘lari" tegishli hisobvarag‘iga kirim qilinadi (10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i - Nostro" hisobvarag‘i orqali)

Benefitsiar bankka, ya’ni mablag‘ oluvchining bankiga elektron to‘lov tizimi orqali mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:


Debet 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari" (10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i - Nostro" hisobvarag‘i orqali)


Kredit "Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i"


Kredit 22624 - "Savdo korxonalarining maqsadli mablag‘lari" (hisobvaraqning tegishli shaxsiy hisobvarag‘iga kirim qilinadi)

Initsiator bank (to‘lov operatsiyasini boshlovchi)da hisob-kitob cheklari bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:


Debet 20206 - "Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari" (10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i - Nostro" hisobvarag‘i orqali)


Kredit 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar"

Benefitsiar (to‘lov operatsiyasini yakunlovchi) bankka elektron chek kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qilinadi:


Debet 20206 - "Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari"


Kredit 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" (10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i - Nostro" hisobvarag‘i orqali)

Tayanch so‘zlar:


1. Naqd pul
2. Kassa
3. Yo‘ldagi pullar
4. Kirim kassa operatsiyalari
5. CHiqim kassa operatsiyalari
6. Operatsion kassa
7. Kechki kassa
8. Kassa mudiri
9. Seyf
10. Banknotalar
11. Tanga
12. Pul cheki daftarchasi
13. Pul cheki
14. Pul topshirganlik to‘g‘risidagi e’lon
15. Kirim kassa orderi
16. CHiqim kassa orderi
17. Nazorat markasi
18. Imzolar namunasi
19. Kirim
20. CHiqim
21. Order
22. Kvitansiya
Takrorlash uchun savollar.

  1. Banklarda kassa operatsiyalarini olib borish uchun qanday kassalar tashkil etiladi?

  2. Kassa apparatini kim boshqaradi?

  3. Kirim va chiqim operatsiyalari bo‘yicha kassalar kanday jixozlangan bo‘lishi lozim?

  4. Kanday operatsiyalar kirim kassa operatsiyalari deyiladi?

  5. CHiqim kassa operatsiyalari deb qanday operatsiyalarnga aytiladi?

  6. Kirim kassa operatsiyalari qanday hujjatlar asosida olib boriladi?

  7. Kirim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanish sxemasini ko‘rsating.

  8. CHikim kassa operatsiyalari qanday hujjatlar asosida olib boriladi?

  9. CHiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hisob qanday tashkil etiladi?

  10. Pul chek daftarchasini rasmiylashtirish tartibini tushuntiring.





2 Mavzu: Tijorat banklarida kassa tarmog‘i va uning tarkibi.
Reja:
1.Banklarida kassa ishlarining tashkil etilishi haqida tushuncha.
2.Tijorat banklarida kassa tarmog’i va uning tarkibi.

Bank mijozlariga kassa xizmatlarini ko'rsatish, shuningdek naqd pul va boshqa qimmatbaho buyumlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun banklar naqd tugunlarni yaratadilar.


Kassa apparatlari jihozlari texnik talablarga javob berishi va xodimlarning ishlashi va mijozlarga xizmat ko'rsatish uchun normal sharoitlarni, shuningdek, qimmatbaho buyumlar, hujjatlar xavfsizligi va xodimlarning xavfsizligini ta'minlashi kerak. Kassa markazining eng mustahkam xonasi qimmatbaho buyumlar do'koni bo'lishi kerak.
Mijozlarga keng qamrovli xizmat ko'rsatish va naqd pullarni qayta ishlash uchun banklar quyidagilarni ochishlari mumkin: kiruvchi, chiquvchi, kiruvchi va chiquvchi, kechki kassalar, avanslarni tayyorlash uchun kassalar va naqd pulni qayta hisoblash uchun kassalar.
Qabul qilingan barcha naqd pullarni va boshqa qimmatbaho narsalarni joylashtirish va naqd pul bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun bankda operatsion kassa tashkil etiladi.
Bank kassasiga Belorusiya rubllarini naqd pulsiz qabul qilish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
naqd e'lon, bu e'lon, buyruq va chekdan iborat hujjatlar to'plami;
xabarnoma va kvitansiyadan iborat bo'lgan hujjatlar to'plami bo'lgan xabarnoma;
pul oluvchi tomonidan belgilangan shakl bo'yicha xabarnoma;
kvitansiyalar to'plami;
kassa buyurtmasi.
Bank kassasiga naqd xorijiy valyutani qabul qilish kelib tushgan valyuta buyurtmasi bo'yicha amalga oshiriladi.
Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinishi lozim bo'lgan qiymatlarni bank kassasida qabul qilish balansdan tashqari kirim tartibiga binoan amalga oshiriladi.
Kassir mas'ul ijrochidan kirim kassa hujjatini olganidan so'ng, kassir pul mablag'lari depozitining imzosini, mas'ul bank rahbarining imzosi borligini va shaxsini tekshiradi (qo'shimcha nazoratga olinadigan hujjatlar bo'yicha nazorat imzosiga ega bo'lgan shaxsning imzosi) u ega bo'lgan namunalar bilan, ularning miqdorida ko'rsatilgan raqamlarga va so'zlarga muvofiqligini, naqd pul va tushumlar to'plami bilan qo'shimchani e'lon qilishda, shuningdek, ushbu hujjatlar to'plamining tarkibiy qismlarida ko'rsatilgan miqdorning identifikatori. Kiruvchi kassa hujjatlarini tekshirgandan so'ng, kassir naqd pul depozitini chaqiradi va varaq-varaq hisobi bilan qabul qiladi.
Mijozdan xabarnoma olgan kassir naqd pul mablag'lari depozitining imzosi borligini va uning tarkibiy qismlarida ko'rsatilgan miqdorlarning shaxsini tekshiradi, shundan so'ng u naqd pulni varaqda qabul qiladi.
Kassada faqat uni olib kelgan kishidan naqd pul bo'lishi kerak. Kassir tomonidan ilgari qabul qilingan barcha naqd pullar shaxsiy saqlash joylarida saqlanishi kerak.
Kassir bildirishnomalar (kommunal to'lovlar) bo'yicha naqd pulni olgandan so'ng, qabul qilingan to'lovlar reestriga bank bilan to'lov oluvchi o'rtasida tuzilgan summani, to'lovchini va oluvchi rekvizitlarini, shuningdek boshqa rekvizitlarni kiritadi. Qabul qilingan to'lovlar reestri har bir oluvchi uchun alohida yuritiladi.
Ish kunining oxirida kassa kirim kassa hujjatlari asosida kassa aylanmasi va qimmatbaho buyumlar qoldig'i bo'yicha hisobot guvohnomasini tuzadi va ushbu sertifikat uchun summani haqiqiy olingan naqd pul bilan taqqoslaydi (shundan so'ng) u qabul qilingan to'lovlar registrlari bilan birga xabarnomalar yoki xabarnomalarni kassa tushumlarini rasmiylashtirish uchun) kassa orderlarini tuzish va buxgalteriya hisobvarag'ida operatsiyalarni aks ettirish uchun) uchun mas'ul ijrochiga yuboradi. Qabul qilingan to'lovlar to'g'risidagi bildirishnomalar va reestrlar to'lovni oluvchiga yuboriladi, operatsion kassa menejeriga hisobot berish uchun kassaga pul tushumlari qaytarib beriladi.
Kassir qabul qilingan naqd pulni shakllantiradi va qadoqlaydi va hisobot guvohnomasi va kirim kassa hujjatlari bilan birga operatsion kassa boshqaruvchisiga topshiradi.
Bank kassasidan Belorusiya rubllarini naqd pulsiz olish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
- belgilangan shakldagi kassa daftarlaridan cheklar;
- naqd pulga buyurtma.
Bank kassasidan naqd xorijiy valyutani chiqarish xarajatlar valyutasi buyrug'iga muvofiq amalga oshiriladi.
Debet operatsiyalarini amalga oshirish uchun kassir operatsion kassa menejeridan kassa tomonidan qabul qilingan va chiqarilgan qiymatlarni hisobga olish kitobidagi imzoga qarshi kerakli miqdordagi naqd pulni oladi.
Kassa pul o'tkazmasi, naqd pul o'tkazmasi yoki chet el valyutasini olib chiqib ketishni qabul qilib olgandan so'ng:
bank ijro etuvchi xodimi imzosining borligini va shaxsini tekshiradi (qo'shimcha tekshiruvdan o'tkaziladigan hujjatlar bo'yicha - nazorat imzosiga ega bo'lgan shaxs imzosining borligi va shaxsini) o'zida mavjud bo'lgan namunalar bilan;
schyot-fakturada ko'rsatilgan summani raqamlarda so'zlar bilan ko'rsatilgan raqamlar bilan tasdiqlaydi;
hisob-fakturadagi kassa hujjatida naqd pul olish uchun kvitansiya mavjudligini tekshiradi;
naqd pul mablag'larini oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat Belarusiya qonunchiligiga muvofiq, kassa xarajatlari to'g'risidagi hujjatda (bank xodimlaridan tashqari) ma'lumotlarning mavjudligini tekshiradi;
hisob-kitob hujjatida ko'rsatilgan naqd pul miqdorini tayyorlaydi;
naqd pul oluvchiga xarajat kassa hujjati raqamiga ko'ra qo'ng'iroq qiladi va undan olingan summani so'raydi;
hisob-kitob kassa hujjatidagi raqam bilan nazorat markasining (yulib olinadigan kupon) raqamini tekshiradi va hisob-kitob kassa hujjatiga nazorat belgisini (yulib olish kuponini) yopishtiradi;
bank xodimi huzurida naqd pulni qayta hisoblab chiqadimi, oluvchiga beradimi va kassa-faktura hujjatining imzosini oladimi-yo'qligini aniqlang.
Ish kunining oxirida kassir hisobot uchun qabul qilingan naqd pul mablag'lari miqdorini naqd pul tushumlari va balans summasi bilan taqqoslaydi, hisobot guvohnomasini tuzadi va imzolaydi.
Kassir bir kunlik naqd pul tushumlari va ko'chirma bilan birgalikda operatsion kassa menejeriga naqd pul qoldig'ini topshiradi.
Buxgalteriya hisobvaraqlarida kassa operatsiyalarini aks ettirishda 10-guruh "Naqd pul" schyotlaridan foydalaniladi.
Hisob-kitoblar faol, ya'ni schyotlarning debetida naqd pul tushumlari, kredit esa bank kassalaridan chiqarilishi aks etadi. Analitik buxgalteriya har bir operatsion kassa, har bir bank kassasi uchun kassadan tashqarida va valyuta turlari bo'yicha yuritiladi.
Belorussiya rubllari bilan naqd pulda va naqd xorijiy valyutada operatsiyalar uchun kassa hujjatlari bank hujjatlari aylanmasi jadvalida nazarda tutilgan muddatlarda, har bir kun uchun alohida papkalarda shakllantiriladi. Saqlash muddati uch yildan oshadigan kassa hujjatlari belgilangan saqlash muddatlariga muvofiq alohida papkalarga tikiladi, bu haqda kassa hujjatlari umumiy papkasining sarlavha varag'ida yozuv yoziladi.
Jildni yaratishda kassa hujjatlari va ularning qo'shimchalari bilan birga balans hisobvaraqlari bo'yicha (raqamlashning o'sish tartibida) daromad va xarajat operatsiyalari bo'yicha alohida tanlanadi. Balansdan tashqari hujjatlar balansdan tashqari hisob raqamlari bo'yicha tanlanadi: birinchi navbatda - kiruvchi, keyin esa - chiquvchi.
Hisoblashni amalga oshirgan xodim tomonidan imzolangan naqd pul va balansdan tashqari buyurtmalarni qabul qilish va iste'mol qilish uchun lentalarni alohida hisoblash, kassa hujjatlari oldidagi papkaga joylashtiriladi.
Jildni kassa hujjatlari bilan shakllantirgan xodim, uning old tomonida kassa hujjatlari bilan papkaning titul varag'ini tuzadi va imzolaydi.
Kiruvchi va chiquvchi naqd operatsiyalar ABS ST.BANK.IT-da "Kun hujjatlari" vazifasining "Xabarlarni yuborish" rejimida aks etadi. Bunday holda siz joylashtirish turini tanlashingiz kerak: "Rubl kassasidagi operatsiyalar", "Valyuta ayirboshlash shoxobchasidagi operatsiyalar".
"Pudratchi", "Amaldagi partiya", "Hujjat sanasi" qatorlarida tizim foydalanuvchisi nomi, ochilgan partiyaning raqami, taqiq pasportidan joriy sana avtomatik ravishda o'rnatiladi.
"Daromad / xarajatlar", "Hujjat raqami", "Kassir", "Belgilar", "Mijoz", "Miqdor", "To'lov maqsadi", "Hujjat turi" maydonlarida operatsiya tafsilotlarini kiritishingiz kerak. . Agar kiritilgan ma'lumotlar to'g'ri bo'lsa, dialog oynasi ma'lumotlar bazasidan kiritilganlarga mos keladigan qiymatlar bilan to'ldiriladi:
tanlangan kassa hisobvarag'ining nomi "Naqd pul hisobvarag'i" qatoriga kiritiladi;
"Balans: BYB:" qatorida 0,00 o'rniga - operatsiya vaqtida naqd pul hisobvarag'idagi qoldiq;
qatorida "Korrespondent" o'rniga "?" mijozning hisobvarag'ining nomi almashtiriladi.
"Yuborish" tugmachasini bosish orqali mablag 'to'lovchining hisobvarag'idan tushiriladi va benefitsiarning hisob raqamiga o'tkaziladi. Noto'g'ri kiritilgan ma'lumotlar bo'lsa, tizim ekranda ogohlantirishni ko'rsatadi. Muvaffaqiyatli joylashtirilgan taqdirda siz "OK" tugmachasini bosish orqali ekranda xabar olasiz - ekranda birlamchi hujjat (kiruvchi (chiquvchi) kassa buyrug'i) tasviri paydo bo'ladi.
"Jami" tugmachasini bosish orqali mijozning hisobvarag'idagi naqd hujjatlar miqdori ko'rsatilgan oyna paydo bo'ladi.
Kassa operatsiyalari bo'yicha hisobotning asosiy shakllari bu sintetik buxgalteriya shakllari (tushumlar va xarajatlar uchun jurnallar) va 0520-sonli "Kassa operatsiyalari to'g'risida hisobot".
Banklar va Belarus Respublikasi Milliy bankining naqd pul aylanmasi to'g'risida hisobotlarni tuzish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomaga muvofiq (0520-shakl) 26.06.2007 y. 192-sonli (14.10.2009 yildagi 238-sonli tahririda) hisobot oyning 1, 8, 15 va 22-kunlari tuzilgan.
Hisobotda umuman bank uchun ham, uning tarkibiy bo'linmalari, ma'muriy-hududiy birliklari (tumanlari) sharoitida ham hisobot ma'lumotlari mavjud. Shu bilan birga, daromadlar va xarajatlar bo'yicha hisobot ma'lumotlari nomlar va hisobot ma'lumotlari kodlari kontekstida aks etadi.
Bank hisobotida bankomatlar, ayirboshlash shoxobchalarida naqd pullarni qabul qilish va berish operatsiyalari to'g'risida ma'lumotlar bo'lishi kerak.
Daromadlar va xarajatlar bo'yicha bankning bir kun davomida ayirboshlash natijalari (naqd pul qoldig'i bundan mustasno) kunlik qoldiq uchun 1010, 1011, 1020, 1030, 1040, 1060 balans hisobvaraqlarining debeti va krediti bo'yicha oborotlar natijalariga to'g'ri kelishi kerak. .
Ma'ruzalar o'rnatilgan formatdagi matnli fayllar shaklida ProCarry-ga elektron pochta orqali MAKET.NBRB pochta qutisi manziliga yuborilishi kerak.
Hisobot shakllarini bankning operatsion kassasida olish uchun "Hisobotlar / kassa hisobotlari" topshirig'idan tegishli topshiriqni chaqiring. Barcha kerakli ma'lumotlarni kiritgandan so'ng, hisobot tuziladi.
Nazorat savolari
1 Kassa tarmog’I xaqida tushuncha
2 Kassa buyurtmasi nima
3 Kassa tarmog’iga nimalar kiradi.
4. Kassa tarmog’I tarkibi.
5 kassadagi kvitansiyalar
3 Mavzu: Kassaning chiqim operatsiyalari, ularning hisobi.
Reja:
1.Kirim va chiqim muommalari bo’yicha hujjatlar aylanishi.
2.Kassa limiti.
3.Kassa qoldig’ini tartibga solish.



1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega.
2. Banknot va tangalarni qalbakilashtirish va noqonuniy tarzda tayyorlash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
3. Markaziy bank yo‘q qilib yuborilgan, yo‘qotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yo‘qotgan banknotlar va tangalarning o‘rnini qoplamaydi.
4. Ushbu yo‘riqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling