I. A. Karimov ta’kidlaganidek, ―Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan


Download 18.66 Kb.
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi18.66 Kb.
#1207877
  1   2

O’zbek modeli uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi.O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, taraqqiyotning beqiyos katta imkoniyatlari ochildi. Milliy mustaqillik tufayli xalqimiz siyosiy mutelik, qaramlik asoratidan qutildi. Davlat suvereniteti natijasida jamiyatimizni isloh etish va zamonaviy siyosiy taraqqiyot jarayonlarini amalga oshirish uchun mustahkam zamin va siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda huquqiy asoslarni bosqichma-bosqich barpo qilish uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston istiqlol tufayli o‘z taraqqiyotining tamomila yangi bo‘lgan tarixiy davriga qadam qo‘ydi. Mana shu davrning eng muhim xususiyatlaridan biri shunda ediki, endilikda xalqimiz o‘zining tub manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, rivojlanish strategiyasini belgilab olish va uni mustaqil amalga oshirishdek tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan shart-sharoitlarga erishdi.
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ―Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildik. 
Bu modelning mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning besh tamoyilida ta’riflab berildi. Mamlakatimiz aholisi o‘z davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yilligini butun jahon jamoatchiligi bilan tantanali ravishda nishonlayotgan bugungi kunda, to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, bu yo‘l tajriba sinovidan o‘tdi. Tarixan qisqa, ammo zafarli natijalarga boy bo‘lgan taraqqiyotimiz, tanlangan modelning to‘g‘riligini isbotladi.
Ma’lumki, taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ning  mohiyati  asosiy  g‘oyalari  eng  dastlab  Davlatimiz  birinchi  rahbarining  ―  “O‘zbekistonning  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li”  nomli  fundamental asarida ko‘rsatib o‘tilgan edi. Keyinchalik mazkur taraqqiyot modeli haqidagi g‘oyalar Prezidentimizning boshqa asarlarida yanada rivojlantirildi va takomillashtirib kelinmoqda. Xususan, I.Karimovning ―O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, ―O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida‖ nomli asarlarida taraqqiyotning ―o‘zbek modelining  asosiy mazmunini, o‘zagini belgilab beruvchi tamoyillar yanada chuqurroq asoslab berildi.
Jumladan, I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida O‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‘zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha: bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo‘nalishlari uyg‘unlashdi yoki ularning dialektik mutanosibligi o‘z aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, – deb yozgan edi I.A.Karimov, – avval- iqtisod, keyin siyosat degan shiorni olg‘a surdik”. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan ortda qolmasligi zarur.
Ikkinchi tamoyil – bu davlatning bosh islohotchi ekanligi. Yangilanish va o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni davlat o‘z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil, o‘z navbatida jamiyat hayotida, barcha sohalarda qonunning ustuvorligi ta’minlanadi. Aynan O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham umuminsoniy va milliy tamoyillarning mujassamlashgan yorqin namunasidir.
To‘rtinchi tamoyil, bu aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60 foizidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etganligi, kam ta’minlangan oilalarni, bolalarni, nafaqaho‘rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib boriladi.
Beshinchi tamoyil – bu halqimiz an’analari, urf-odatlari hamda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok terapiyasi» asosida emas, balki evolyusion tadrijiy asosda, puhta o‘ylab bosqichma-bosqich o‘tish nazarda tutiladi.
O’zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o’tishning uchta bosqichini bosib o’tdi. Ularning 
Download 18.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling