I. Jahon chempionati


Download 217.69 Kb.
bet1/12
Sana27.12.2022
Hajmi217.69 Kb.
#1068210
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurashning 2018 yili Indoneziyada bo


Kurashning 2018 yili Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan XVIII Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgani rasman e’lon qilindi, deb xabar qildi O‘zA. Bu haqda Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasida e’lon qilindi.
Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov sovrini uchun Shahrisabzda Amir Temur, Termiz shahrida Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlab xalqaro turnirlar tashkil etildi. 1992−1998 yillarda Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, Amerika, Rossiya kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan yirik sport anjumanlarida o‘zbek kurashi keng namoyish qilindi.
Jahon hamjamiyati 1998 yil 6 sentyabr kuni o‘zbek kurashini xalqaro sport turi sifatida rasman e’tirof etdi. Osiyo, Yevropa va Amerikaning 28 davlati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ta’sis kongressida Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga asos solindi.
«Osiyo olimpiya kengashi tomonidan har to‘rt yilda tashkil etiladigan va qit’a olimpiadasi sifatida e’tirof etilgan yozgi Osiyo o‘yinlari nufuzi va ahamiyati jihatidan Olimpiya o‘yinlaridan keyingi muhim musobaqadir. Unda qit’amizning deyarli barcha mamlakatlaridan minglab sportchilar ishtirok etadi. Shu bois mazkur o‘yinlar dasturidan jahon miqyosida o‘z o‘rniga ega, barcha qit’alarda rivojlanib borayotgan sport turlari joy oladi, — dedi Kurash xalqaro assotsiatsiyasi matbuot kotibi Jamshid Namozov. — Kurashning XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritilishi bu yo‘nalishda zalvorli qadam qo‘yilganidan, uning xalqaro sport hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotganidan dalolatdir».
XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida kurash musobaqalari sakkizta vazn toifasida o‘tkaziladi. Erkaklar 66, 73, 81, 90 kilogrammgacha, 90 va undan ortiq, xotin-qizlar esa 52, 63, 78 kilogrammgacha vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashadi.
I. Jahon chempionati. 1999-yil 1-2-may kunlari, O’zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida o’tkazilgan. Musobaqa uchta vazn toifasida bo’lib o’tgan va uchala vazn toifalarida ham O’zbekistonlik polvonlar g’olib bo’lishgan.

Ushbu sa’y-harakatlar natijasida O’zbekiston poytaxti Toshkentda bo’lib o’tgan kurash bo’yicha birinchi xalqaro musobaqalarda dunyoning 30 ga yaqin mamlakati vakillari ishtirok etdilar. Toshkent markazida 30 ming kishiga mo’ljallangan stadion tomoshabinlarga to’lib ketdi. O’zbekiston va uning tashqarisidagi millionlab teletomashabinlar televizorda batafsil olib ko’rsatilgan musobaqalarni yaqindan kuzatib bordilar. O’zbekiston Prezidenti sovrini tikilgan birinchi xalqaro musobaqa muvaffaqiyatli o’tdi. Musobaqalar uch vazn toifasida o’tkazildi 73 kg, 90 kg, +100 kg mutloq vazn. Bellashuvlar juda ham zavqli shu bilan birga qizg’in ruhda o’tdi. Musobaqa natijalariga ko’ra uchchala vazn toifasida ham O’zbekistonlik kurashchilarning g’oliblik shohsupasiga ko’tarilganligida alohida ma’no bor.


O’shandan buyon XKA yillik asosda kattalar orasida jahon chempionati bellashuvlarini muntazam o’tkazib kelmoqda. Kurash bo’yicha ikkinchi jahon chempionati ushbu maroqli bellashuv vatanidan tashqarida o’tkazildi.

Download 217.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling