Рахматова презентация pptx


Download 352.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi352.1 Kb.
#1587688
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kartoshka virusli kasalliklari-ning zarari va ularni oldini olish tadbirlari



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QIShLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI
SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
5410300
– O’simliklar himoyasi va karantini ta’lim yo’nalishi
bakalavriat bitiruvchisi
RAHMATOVA O’G’ILOY ABDUSAMADOVNA
BITIRUV MALAKAVIY Ish
Mavzu:
KARTOSHKA VIRUSLI KASALLIKLARI-
NING ZARARI VA ULARNI OLDINI OLISH 
TADBIRLARI
Ilmiy rahbar, assistent ____________L.S.Ostanova
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


K I R I Sh
Mamlakatimiz mustaqilligining sharofati bilan boshqa sohalar
kabi kartoshkachilikga ham e’tibor kuchaydi va milliy mahsulot
ishlab chiqarishning ortishi natijasida chetdan iste’molbop
kartoshka keltirish to’xtatildi.
Dunyo dehqonchiligida kartoshka ekin maydoni bo’yicha bug’doy,
sholi, makkajo’xoridan so’ng 4-o’rindagi oziq-ovqat ekini bo’lib,
xalqimiz oziq-ov-qat xavfsizligini ta’minlashda nisbatan qisqa
muddatda – 150 yil ichida yetakchi mahsulot – ikkinchi non
ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun Respub-lika hukumati, shaxsan
muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizda bu sohani
rivojlantirish, dunyoda taraqqiy etgan davlatlar darajasiga olib
chiqishga katta e’tibor qaratdi.
O’zbekistonda kartoshka ekin maydoni mustaqillik yillarida 40 –
45 ming gektardan 80 – 82 ming gektarga kengaydi, yalpi hosil 380 –
430 ming tonnadan 2,2 – 2,4 mln. tonnaga yetdi. Hosildorlik
gektaridan 9 – 10 dan 27 – 29 tonnaga yetkazildi, ya’ni 3 barobarga
oshdi. Aholi jon boshiga kartoshka ishlab chiqarish 12 – 15
kilogrammdan 80 kilogrammgacha yetdi, ya’ni 5 – 6 martaga
ko’paydi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Kartoshka hosilining miqdori va sifati uning
zararkunanda hamda kasalliklar bilan zararlanish
darajasiga bog’liqdir. Kartoshkadan yuqori mahsul-
dorlikka erishishda, urug’lik material sifati hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Urug’lik kartoshkani virus, mikoplazma
va boshqa kasalliklardan sog’lomlashtirish hosildorlikni
50 % ga oshiradi. X, S, M viruslar hosildorlikni 5-10 %,
U, K, L,M singari viruslar tarqalganda esa 40-70 %
gacha kamayadi. J.Bokx (1982), L.N.Trofimes (1986),
A.G.Zыkin
(2000)
kabilarning
ta’qidlashicha
o’simliklarning viruslar bilan zararlanishining har bir
foizi hosildorlikni 0,5 % nobud bo’lishiga olib keladi.
Virusli aynish tushunchasini birinchi marta ingliz olimi
K.Maksvell kiritgan bo’lib, u haqidagi ma’lumotlar 1801
yilda paydo bo’lgan. Aynish sabablarini tushuntirish
bo’yicha ko’plab nazariyalar mavjud. Shulardan eng
asosiysi ekologik va virus nazariyasi hisoblanadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


Virusli kasalliklar yuqumli kasalliklar guruhiga kirib,
so’ruvchi hasharotlar (bitlar, tripslar, sikadalar, qandalalar
kabilar) yoki ekinga ishlov berishda mexanik shikastlash,
tuganaklarning kesilishi va boshqa hollarda, ya’ni
kasallangan o’simlik hujayra shirasi sog’lom o’simlikka
o’tishi natijasida ro’y bradi. Keyingi reproduksiyalarga
viruslar urug’lik tuganaklar orqali o’tadi.
O’simliklar viruslar bilan kasallangan ularning tashqi
ko’rinishi (morfologiyasi) o’zgaradi, ya’ni barglari buralib
ketadi, g’adir-budur bo’ladi, sarg’ayadi, hurpayadi, nobul
bo’ladi, tuganaklari kichiklashadi, shakli o’zgaradi va b.
Virusli kasalliklar yashirincha holda ham o’tishi mumkin,
lekin bu ularning yuqumliligini va zararini kamaytirmaydi
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com



Download 352.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling