Iborat. Haqiqatdan ham "Iste’molchi shoh" degan shior bu falsafaning negizidir


Download 58.55 Kb.
bet1/11
Sana18.12.2022
Hajmi58.55 Kb.
#1031123
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Marketing kommunikatsiyasi


REJA
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Sotuvni rag‘batlantirishning mohiyati, maqsadi va uslublari
2.2. Servis xizmatni tashkil etish
2.3. Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari
2.4. Marketing kommunikatsiyasi kompleksi (reklama, sotishni rag‘batlantirish, tashviqot, jamoa bilan ishlash, shaxsiy sotuv, bevosita sotuv)
III.Yakuniy qism
IV. Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH


Marketing faoliyati falsafasining tub mohiyati tadbirkorlik faoliyati


va biznesda asosiy e’tibor iste’molchiga qaratilishi kerak, degan fikrdan iborat. Haqiqatdan ham “Iste’molchi - shoh” degan shior bu falsafaning negizidir. Firma tovarlarining bozorda qabul qilinishi, iste’molchining uni tan olishi firma yutug‘ining garovidir.
Marketingda eng asosiy narsa bu ikki va bir-birini to‘ldiruvchi yondashuvdir. Bir tomondan bozorni har tomonlama o‘rganish, iste’mol- chilar ehtiyoji, talabi, xohishlarini o‘rganish, so‘ngra ishlab chiqarishni yo‘naltirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan marketingni qo‘llab bozor talabiga ta’sir ko‘rsatishdir.
Marketing har bir mijoz uchun muhimdir. Chunki marketing kundalik hayotimizning har bir jabhasiga ta’sir qiladi. Siz boradigan do‘kon, sotib olayotgan har bir mahsulot, tinglaydigan radio yoki TV –
bularning hammasi marketing tufayli! Marketingni o‘rganishning yana bir muhim jihati – siz xaridor sifatida marketing xizmatlari uchun pul to‘laysiz.
Rivojlangan mamlakatlarda marketing sarflari har 1$ da 0.5$ni tashkil qiladi. Marketingni o‘qitishning yana bir boshqa jihati shundaki, hozirgi kunda marketing sohasida juda ham qiziqarli va daromadli mavqega ega bo‘lish mumkin.
Marketing — tadbirkorlikning falsafasi va unsuri sifatida yuzaga kelishi turli nazariy va amaliy maktablarning xulosasidir. Marketing tadbirkorlar, menejerlar, turli mamlakatlar olimlarining har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi faoliyati natijasida rivojlanib boradi.
Marketing atamasi iste’molga XIX asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyati- ning o‘ziga xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida AQShda ilk bor qo‘llanildi1.
1902-yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya, Illinoys universitetlarida “Tovarlar marketingi”, “Marketing usullari”fanlaridan ma’ruzalar o‘qitila boshlandi. 1910-1925-yillar mobaynida marketing usullari orqali bozorlar o‘rganila boshlandi.




    1. Download 58.55 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling