Ii. Amaliy mashg‘ulot 2-mavzu: Hozirgi zamon dunyo siyosiy kartasi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi0.76 Mb.
#237714
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AlxUL0otNsT8oZe42x979sFmJANA6GR





II. AMALIY MASHG‘ULOT 

 

2-mavzu: Hozirgi zamon dunyo siyosiy kartasi 

 

Darsning maqsadi: Talabalarga dunyo siyosiy xaritasining ahamiyati, Dunyo 

siyosiy xaritasining shakllanish bosqichlari, davlat tuzumi va davlat tuzilishi, dunyo 

mamlakatlarining  guruhlanishi  va  tavsiflanishi  haqida  bilim  va  ko‘nikmalarni 

shakllantirish. 

Dars  jihozlari:  marker,  plakatlar,  vatman,  jahon  siyosiy  kartasi,  kerakli 

adabiyotlar, atlas. 



Uslubiy  ta'minot:  namunaviy  dastur,  ishchi  dastur,  kalendar  reja,  texkarta, 

o‘quv uslubiy majmua, tarqatma materiallar. 



Adabiyotlar:  

1. Sokol M. Economic geography. – United Kingdom: University of London, 

2011. – 76 p. 

2. Abirqulov Q.N. Iqtisodiy geografiya. Darslik. – T.: Yozuvchilar uyushmasi 

nashriyoti, 2008. – 272 b. 

3.  Abdalova  Z.,Tojieva  N.  Iqtisodiy  geografiya.  O‘quv  qo‘llanma  –  T., 

Iqtisod-Moliya, 2013. – 212 b. 

4.  Saparova  G.K.,  Dexkanova  N.S.,  Galimova  F.R.  Iqtisodiy  geografiya  va 

ekologiya. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” 

nashriyoti, 2019. – 260 b. 

5. Rodionova I.A. Ekonomicheskaya i sotsialnaya geografiya mira: uchebnik 

dlya bakalavrov. – M.: Yurayt, 2014. 

 

Bugungi kunda dunyoda 230 dan  ortiq  mamlakat mavjud bo‘lib, ular bir-



biridan  rivojlanish  darajasiga  ko‘ra,  davlat  tuzumi  va  boshqarish  shakliga  ko‘ra 

o‘zaro farq qiladi.  

Dunyo  siyosiy  xaritasi  juda  murakkab  va  dinamik  o‘zgaruvchan  jarayon 

bo‘lib, turli  tuzumdagi davlatlarni va hududiy  birliklarni  o‘z  ichiga oladi.  Dunyo 

siyosiy xaritasi miqdor va sifat jihatdan o‘zgarib turadi. Dunyo siyosiy xaritasining 

miqdor jihatdan o‘zgarishiga dunyo mamlakatlari soni ko‘payishi yoki kamayishi 

bilan  bog‘liq  bo‘lsa  sifat  jihatidan  o‘zgarishiga  esa,  davlatlarni  mustaqillikka 

erishishi, davlatlar siyosiy tuzumining o‘zgarishi bilan bog‘liq. 

Siyosiy xaritaning ahamiyati g‘oyat katta bo‘lib, u mamlakatlarning xalqaro 

o‘rnini,  dunyoda  egallagan  mavqyeini,  ichki  siyosiy-mamuriy  tuzilmasi 

xususiyatlarini o‘zida yaqqol aks ettiradi. 

Dunyo  siyosiy  xaritasi  shakllanishi  quyidagi    davrlarga  bo‘linadi:  qadimgi, 

o‘rta asrlar, yangi davr va eng yangi davr. 



 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling