Iii. Glassariylarga ta’rif bering. Universiyada


Download 14.86 Kb.
Sana19.10.2023
Hajmi14.86 Kb.
#1709503
Bog'liq
3-topshiriq


III.Glassariylarga ta’rif bering.
Universiyada — jahon talabalarining sport musobaqalari. 1924-yil taʼsis etilgan. Xalqaro universitet sporti federatsiyasi — FISY (1949-yil tashkil etilgan) tomonidan uyushtirilib, 1960-yildan toq yillarda yozgi, juft yillarda esa qishki oʻyinlar oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda "Talaba" sport uyushmasi tashkil qiladigan ommaviy musobaqa.


Alfred Bernhard Nobel(21-oktabr 1833, StokgolmShvetsiya — 10-dekabr 1896, San RemoItaliya) — shved kimyogari, muhandisdinamitning ixtirochisi. Oʻzining ulkan boyligini Nobel mukofotini tadbiq etishga vasiyat qilgan. Uning sharafiga sintezlanib olingan kimyoviy element nobeliy nomlangan.


Ijtimoiy hamkorlik – turli millat, irq va dinga mansub kishilar hamda guruhlarning umumiy maqsad yo‘lida birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat olib borishi, ularning o‘zaro hamjihatligini ifoda etadigan atama. Ijtimoiy hamkorlik jamiyatda tinchlik va barqarorlik, yuksak taraqqiyotni ta’minlashning muhim omilidir. Ijtimoiy hamkorlik bo‘lmagan jamiyatda bosh boshdoqlik, turli millat va elat vakillari o‘rtasida ishonchsizlik ortib, qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayishi, bu esa oxir-oqibatda og‘ir inqirozga olib kelishi mumkin.

Tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy ahloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
Ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko’nikmalar berishga, shuningdek ularning ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko’nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko’nikmalarini shakllantirishga, qobilyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
Download 14.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling