Ijtimoiy fanlar kafedrasi


Buxoro amirligining ag„darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

Buxoro amirligining ag„darilishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil topishi va 
undagi siyosiy o„zgarishlar 
 
Oktyabr  to„ntarishidan  keyin  sovet  Rossiyasi  bilan  Buxoro  amirligi  o„rtasidagi 
munosabatlar  keskinlashdi.  Turkiston  respublikasining  bolsheviklardan  iborat  rahbariyati 
Buxoro amirligining davlat mustaqilligini rasmiy ravishda tan olishiga qaramay, amalda uning 
ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi. 
 
 
1920  yil  25  avgustda  Turkiston  fronti  qo„mondoni  M.V.Frunze  qizil  askarlarga 
Buxoroni  bosib  olish  uchun  buyruq  berdi.  Keskin  janglardan  so„ng-2  sentyabrda  Buxoro 
shahri bosib olinib Sayid Olimxon hokimiyatdan ag„darib tashlandi. 
Shaharga 
kirgan 
qizil  askarlar  Arkdagi  amir  xazinasini,  Buxoro  qozikaloni,  qo„shbegi  va  boshqa 
amaldorlarning  boyligini  musodara  qilganlar.  askarlar  va  qo„shin  rahbarlari  katta  boylik 
orttirganlar. Sentyabr oyining boshida amirlik xazinasi va boshqa boyliklar ortilgan 2 eshelon 
yuk Samarqand va Toshkent orqali Moskvaga jo„natildi. Buxoro shahridan so„ng qizil armiya 
27 beklik (ba'zi manbalarda 32 beklik)ni ham birin-ketin egallab, Buxoro amirligiga barham 
berishdi. 
 
1920  yil  14  sentyabrda  bo„lgan  Xalq  Nozirlar  Sho„rosi,  Revkom  (Inqilobiy  qo„mita) 
va  Buxoro  Kompartiyasi  MKning  umumiy  yig„ilishida  9  kishidan  iborat  Butun  Buxoro 
inqilobiy  qo„mitasi  (rayisi-Abdulqodir  Muhitdinov)  va  respublika  hukumati-11  kishidan 
iborat  Xalq  Nozirlar  Sho„rosi  (rayisi-Fayzulla  Xo„jaev)  tuzildi.  1920  yil  6-8  oktyabrda 
amirning yozgi saroyi-Sitorayi Mohi Xosada chaqirilgan Butun Buhoro halqi  
vakillarining I qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilganligi e'lon qilindi. 
1920  yil  oktyabr-noyabr  oylarida  BXSR  bilan  RSFSR  o„rtasida  muvaqqat  harbiy-siyosiy 
ahdlashuv va shartnoma tuzildi. 1921 yil 4 martda har ikki davlat o„rtasida Ittifoq shartnomasi 
imzolandi.  Ushbu  shartnomalar  mustaqil  siyosat  yuritishga  harakat  qilayotgan  yosh  Buxoro 
davlati arboblari faoliyatini muayyan darajada cheklashga olib keldi. 
 
Buxoro  hukumati  oldida  turgan  eng  asosiy  vazifalardan  biri  yer-suv  masalasini  hal 
qilish edi. 1920 yil 30 sentyabrda Buxoro Markaziy Revkomi «er to„g„risida»gi dekretni qabul 
qildi.  Dekretga  muvofiq,  sobiq  amir  unig  qarindoshlari  va  amaldorlari  qo„lidagi  butun  yer-
mulk kambag„al va yersiz dehqonlarga taqsimlab berildi.  
Buxorodagi yangi tuzum va uning ijobiy chora-tadbirlarini aholi ma'qullab kutib oldi. 
Biroq  yangi  hokimiyat  tomonidan  mulkdorlar  tabaqasiga  nisbatan  ko„rilgan  qattiq  choralar, 
ularga  tegishli  butun  mol-mulkning  musodara  qilinishi,  saroy  a'yonlari  va  amir 

 
76 
amaldorlarining  yoppasiga  hibsga  olinishi  va  otib  tashlanishi  amir  xazinasining  Moskvaga 
olib  ketilishi,  majburiy  oziq-ovqat  razvyorstkasi  va  uning  qattiqqo„llik  bilan  amalga 
oshirilishi, islom dini va ulamolarga nisbatan dushmanlik siyosati, respublika hududida turgan 
qizil  armiya  ta'minotining  aholi  zimmasiga  yuklatilishi  buning  ustiga,  qizil  askarlarning 
bosqinchilik  va  talonchilik  faoliyati  haqqoniy  ravishda  xalqning  kuchli  noroziligiga  sabab 
bo„ldi.  
 
1921  yil  18-23  sentyabrda  bo„lgan  Butun  Buxoro  xalq  vakillarining  II  qurultoyida 
demokratik  ruhdagi  BXSR  Konstitutsiyasi  qabul  qilindi.  Buxoro  tarixidagi  dastlabki 
Konstitutsiya  fuqarolarning  demokratik  huquq  va  erkinliklarini  qonun  bilan  mustahkamladi. 
Konstitutsiyada  davlatni  idora  etish  uchun  xalqning  barcha  tabaqa  vakillarining  ishtiroki 
ta'minlandi.  Xususiy  mulk  va  savdo-sotiq  erkinliklari  unda  o„z  ifodasini  topdi.  BXSR 
Konstitu-siyasi barcha fuqarolarga teng siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlikni yo„qotdi.  
 
1923  yil  3  iyunda  Buxoroga  SSSR  Qurolli  kuchlarining  Bosh  qo„mondoni 
S.S.Kamenev, Turkfront Inqilobiy harbiy kengashi rayisi A.I.Kork, RKP (b) MK O„rta Osiyo 
byurosi  a'zosi  Mixaylov  va  boshqalar  kelishdi.  Ular  Buxoro  hukumati  faoliyatidan 
qoniqmayotganliklarini  ochiq  aytib,  sotsialistik  o„zgarishlarni  jadallashtirish  kerakligini 
ta'kidlashdi. Oradan ko„p o„tmay 12 iyunda RKP(b) MK Siyosiy byurosi maxsus qaror qabul 
qilib, Buxoro hukumatini sovetlashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi. Sovet hukumati o„z 
buyruq-larini tez va qarshiliksiz amalga oshirish uchun RKP (B) MK kotibi Ya.E.Rud-zutakni 
Buxoroga jo„natdi. 1923 yil yoziga kelib mustabid sovet tuzumi Buxoroda o„ziga xos davlat 
to„ntarishini  amalga  oshirdi.  Milliy  qo„shin  va  milliy  valyuta  bolsheviklar  tomonidan 
tugatildi. 
1924  yil  18-20  sentyabrda  bo„lib  o„tgan  Butun  Buxoro  xalq  vakillarining  V 
qurultoyida BXSR Buxoro Sovet Sotsialis-tik Respublikasi (BSSR)ga aylantirildi. BSSRning 
tuzilishi  yuqoridan  turib  sun'iy  tarzda  amalga  oshirilgan  xodisa  edi.  Natijada  taraqqiyotning 
demokratik  yo„li  inkor  qilinib,  sotsialistik  yo„nalishi  tanlandi.  1924  yil  noyabr  oyi  oxirida 
xuddi  Xorazm  respublikasi  singari  Buxoro  SSR  ham  tuga-tilib,  uning  hududi  1925  yilda 
tashkil etilgan O„zbekiston SSR (1929 yilgacha tarkibida Tojikiston ASSR ham bo„lgan) va 
Turkmaniston SSRga kiritildi.  
 
 
14-Mavzu. Covet hokimiyatining O„zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy
iqtisodiy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati O„zbekistonning ma'naviy-
madaniy qaramligi va uning oqibatlari. Qatag„onlik siyosati. 
 
1920 yillar tarixga o„ta murakkab va ziddiyatli, turli ijtimoiy guruh va kuchlar siyosiy 
qarama-qarshiligi 
avj 
olgan, 
Turkistonda 
Markazning 
imperiyacha 
munosabatlar 
mustahkamlanayotgan,  o„lkadagi  ochlik,  iqtisodiy  tanglik,  vayronaga  aylangan  sanoat, 
transport,  qishloq  xo„jaligini  tiklash,  ya'ni  sovetlarning  “tinch  sotsialistik  qurilish”  yo„liga 
o„tish  davri  bo„lib  kirdi.  Ushbu  davrdagi  eng  dolzarb  masalalardan  biri  bu-  hokimiyat 
masalasi edi. Milliy muxolif kuchlar esa xokimiyat masalasini birinchi navbatda xalqning o„z 
taqdirini  o„zi  belgi-lashda  ko„rishar  edi.  Sanoat  va  qishloq  xo„jaligining  inqirozi,  ochlik, 
inqilobcha  zo„ravonlikning  kuchayishi  mahalliy  xalq  milliy  manfaatlarining  ochiqdan-ochiq 
inkor  etilishi  Turkistondagi  turli  ijtimoiy  qatlamlar  orasida  sovet  hokimiyatiga  nisbatan 
ishonchsizlik va norozilikni keltirib chiqarmoqda edi.  
1921 yilning bahoriga kelib sovet hokimiyati oldida vayron bo„lgan qishloq xo„jaligini 
tiklash  vazifasi  ko„ndalang  bo„lib  turdi.  Buning  asosiy  sababi  esa  dehqonlarning  ko„plab 
ko„tarilishlari bo„ldi. Bu esa siyosatni qaytadan ko„rib chiqish, sanoat bilan qishloq xo„jaligi 
o„rtasida  ta'sirchan  iqtisodiy  aloqalarni  yo„lga  qo„yish  zaruratini  keltirib  chiqardi. 
O„zbekistonda  qishloq  xo„jaligi  respublika  milliy  daromadining  asosiy  qismini  berganligi, 
dehqonlar  esa  aholining  80  foizini  tashkil  etganligi  tufayli  sovet  xokimiyatining  dastlabki 
yillarida agrar masala markaziy o„rinni egallardi.  

 
77 
  Markaz  Turkiston  o„lkasiga  asosiy  xomashyo  bazasi  sifatida  qarab  kelganligi  bois, 
o„lka  qishloq  xo„jaligining  bosh  sohasi  hisoblangan  paxtachilikni  rivojlantirishga  alohida 
e'tiborini  qaratdi.  Xususan,  RKP  (b)  MKning  1922  yil  11  yanvaridagi  “Turkiston 
Kompartiyasiga”  deb  nomlangan  xatida,  Turkiston  Kompartiyasining  qishloq  xo„jaligi 
sohasidagi  faoliyatida  birinchi  o„ringa  sug„oriladigan  yerlarda  ekin  maydonlarini  tiklash, 
paxtachilikni  rivojlantirish  hamda  mavjud  sug„orish  tizimini  tuzatish  masalalari  hal  etilishi 
lozimligi  ta'kidlandi.  Paxtachilikni  tiklash  va  rivojlantirish  ishlariga  rahbarlik  qilish  uchun 
1920  yilda  Bosh  Paxtachilik  Qo„mitasi  va  paxta  yetishtiruvchi  respublikalarda  unga 
bo„ysunuvchi paxtachilik qo„mitalari tuzildi. Turkiston respublikasidagi barcha haydaladigan 
maydonlar,  seleksiya  stansiyalari,  irrigatsiya  inshootlari,  Paxtachilik  qo„mitasi  ixtiyoriga 
o„tkazildi.  
Yangi  iqtisodiy  siyosat  tufayli  qishloq  xo„jaligida  kooperativ  va  shirkatchilik  harakati 
ham avj oldi. 1923 yilda Turkiston respublikasida qishloq xo„jaligi va kredit kooperatsiyalar 
tizimi  tashkiliy  jihatdan  tugal  ravishda  shakllandi  deyish  mumkin.  Davlatning  kooperativ 
qurilish  siyosati  ikki  yo„nalishda  olib  borildi.  Bir  tomondan,  kooperatsiya  mayda  tovar 
xo„jaligini sotsializmga jalb qilish vositasi, shaxsiy va jamoa manfaatlarining kelishuv shakli 
sifatida  baholansa,  ikkinchi  tomondan  kooperatsiyaga  xususiy  sektorni  siqib  chiqaruvchi 
ijtimoiy qurol deb qaraldi.  Biroq, har kimni  ham  kooperativga qabul  qilishavermasdi.  Sinfiy 
tanlov  mavjud  edi.  Kambag„allarga  ustivorlik  berilardi.  Aholining  o„ziga  to„q  qatlamlariga 
nisbatan  qat'iy  talablar  belgilangan  edi.  1927  yildan  esa  kooperativ  uyushmalarini 
“davlatlashtirish” siyosati boshlanib, uning xo„jalik hisobi asosidagi negizlari tobora ko„proq 
qo„porildi.  
20-yillar  boshlaridagi  Turkistonning  ijtimoiy-siyosiy  hayotining  alohida  xususiyati-bu 
o„lka  mahalliy  aholisining  milliy  o„z-o„zini  anglashining  o„sganligi  deyish  mumkin. 
Hokimiyat  pog„onalaridagi  milliy  rahbar  kadrlar  ham  tuzumga,  uning  siyosatiga  ochiqdan-
ochiq qarshi fikr bildirib, mahalliy aholining manfaatlarini himoya qildilar.  
 
Lekin  milliy  rahbarlarning  vatanparvarlik  chiqishlari  Markazning  keskin  noroziligiga 
sabab  bo„ldi.  Markaz  ularga  qarshi  siyosiy  quvg„inni  avj  oldiradi.  Q.Otaboev  va 
A.Rahimboevlar  “qo„pol  xatolari”  uchun  o„z  lavozimlaridan  bo„shatildi.  Nazir  To„raqulov 
ham  qatag„onlik  to„lqinidan  qutulib  qolmadi  va  1939  yilda  otib  tashlandi.  Yana  bir 
millatparvar  rahbarlardan  biri,  yetuk  davlat  arbobi  Inomjon  Xidiraliev  edi.  U  1922  yilning 
oxirida  Butunrossiya  MIQga  maxsus  xat  bilan  murojaat  qilib,  “Mahalliy  aholining  barcha 
qatlamlarini  sovet  ishlariga  jalb  qilishga,  bu  ishlarni  aholining  milliy  turmush  tarziga 
moslashtirgan  holda  amalga  oshirishga,  Turkistonda  ish  yuritishni  mahalliy  aholi  tiliga 
o„tkazishga”  e'tiborini  qaratgan  edi.  Mana  shunday  rahbarlar  qatoriga  yana  A.  Ikromov,  Y. 
Oxunboboev, F. Xo„jaevlarni ham kiritish mumkin edi.  
 
1925  yilning  13 fevralida O„zSSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan  I  -Umumo„zbek 
qurultoyida  “O„zbekiston  SSR  tuzilgani  to„g„risida  deklaratsiya”  qabul  qilindi.  O„zbekiston 
SSR  sovetlari  MIQning  raisi  etib  Yo„ldosh  Oxunboboev  saylandi.  O„zbekiston  XKS  rayisi 
etib  F.  Xo„jaevni  tasdiqladi.  Tuzilgan  O„zbekiston  SSRga  tugatilgan  Turkiston  ASSRdan 
Sirdaryo,  Farg„ona va Samarqand viloyatlarining katta qismi, Buxoro respublikasidan uning 
markaziy  va  g„arbiy  qismi  (Zarafshon,  Qashqadaryo  va  Surxondaryo  vohalari),  shuningdek 
Xorazm SSRdan Xorazm vohasi kirdi. 
 
1930  yilda  Qoraqalpoq  muxtor  viloyati  RSFSR  tarkibiga  kiritildi.1932  yilning  20-
martida  esa,  SSSR  MIQ  Rayosati  “Qoraqalpog„iston  avtonom  viloyatini  Avtonom  Sovet 
Sotsialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi to„g„risida” qaror qabul qildi. 
O„sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining I Ta'sis qurultoyi xukumatni tuzdi. 
Unda QQASSR MIQ rayisi etib, Koptleu Nurmuhamedov, Xalq Komissarlari Kengashi rayisi 
etib  esa  Qosim  Avezovlar  saylandilar.1936  yilda  SSSRning  yangi  Konstitutsiyasi  qabul 
qilindi  va  unga  ko„ra  QQASSRning  O„zbekiston  SSR  tarkibiga  kirishi  ko„zda  tutilgan  edi. 
Buning asosiy sababi hududiy yaqinlik, yagona tarixga ega bo„lganligi deb e'tirof etildi. 1937 

 
78 
yil 12 fevralda O„zSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. O„sha yilning 6 martida esa, 
QQASSRning  yangi  Konstitutsiyasi  e'lon  qilinadi.  Qoraqalpog„iston  O„zbekiston  tarkibida 
bo„lganida, o„zbek va qoraqalpoq xalqlari o„rtasidagi do„stlik yanada mustahkamlandi.  
 
O„zbekistonda mustamlakachilikka asoslangan iqtisodiy siyosatning oqibatlari 
1925 yilning dekabrida bo„lib o„tgan VKP(b) XIV qurultoyi sotsializm g„alabasining asosiy 
sharti  sifatida  sovetlar  davlatida  “sotsialistik  industrlashtirish”ni  avj  oldirishga  e'tiborini 
qaratdi.  Sanoatlashtirish  O„zbekistonda  dastlab  sekinlik  bilan  amalga  oshirildi.  Chunki 
kosibu-hunarmandchilik  ustivor  soha  edi.  Mamlakatni  jadal  industrlash  uchun  mablag„ 
masalasi  keskin  munozaralarga  sabab  bo„ldi.  Industrlashtirishni  jadallashtirish  tarafdorlari 
mablag„ni  qishloq  xo„jaligi  hisobidan  olish  rejasini  ilgari  surdilar,  muxolif  taraf 
esa,sanoatlashtirish  siyosatini  yoqlagani  holda  uni  aholining  moddiy  ahvolini,  turmush 
sharoitini  yaxshilash  va  qishloq  xo„jaligida  kooperatsiyani  asta-sekin  ixtiyoriy  ravishda 
amalga  oshirish  bilan  birgalikda  olib  borishni  taklif  qildi.  Keskin  siyosiy  bahs  munozara-
lardan  keyin  mablag„ni  agrar  sektordan  olishga  qaror  qilindi.  O„zbekiston  iqtisodiyoti  agrar 
xarakterda  edi,  zero  1927-28  yillarda  iqtisodiyotda  qishloq  xo„jiligining  hissasi  61,6%ni, 
sanoatniki  esa 38,4 %ni tashkil qilardi  edi. Respublikadagi  mavjud sanoatning 90%i qishloq 
xo„jalik  xomashyosini  ishlashga  ixtisoslashgan  edi,  mahsulotlarni  qayta  ishlash 
korxonalaridan iborat bo„lib, uning 2 dan 3 qismini paxtachilik sanoati tashkil qilardi.  
 
Sanoatni jadal rivojlantirish natijasida O„zbekiston Markazga rangli va nodir metallar, 
oltingugurt,  ozokerit,  volfram,  molibden,  paxta  tolasi,  xom  ipak  bilan  ta'minlaydigan  va 
sho„rolar  mamlakatini  xom  ashyo  qaramligidan  xalos  etishga  yordam  beradigan  yirik  xom 
ashyo  mintaqasiga  aylandi.  O„zbekistonning  oltin  sanoati  butun  mamlakatning  to„lov 
balansini  mustahkamlash  uchun  katta  mablag„lar  berib  turdi.  Biroq,  aholining  ijtimoiy 
ehtiyojlari  nazar-pisand  qilinmadi,  uning  moddiy  farovonligiga  e'tibor  berilmadi,  bu  esa 
turmush darajasining pasayib ketishiga olib keldi.  
 
Shuningdek, shahar va portlarni birlashtiruvchi  yangi temir  yo„l liniyalari qurilishiga 
ham  e'tibor  berildi.  Farg„ona  (Iskobil)-Quvasoy  (1922),  Qarshi-Kitob(1924),  Amudaryo 
(Samsonovo)- Termiz (1925). 1928-29 yillarda paxtachilikni rivojlantirish maqsadida Asaka –
Shahrixon,  Sirdaryo-Paxtaorol  temir  yo„llari  qurildi,  shuningdek,  Qorasuv-Osh  (1935)  va 
boshqa  temir  yo„l  liniyalari  qurilib  foydalanishga  topishirildi.  1929-1931  yillarda  uzunligi 
1452 km bo„lgan Turkiston-Sibir (Turksib) temir yo„li qurildi.  
  20-yillardan  O„zbekistonda  avtomobil  trasporti  vujudga  keltirildi.  1921  yilda 
respublika  avtomobil  transporti  ixtiyorida  40  yengil  va  15  yuk  avtomobili  hamda  Toshkent 
avtomobil ta'mirlash ustaxonasi bor edi. 1940 yilgacha Lenin nomidagi katta avtomobil yo„li 
(710  km),  Farg„ona  avtomobil  yo„li  (343  km)  qayta  ta'mirlandi  va  bir  qancha  yangi  yo„llar 
qurib bitkazildi. 
 
Yangi  iqtisodiy  siyosat  (NEP)  tufayli  O„zbekiston  qishloqlaridagi  ahvol  ancha 
yaxshilangan,  dehqonlar  o„z  mahsulotini  sotish,  g„o„za  va  boshqa  ekin  maydon-larini 
kengaytirish  orqali  turmush  darajasini  yaxshilash  imkoniyatiga  ega  bo„l-gan  edi.  Biroq,  20-
yillarning  ikkinchi  yarmidan  YaIS  (NEP)  o„z  mohiyatini  yo„qo-tib,  erkin  savdo  va  xususiy 
tadbirkorlikka  chek  qo„yila  boshladi.  O„ziga  to„q  xona-donlarning  yerlarini  musodara  qilish 
hisobiga  kambag„al  dehqonlarni  yer  bilan  ta'minlash  bilan  qishloqda  “sotsialistik  ijtimoiy 
tuzum”  ning  asosi  bo„lgan  jamoa  bo„lib  xo„jalik  yuritishni  rivojlantirishni  ko„zlab,  keng 
miqyosli agrar islohotini avj oldirildi. 
 
Biroq  islohot  o„tkazishning  repressiv-majburiy  usullari,  boy  dehqonlarning  davlat 
tomonidan terror qilinishi o„z navbatida ularning keskin norozilik chiqishlariga sabab bo„ldi. 
Shu  tariqa,  yer-suv  islohoti  qishloqda  sinfiy  kurashning  keskinlashuviga  olib  kelgan  edi. 
Davlat o„z navbatida “boy-quloq  unsurlari”ning  qarshiliklarini bartaraf  etish uchun o„zining 
bor  kuchini  ishga  soldi.  Tortib  olingan  yerlarning  asosiy  qismi  kolxozlar  va  sovxozlar 

 
79 
ixtiyoriga topshirilgan edi.   Shunday  qilib,  1925-29  yillardagi  yer-suv  islohoti  sho„ro 
xukumatining  mulkdor  sinflarni  tugatish,  sinfsiz  jamiyat  qurish  uchun  qilgan  chora-
tadbirlaridan  biri  bo„ldi.  Ushbu  jarayon  keyingi  yillarda  qishloq  xo„jaligini  majburiy 
jamoalashtirishga zamin yaratgan edi.  
 
O„zbekistonda yoppasiga jamolashtirishni tezlashtirish hamda “quloqlar” bilan kurash 
olib  borishni  kuchaytirishga  yordam  tariqasida  Markaz  25  ming  tashkiliy–siyosiy  tajribaga 
ega bo„lgan rus ishchilarni  yuboradi.  Bu  yerga “25 mingchilar”  asosan  Moskva,  Leningrad, 
Ivanovo-Voznesenk  va  SSSRning  boshqa  sanoat  markazlaridan  O„zbekistonga  433  ishchi 
yuborildi.  Ulardan  tuzilgan  brigadalar  o„zbek  qishloqlarida  kolxozlar  tuzish  hamda  “quloq 
qilish” kompaniyasida “faol” ishtirok etdilar.  
  1930  yilning  o„zidayoq  respublikada  2648  ta  boy  va  “quloq”  xo„jaliklari  tugatilib, 
ko„plab  dehqonlar  o„z  xo„jaliklarini  tashlab  ketishga  majbur  bo„ldilar.  O„zbekistonda 
jamoalashtirish asosan 1932 yilning oxiri 1933 yilning boshlarida tugallandi. Bu davrga kelib 
respublikaning  79  dan  61  tumanida  barcha  dehqon  xo„jaliklarini  kolxozlarga  birlashtirish 
nihoyasiga  yetkazilgan  edi.  Jami  O„zbekistonda  jamolashtirilgan  xo„jaliklar  74,9%ni  tashkil 
etdi.  Birinchi  besh  yillik(1928-1932)  oxirlarida  respublikada  9734  kolxoz  va  94  ta  sovxoz 
tashkil  etilgan  edi.  Majburiy  jamolashtirish  siyosati  qishloqning  mustaqil  rivojlanishini 
barbod qildi, qishloq ahli ongiga salbiy ta'sir ko„rsatdi, dehqonlarning yerga egalik tuyg„usini 
yo„q qildi.  
 
 
           O„zbekistonda “madaniy inqilob” va uning oqibatlari 
XX  asr  20-30  yillardagi  murakkab  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  respublika  ma'naviy-
madaniy hayotida ham o„z aksini topdi. Sho„rolarning “madaniy inqilob” tadbiri jamiyatning 
barcha  jabhalari  qatorida  ilm-fan,  madaniyat,  san'at,  maorif,  oliy  ta'lim  sohalarini  ham  o„z 
izmiga  solgan  edi.  Ta'lim-tarbiyaning  o„choqlari  bo„lgan  milliy  maktablarga  ham  bu  siyosat 
o„zining  salbiy  ta'sirini  o„tkazmasdan  qolmadi.  Sovet  hokimiyatning  dastlabki  yillaridanoq 
an'anaviy ta'lim tizimini yo„q qilish avj oldirildi. 
  Mana  shunday  sharoitda  mahalliy  ziyolilar  zamonaviy  milliy  oliy  ta'lim  tizimini 
yaratish,  dunyoviy  bilimlardan  dars  bera  oladigan  o„qituvchilar  tayyorlash  davr  talabi 
ekanligini  teran  his  etib,  zamonaviy  milliy  universitet  yaratish  ishiga  bel  bog„ladilar. 
Munavvar  Qori  Abdurashidxonov  tashabbusi  bilan  Musulmon  Xalq  Universiteti 
(dorilfununi)ni  tashkil etish  guruhi  saylanadi  va  1918  yilning 9  aprelida  uning hovlisida shu 
dorilfununining  9  kishidan  iborat  tashkiliy  hay'ati  ta'sis  etiladi.  Musulmon  Xalq  Dorilfununi 
1918 yilning 12 mayida Toshkent shahrining eski shaharida tantanali ravishda ochildi. Uning 
13 ta maktabi 14 maydan ochila boshladi, eng oxirgisi esa 17 iyunda tarkib topdi. Ulardan 4 
tasi  ayollar  maktabi  edi.    1918  yilning  31  mayida  esa,  Musulmon  Xalq  Dorilfununning  oliy 
ta'lim bosqichi - Musulmon Dorilmuallimini tashkil etiladi.  
Kompartiyaning  madaniy  merosni  inkor  etish  siyosati  arab  yozuvini  lotin  grafikasiga 
almashtirish  haqidagi  qarorida  ham  o„z  aksini  topdi.  Buning  sababini  sho„rolar  ”madaniy 
o„sishda texnik xususiyatga ega to„siqlardan biri bu qoloq transkripsiyadir” hamda ”an'anaviy 
arabcha  yozuv  faqatgina  diniy  musulmon  an'analari  nuqtai  nazaridangina  qimmatlidir”  deb 
uqtirib,  arab  yozuvining  mavqyeini  pasaytirishga  harakat  qiladilar.  Shu  munosabat  bilan 
O„zbekiston  kommunistlarining  III-qurultoyi:  (1927  yil  noyabr)  “Yangi  lotin  alifbosiga 
yanada shiddatliroq yo„l bilan o„tish kerak” deb ta'kidladi va 1929 yilda o„zbek yozuvi lotin 
grafikasiga  o„zgartirildi.  Chunki,  O„rta  Osiyoni  arablar  istilo  qilgan  VIII  asrdan  boshlab 
nafaqat  diniy  kitoblar,  balki  fanning  barcha  sohalarida  o„n  uch  asr  mobaynida  yaratilgan 
yozma  madaniyat  yodgorliklari,  o„lka  aholisi  amal  qilib  kelgan  huquq  manbalari  ana  shu 
yozuvda  yaratilgan  edi.  Shu  sababdan  bu  mahalliy  xalqni  nafaqat  dinidan  balki 
madaniyatidan, o„ziga xos huquqidan ajratib, sovet qolipiga majburan solish edi. 

 
80 
1940 yilda esa lotin grafikasining kirillitsa bilan shoshilinch almashtirilishi, O„zbekiston 
aholisining bilim darajasining o„sishiga, o„zbek tilining rivojiga salbiy ta'sir ko„rsatdi.  
Sovet  hokimiyati  yillarida,  ayniqsa,  20-yillarda  adabiy-madaniy  hayot  qizg„in  tus  oldi. 
Jadid  adabiyoti  asr  boshidan  20  yillik  rivojlanish  tajribasiga  tayangan  holda  taraqqiyotning 
yangi  bosqichiga  ko„tarilgan,  ham  shaklan,  ham  mazmunan  barkamollik  kasb  etgan  hamda 
mazmun  mohiyatiga  ko„ra  20-yillarda  yangi  bir  bosqichga  ko„tarilib,  umumturkiy  badiiy 
tafakkurning  zabardast  siymolari  sifatida  etirof  etilgan  Abdurauf  Fitrat,  Abdulla  Qodiriy, 
Cho„lponni ma'naviyat maydoniga chiqardi. 
Oktyabr  to„ntarishidan  so„ng,  respublikamizda  bir  qancha  ilmiy  va  o„quv  muassalari 
tashkil  etildi.  Xususan,  1918  yilda  tashkil  etilgan  Turkiston  Xalq  Universiteti  qoshida  bir 
qancha  ilmiy-tadqiqot  institutlari  faoliyat  ko„rsata  boshladilar.  Tuproqshunoslik  va 
geobotanika,  biologiya,  zoologiya,  pedagogika  va  psixologiya,  fizika-matematika,  ekologiya 
ilmiy-tadqiqot institutlari shular jumlasidandir. 
1930 yillarda respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo„shgan 
mahallliy  millatga  mansub  olimlar  yetishib  chiqdilar.  Ular:  T.Qori-Niyoziy,  T.Sarimsoqov, 
S.Sirojiddinov, O.Sodiqov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir. 
Ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog„i va ilmiy kadrlar sonining jadal o„sishi, olimlar oldiga 
yangi vazifalarning qo„yilishi, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish va ularni 
muvofiqlashtirib turish ishlarini takomillashtirishni taqozo qildi. 1932 yilda Fan qo„mitasi 
ta'sis etilib, 1940 yilda uning negizida Ittifoq FA O„zbekiston filiali (O„zFAN) tuzildi. Shu 
davrdan O„zFAN O„zbekistonning ilmiy-   
         
 
 
tadqiqot markaziga aylandi. Uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo„jaligi 
muammolari,  tarix,  til  va  adabiyot  institutlari;  tuproqshunoslik,  zoologiya,  fizika  va 
matematika  sektorlari;  Toshkent  astronomiya  observatoriyasi;  iqtisodiy  tadqiqotlar  va 
kartografiya byurosi kiritildi.  
  1943  yilda  O„zFAN  asosida  O„zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  (O„zFA)  tashkil  etildi, 
uning birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi.  
  O„zbek  matematika  atamashunosligi  asoschisi,  taniqli  matematik  Toshmu-hammad 
Qori  Niyoziy  zamonaviy  o„zbek  matematik  tafakkurining  shakllanishi  va  rivojiga  bebaho 
hissa  qo„shgan  olimdir.  Uning  Beruniy  mukofotiga  sazovor  bo„lgan  uch  jildlik  “Asosiy 
matematik  analiz  kursi”  nomli  asarining  ilmiy  qimmati  oliy  matematikadan  birinchi  o„zbek 
tilidagi original qo„llanma ekanligidadir. O„zbekiston xalqlarining madaniy hayoti tarixiga oid 
ilmiy  ishlar,  o„zbek  matematika  va  astronomiya  ilmlari  tarixi,  xususan,  Ulug„bekning 
astronomiya maktabiga oid asarlar ham Qori Niyoziy qalamiga mansubdir. 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling