Ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#473
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

 

O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi  
Toshkent farmatsevtika instituti  
 Ijtimoiy fanlar kafedrasi 
 
 
 
 “O„zbekiston tarixi”fanidan bitiruvchi 
talabalar uchun sharhlov ma'ruzalari  bo„yicha 
o„quv uslubiy qo„llanma 
(barcha yo„nalishlari uchun) 
 
                                                   
                                                       
 
 
 
 
 
 
                                                    Toshkent - 2014 
 
 
 

 

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG„LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
   
 
 
 
 
          «Tasdiqlayman» 
O„quv ishlari bo„yicha prorektor 
 v/b, f.f.d., prof. X.S.Zaynutdinov 
_________________  
 «___» _________ 2014 y. 
 
“O„zbekiston tarixi”fanidan bitiruvchi 
talabalar uchun sharhlov ma'ruzalari  bo„yicha 
o„quv uslubiy qo„llanma 
 (Barcha yo„nalishlari uchun)   
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent-2014 
 

 

 
Tuzuvchilar:            dots.K.K.Ismailov,Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri  
                                   katta o„qituvchi: S.X.Qodirova 
 
Taqrizchilar         O„zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix     
                                 institutining yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d.S.B.Shadmanova  
                                  
                                 Toshkent Pediatriya instituti, O„zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi 
va amaliyoti kafedrasi mudiri f.f.n. dotsent M.A.Axmedova 
                           
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Sharhlov ma'ruzalar bo„yicha tayyorlangan ushbu o„quv uslubiy qullanma bakalavr ta'lim yo„nalishining 
bitiruvchi talabalari “O„zbekiston tarixi” fanidan Davlyat Attestatsiya sinovlari topshiriqlariga tayyorlanishlarida 
foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.  Mazkur qo„llanmada O„zbekiston tarixi fanidan DAK savollari, baholash 
mezoni ham keltirilgan bo„lib, talaba to„plashi kerak bo„lgan ballarni yig„ishda yo„riqnoma sifatida foydalanadi. 
 
 
 

 

KIRISh 
O„zbekistonning davlat mustaqilligini qo„lga kiritishi tufayli xalqimizning asriy orzusi 
ushaldi,  o„z  taqdiri  va  kelajagini  o„zi  yaratadigan  bo„ldi.  Tarixan  qisqa  davrda  jamiyatimiz 
ijtimoiy-siyosiy  hayotining  barcha  sohalarida  keskin  burilish  yasaldi.  Mamlakatimizni 
modernizatsiya  qilish,  faol  demokratik  yangilanishlarni  amalga  oshirish  bilan  bog„liq  qator 
islohotlar  o„tkazildi.  Jumladan,  ana  shu  buyuk  o„zgarishlarni  asrlar  davomida  orzu  qilgan 
xalqimizning  ko„hna  tarixiga  bo„lgan  munosabati  tubdan  o„zgardi.  Zero,  Prezident  Islom 
Karimov  ta'kidlaganidek:  “O„z  tarixini  bilmaydigan,  kechagi  kunini  unutgan  millatning 
kelajagi yo„q”

.  Ayniqsa,  bugungi  murakkab  globallashuv  davrida  ma'naviyat  sohasida  vujudga 
kelayotgan  dolzarb  muammolar,  xalqimiz  ma'naviyatini  asrash  va  yanada  yuksaltirish,  yosh 
avlodning  qalbi  va  ongini  turli  zararli  g„oya  va  mafkuralar  ta'siridan  saqlash  va  himoya 
qilishda Vatan tarixini har tomonlama va  chuqur tadqiq etish,  birlamchi  manbalarga tayanib 
talqin  etish,  kelajak  avlodga  haqiqiy  tariximizni  o„qitish  orqali  ularni  yuksak  ma'naviyatli 
shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakatimiz  tarixida  yangi  davr  –  mustaqil  taraqqiyot  davri  boshlandi.  Xalqimiz 
demokratik  huquqiy  davlat  va  ochiq  fuqarolik  jamiyati  qurish  yo„lida  dastlabki  sinovlardan 
o„tdi. Istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma'naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida 
rivojlantirish  bo„yicha  ulkan  ishlar  amalga  oshirildi.  Demokratik  islohotlar  tobora 
chuqurlashib bormoqda. 
Yangi  jamiyat  qurish,  avvalo,  yoshlarga,  ularning  ma'naviy  dunyosi,  kasb-mahoratiga 
bog„liq. Binobarin, yosh avlodda milliy g„oyani, yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirishda
milliy ong va sog„lom fikrni uyg„otish, ularni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun g„oyaviy 
kurashchanlik  ruhida  tarbiyalashda,  yuksak  ma'naviyatli  komil  inson  bo„lib  shakllanishida, 
shuningdek,  xalqimizning  ma'naviy  yuksalishi  yo„lida  “O„zbekiston  tarixi”  fanining 
ahamiyati katta. Ushbu fanning barcha oliy va o„rta maxsus o„quv yurtlari hamda maktablarda 
o„qitilishi ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi. 
                 
1-mavzu. O„zbekiston tarixi fani predmeti, uni o„rganishning nazariy-metodologik 
asoslari, manbalari va ahamiyati.
  
Reja: 
1.O„zbekiston tarixining predmeti va dolzarb muammolari. 
2.O„zbekiston tarixini yoritishning nazariy-metodologik asoslari. 
3.Komil insonni tarbiyalashda tarixning roli. 
Tayanch so„z va iboralar:   
mustaqillik;  o„rganish  ob'ekti,  xolislik;  ilmiylik,  xaqqoniylik,  uzviylik,  ob'ektivlik,  tarixiylik 
metodologiya, komil inson, davrlashtirish, fanning manbalari va dolzarb muammolari, insonparvarlik, 
vatanparvarlik, milliy istiqlol. 
 Ma'ruza maqsadi:  
        Sobiq sho„ro saltanati yillarida eng qadimgi davrlardan to XIX asr ikkinchi yarmiga qadar 
bo„lgan tariximiz soxtalashtirildi. Prezidentimiz I.Karimov bu xaqida: “O„zbekistonning, o„zbek 
zalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan xaqqoniy tarixi yaratilimi-yo„qmi? Sovet 
davridagi yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O„zgalar yozib bergan tarixini o„qitishga mutlaqo 
qarshiman. Mustamlakachi o„ziga qaram bo„lgan xalq xaqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular 
bor kuch-g„ayratlarini Turkistonning o„tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga 
sarflaganlar. Tarixdan judo bo„lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixidan judo 
                                                 
1
 Ислом Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент, Маънавият, 2008. – Б.4. 

 

bo„lish – xayotdan judo bo„lish demakdir” – deb juda o„rinli uqtirgan edilar. Shunday ekan mazkur 
ma'ruzaning maqsadi xaqiqiy tarixning o„rganishi ob'ektini to„g„ri aniqlash, xolislik, ob'ektivlik, 
ilmiylik, uzviylik tamoyillariga tayanish shart uning davrlarini va manbalarini to„g„ri tushunish va eng 
muximi o„zbek xalqining mustaqillikni qo„lga kiritishi tasodifiy xodisa bo„lmasdan, uning chuqur 
tarixiy zaminga ega ekanligini asoslab berish lozim. 
Nazariy qism: 
 
Tarix  fani  ijtimoiy  taraqqiyot  va  o„tmishga  oid  har  xil  voqyea-hodisalarning  izchil 
rivojlanishi,  ularning  qachon,  qaerda,  qanday  holatda  yuz  berganligi,  insoniyatning  paydo 
bo„lishi  va  uning  tadrijiy-evolyusion  rivojlanish  jarayoni  va  boshqalarni  o„rganadi. 
Shuningdek, O„zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u 
olamshumul voqyeliklarga juda boy. O„zbekiston tarixi fani mana shu voqyeliklarni boshidan 
kechirgan  qadim  va  yaqin  ajdodlarimizning  hayoti  qanday  bo„lganligi,  jahon  tarixi 
taraqqiyotiga qo„shgan hissalarini xolisona va  haqqoniy o„rganadi. 
 
Tarixiy  haqiqat  to„la  ro„yobga  chiqishi,  haqqoniy  tarix  yozilishida  tarix  fanining 
predmeti  va  ob'ektini  to„g„ri  belgilanishi  o„ta  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki,  O„zbekiston 
tarixi  fani  uchun  ham boshqa barcha fanlar  qatori predmet va ob'ekt  masalasi asosiy masala 
bo„lib  hisoblanadi.  Zero,  fan  uning  o„rganish  predmeti  va  ob'ekti  aniq  bo„lmasa,  uning 
oldidagi vazifa noaniq  bo„lib, maqsadga erishish mushkul bo„ladi. 
 
O„zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat  fanlaridan farqli o„laroq mustaqil 
fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o„z o„rni  va mavqyega ega. U barcha fanlar 
tarixini  ham  o„z  ichiga  olgan  holda  ularning  rivojiga  katta  ta'sir  etadi.    Bu  uning  o„rganish 
predmeti va ob'ekti hamda vazifasida to„la namoyon bo„lmog„i kerak. O„zbekiston tarixi fani  
o„z xususiyatiga ko„ra, birinchidan, o„zining butun diqqat e'tiborini faqat o„tmishga qaratadi, 
undan  saboq  beradi,  xulosa  chiqaradi,  ajdodlarimizning  moziyda  qolgan  hayot  tarzini,  ular 
yaratgan moddiy-madaniy, ma'naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o„rganadi. 
 
Ikkinchidan,  O„zbekiston  tarixi  fani  boshqa  ijtimoiy  fanlarga    nisbatan  aniq  fan.  U 
matematika  usulidan  keng  foydalanadi.  Tarixiy  voqyea  va  hodisalar  qat'iy  aniqlikda,  davriy 
ketma-ketlik-xronologik  asosda  o„rganiladi.  Shuningdek,  tarixiy  voqyea  va  hodisalar,  hujjat 
va  dalillarning  haqiqiy  va  haqiqiy  emasligi,  ular  qachon,  qaerda,  qanday  tarixiy  muhit  va 
sharoitlarda  tarixan  voqye'  bo„lganligi  aniqlanadi.  Va  nihoyat,  bo„lib  o„tgan  voqyeliklarning 
aniq  sabab  va  oqibatlari,  shu  bilan  birga,  ularning  aniq  shakl-shamoyillari  va  holati 
aniqlanadi. 
 
Uchinchidan, O„zbekiston tarixi fani o„tmishdagi  iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, 
rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o„rganadi, ulardan kelajak uchun saboq 
va xulosa chiqaradi. Bu esa kelajak avlodlar uchun dasturilamal bo„ladi. 
 
To„rtinchidan, O„zbekiston tarixi fani ko„p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. 
U  jamiyat  taraqqiyoti  va  inqirozlarining  faqat  bir  tomoninigina  emas,  balki  jamiyatning 
hamma  tomonlarini  uzviy  o„zaro  bog„liqlikda,  bir  butunlikda  o„rganadi.  O„zbekiston  tarixi 
fani, O„zbekistonning o„tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha 
kechgan voqyeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. 
Uning o„rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma-xil voqyea va hodisalar, 
ulardagi  umumiy  aloqadorlik  va  yaxlit  birlik  hamda  qonuniyatlar  hodisasi  va  jarayonlar, 
umuman,  xalq  va  insonning  yaratuvchanlik  faoliyati  kiradi.  O„zbekiston  tarixi  fanining 
o„rganish makoni-ob'ekti O„zbekistonning tarixidir.  
 
Ob'ekt  aniq  tarixiy  davr,  makon,  zamon  va  geografik  mintaqaviy  chegaralar,  ma'lum 
bir  xalq,  millat,  mamlakat  tarixi  bilan  bog„liq  bo„lib,  shular  doirasidagi  voqyea  va 
hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o„z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun  ob'ekt 
ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir.  
 
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa 
birligida  rivojlanadi.  Shuning  uchun  ham,  tarixchilar  falsafani,  adabiyot  va  tilni, 
dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to„la yoritib berolmaydilar. 

 

 
Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning o„rganish 
ob'ekti bitta ya'ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat.  Shuning uchun ham boshqa fanlar 
tarix  fani  taraqqiyotiga,  tarixiy  haqiqatlarning  ro„yobga  chiqishiga  bevosita  yordam  beradi. 
Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta'sir etadi.  Ammo, shuni  ham 
ta'kidlash  joizki,  tarix  boshqa  fanlarni,  shuningdek  ijtimoiy-gumanitar  fanlarning  ham 
tarixidir. Chunki boshqa fanlarning hammasi ham, tarix mahsulidir. 
 
 
Xulosa  shuki,  tarix  fani  ya'ni,  O„zbekiston  tarixi  millat  va  Vatan  taqdirini  ravnaq 
topishida  muhim  ahamiyatga  ega.  Masalaning  mohiyati  shundaki,  birinchidan,  ijtimoiy-
gumanitar  fanlarning  rivojlanishi  har  jihatdan  tarix  fanining  naqadar  haqqoniy  bo„lishiga 
bog„liqdir.  Chunki  ular  tarix  bilan  bevosita  bog„liq.    Ikkinchidan,  tarix  falsafasi  qanchalik 
to„la  va  ravon  yuzaga  chiqsa,  boshqa  ijtimoiy-gumanitar  fanlarning  mazmun  va  mohiyati 
hamda ta'sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo„ladi. 
 
Tarix  falsafasi  deganda,  tarix  ya'ni  o„tmish  tajribasi  va  sabog„idan  to„g„ri  xulosa 
chiqara  olish  tushuniladi.  Boshqacha  aytganda,  o„tmish-tarixga  qarab,  kelajakni  to„g„ri 
belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi.  
O„zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va usullari 
 
Har qanday fan kabi  O„zbekiston tarixi fani  ham  o„zining metodologik  ilmiy-nazariy 
asoslari  va  tamoyillariga  ega.  Bular  O„zbekiston  tarixi  fanining  asosini  tashkil  etib,  uni 
rivojlanishi,  jamiyat  va  millat  manfaati  yo„lidagi  nufuzini  ortib  borishi  uchun  o„ta  muhim 
ahamiyatga  ega.  Eng  muhimi,  ilmiy-nazariy  tamoyillar  O„zbekiston  tarixining  haqqoniy 
yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar. 
 
Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma'naviy-ma'rifiy  
ehtiyoj bo„lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni  ro„yobga chiqishi uchun ma'sul bo„lgan yuksak 
intellektual  ilmiy-amaliy  faoliyatdir.  Buning  samarali  bo„lishi  ya'ni,  tarix  fani  rivojlanishida 
metodologik    ilmiy  g„oya  va  nazariyalar  hamda  usul    va  uslubiy  tamoyillarning  ahamiyati 
benihoya kattadir. Chunki,  bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq 
ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to„laroq ro„yobga chiqishiga 
bevosita yordam  beradi. Shuning uchun ham O„zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-
nazariy  asoslari,  g„oya  va  ta'limotlari  nimalardan  iborat  bo„lishi  o„ta  muhim  masala 
hisoblanadi.  Yurtboshimiz  Islom  Karimov  tarixning  eng  muqaddas  milliy  va  umuminsoniy 
xotira hamda qadriyat ekanligini ta'kidlab, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo„q“, “O„zlikni anglash 
tarixni  bilishdan  boshlanadi”,  “Tarix  xalq-ma'naviyatining  asosidir”  degan  tarixiy  haqiqatni 
to„g„ri anglatuvchi o„ta teran tarix falsafasiga oid fikrlarni olg„a surdi. 
 
Bu  kabi  tarix  falsafasiga  oid  yuksak  xulosalarni  o„z  vaqtida  buyuk  millatparvar 
jadidlar ham juda aniq anglagan holda Vatanni ozod etish, millatni ijtimoiy g„aflat uyqusidan 
uyg„otib  taraqqiy  ettirish    uchun  asosiy  e'tiborni  tarixga  qaratdilar.  Va  «tarixi  yo„qning  o„zi 
yo„q» degan falsafiy tushunchaga amal  qilib, tarixda ilk bor tarixni o„zlari tashkil etgan jadid 
maktablarida  o„qita  boshlashi  bilan,  millatni  o„z  tarixidan  bahramand  qilishdek  o„ta  buyuk 
ma'rifat ishiga tarixda birinchi bor asos soladilar. 
 
Buyuk  jadid  Abdulla  Avloniy  so„zi  bilan  aytganda,  jadidlar  umuman  tarbiyani 
shuningdek, tarix ta'limi tarbiyasini millat uchun «yo hayot- yo najot, yo halokat –yo saodat, 
yo falokat masalasidir» deb bildilar. «Qaysi millat yashashni (ravnaqu taraqqiyotni) istasa, - 
deydi Abdurauf Fitrat – tarixini bilishi lozim bo„ladi, zero, tarix bir ko„zguga o„xshaydi». 
 
 Tarixchi  olimlar  butun  insoniyat,  millat,  xalq  va  o„rganish  ob'ekti  (ma'lum  mavzu) 
evolyusiyasini,  uning  ma'no  va  mazmunini  to„g„ri  bilishi,  tahlil  qila  olishi  kerak.  Agar  tarix 
falsafasi tarixiy voqyealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa) larning so„zdagi aniq 
ifodasi  bo„lsa,  tarix  fani  metodologiyasi  mana  shu  tarixiy  haqiqatlarni  ro„yobga  chiqishi  – 
tarix haqiqiy yozilishi uchun birdan-bir to„g„ri yo„l ko„rsatuvchi dasturamaldir.  Eng qisqa va 
tushunarlik qilib aytsak, umuman metodologiya  fanlarning fani ya'ni dirijyoridir. 

 

 
Dastlabki  paytda  hozirgi  mustaqil  davlatlar  hamjamiyati  tarkibidagi  sobiq 
«ittifoqdosh»  mamlakatlar,  shuningdek,  O„zbekistonda  ham  g„oyaviy-nazariy,  mafkuraviy-
falsafiy  bo„shliq  paydo  bo„ldi.  Bu  esa,  o„z-o„zidan  boshqa  mamalakatlarda    bo„lganidek, 
bizning  Vatanimiz  –  O„zbekiston  tarixi  fani  uslubiyati  (metodolgiyasi)  qayta  ishlanishi, 
aniqrog„i, butunlay yangitdan yaratilishini ilmiy-hayotiy zaruriyatga aylantirib qo„ydi. 
 
Bu o„ta muhim ilmiy –amaliy masalani ishlab chiqish, o„z-o„zidan tarixchi va boshqa 
olimlar eski, majburan, qon va qatag„onlik bilan singdirilgan kommunistik g„oya, ta'limot va 
mafkuradan  holi bo„lishi uchun tarixan o„tish  davrini talab etishi  tabiiy bir  hol  bo„ldi.  Mana  
shuning uchun ham istiqloldan so„ng tarix va boshqa gumanitar fanlardan yozilgan dastlabki 
darsliklarda bu fanlarning metodologik  ilmiy  –nazariy va  g„oyaviy asoslari  hamda usullarini 
ko„rsatishning iloji bo„lmadi.  
 
O„zbekiston Prezidenti Islom Karimov va hukumat Vatan tarixini qayta yozish va uni 
asosiy  tarbiya  kuroliga  aylantirish  uchun  «yangi  tarix»    g„oyasini  olg„a  surdi.  O„zbekiston  
tarixi  yetakchi  fan  sifatida  maktab,  litsey,  kollej  va  oliy  o„quv  yurtlarida  ilk  bor,  keng 
miqyosda, eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgacha o„rganila boshlandi.  
 
Bularning  samarasi  o„laroq,  keyingi  paytda  O„zbekiston  tarixi  fani  metodologiyasini 
yaratish imkoniyati paydo bo„ldi. Avvalo, metodologiya  haqida to„xtalsak, metodologiyaning 
lug„aviy ma'nosi grekcha «methodos»  va «logos»  degan ikki so„z birikmasidan iborat bo„lib, 
metod  ya'ni  usul  –  tadqiqot  olib  borish  usuli  (yo„li),  nazariya,  ta'limot,  logiya  esa  fan 
deganidir.  Demakki,  metodologiya  ya'ni  uslubiyat  ilmiy  tadqiqot  olib  borish  yoki  biror  bir 
masalani ilmiy o„rganishning eng qulay usullari, eng to„g„ri va mukammal g„oyasi, nazariyasi 
va  ta'limotlari  majmuidan  iborat  bir  butun  fandir.  Boshqa  ma'noda  esa,  metodologiya  ilmiy 
bilish  yoki  ma'lum  bir  ilmiy  faoliyatni  tashkil  etish  va  amalga  oshirishda  qo„llaniladigan 
usullar  haqidagi  fandir.  Demak,  tarix  fani  metodologiyasi  tarixni  o„rganuvchi  va 
o„qituvchilarni  aniq  maqsad  sari  to„g„ri  yetaklaydi,  ya'ni  tarix  haqqoniy  yozilishi  va 
o„rganilishiga yo„l-yo„riq ko„rsatadi.  
 
1.O„zbekiston  tarixi  fanining  metodologik  (uslubiy)  ilmiy-nazariy,  g„oyaviy-mafkuraviy  va 
falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi: 
-
 
Din bilan  dunyoviylik o„rtasida mo„tadil munosabat  bo„lishi va dunyoviylik 
aslo dahriylik emasligi; 
-
 
Tarixni  milliy,  umuminsoniy,  muqaddas  xodisa  hamda  qadriyat  deb 
tushunmoq; 
-
 
Tarixga  hozirgi  zamon  sivilizatsiyasi  nuqtai  nazari  va  bag„rikenglik  asosida 
yondashish;  
-
 
Tarixiy  taraqqiyot  asosini  evolyusion  –  tadrijiy  yo„l  va  islohotchilik  tashkil 
etadi deb anglamoq; 
-
 
Tarix va jamiyat taraqqiyotini markscha – lenincha soxta inqilobiy ta'limotga 
bog„lash,  mutloq  xato,  yovvoiylik,  aksilinsoniy  hatta-harakat  bo„lgan  deb 
tushunmoq; 
-
 
Tarix,  jamiyat  va  tabiat  hamda  insoniyat  (barcha  tarixiy  voqyelik  va 
jarayonlar)  dialektika  (Gegel)  hamda  sinergetika  (Prigojin)  qonuniyatlari 
asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi
-
 
Tarix  milliy  va  umuminsoniy  xotira,  millat  va  xalqlarning    joni,  tani  hamda 
g„oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi  
2.O„zbekiston  tarixi  fanining  metodologik  (uslubiy)  ilmiy-usul  va  tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 
-
 
Ilmiy xolislik (ob'ektivlik); 
-
 
Tarixiy – tahliliylik; 
-
 
Mantiqiy – uzviylik; 
-
 
Vorislik va izchillik; 
-
 
Xronologik izchillik; 

 

-
 
G„oyaviylik va vatanparvarlik
-
 
Halol va xolislik; 
-
 
Qiyoslash va kuzatish; 
-
 
Kuzatish va umumiylashtirish; 
-
 
Baxslashish, munozara yuritish va isbotlash; 
-
 
Matematik hisoblash; 
-
 
Shakllash va modellashtirish
-
 
Ayrimlikdan  umumiylikka  (induksiya)  va  umumiylikdan  ayrim  (juz'iy)likka 
(deduksiya); 
-
 
Etnografiya,  arxeologiya,  antropologiya,  geneologiya,  matematika  va  boshqa 
fanlarning yutuqlari hamda usullaridan ham keng foydalanish; 
Bizning  tariximiz  ham,  jahon  tarixi  ham  din  (aniqrog„i  dinlar)  tarixi  bilan  uzviy 
bog„liq.  Ijtimoiy  hayotni  dindan,  dinni  ijtimoiy  hayotdan  ajratib  bo„lmaydi.  Agar  ajratilsa, 
tarixga  ham,  dinga  ham    mantiqqa  ham  zid  bo„ladi.  Ma'lumki,  sovet  tarix  fani  tarixni 
soxtalashtirdi,  din  ilmga  zid,  tarixiy  taraqqiyotga  to„sqinlik  qiladi  degan  dahriylikka  amal 
qildi.  Tarix  qanday  bo„lsa,  uni  shundayligicha  o„rganish    ustivor  bo„lmog„i  kerak.  Shuning 
uchun  ham  u  din  bilan  mo„tadil,  mutanosiblik  asosida  o„rganilmog„i  hozir  eng  asosiy 
zaruriyat bo„lib turibdi. Bu esa, yoshlarni har xil din niqobidagi dinga aloqasi yo„q terroristik 
guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni haqqoniy va to„la 
yozilishiga imkon beradi. 
 
O„zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi va tarixni o„rganishda manbalarning 
ahamiyati 
 
Vatan  tarixida  ham  davrlashtirish  masalasi  o„ta  muhim  masaladir.  U  shu  tarixni 
o„rganuvchi  tarix  fanining  metodologik  ilmiy-nazariy  asoslari  va  metod  (usul)lari  bilan 
bevosita  bog„liq.  Demak,  tarix  fani  qanchalik  haqqoniy  ilmiy-nazariya,  g„oya,  ta'limot  va 
metodologiya  (uslubiyat)  hamda  usullar  bilan  qurollangan  bo„lsa,  u  shunchalik  to„g„ri 
davrlashtiriladi. 
 
Ma'lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani 
shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o„z ichiga oladi. U xilma-xil 
ijtimoiy  voqyea  va  hodisalarga,  har  xil  diniy  va  madaniy  qatlam,  g„oyaviy  dunyo  qarash  va 
falsafiy  oqimlarga  boy,  jahon  tarixi  va  sivilizatsiyasining  eng  qadimiy  va  navqiron 
o„choqlaridan  biri  hisoblanadi.  O„tmishda  taqdir  taqozosiga  ko„ra  tariximiz  aniqrog„i 
Vatanimi xududi jahon miqyosda kengayib va ma'lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu 
tariximizning  o„ta  buyuk,  shu  bilan  birga,  juda  ham  murakkab  bo„lganligidan  dalolatdir. 
Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz O„zbekiston tarixining chegarasi 
va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi.   
 
Hozirgi  kunda  asosiy  e'tibor  tarixni  evolyusion-tadrijiy  uzliksiz  rivojlanish  va 
geografik  hududiy  mintaqa  asosida  davlashtirishga  qaratilmoqda.  Bunga  keyingi  paytlarda 
chop etilgan tarixiy asarlar, o„quv qo„llanma va darsliklarning mazmun hamda mundarijalari 
guvohlik  berib  turibdi.  Ushbu  darslik  maxsus  tuzilib  tasdiqlangan    dastur  asosida  yozildi. 
Shuning  uchun  ham,  unda  O„zbekiston  tarixi  boshdan-oyoq  shartli  ravishda  eng  muhim 
davrlarga bo„lindi. Bular quyidagilar: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling