2
Mas’ul muharrir:
Abduvahob Qayumov,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
To‘plab nashrga tayyorlovchilar:
Rustamjon Umurzaqov,
filologiya fanlari bo‘yicha
falsafa doktori
Mirolim Xamidov,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Ushbu kitobda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston
qahramoni
Ibroyim Yusupovning ijodi, hayotiy faoliyatiga oid chizgilar berilgan.
Shoir asarlari ilmiy jihatdan tahlil qilinib, badiiyatining o‘ziga xos tomonilari
e’tirof etilgan. Shuningdek, magistrantlar va talabalar tomonidan yozilgan Ibroyim
Yusupov haqidagi bir qator ijod namunalari keltirilgan. Mazkur risoladan Ibroyim
Yusupov
ijodiga qiziqqan kitobxonlar, o‘qituvchilar va talabalar foydalanishlari
mumkin.
3
Men Ibroyim Yusupovning she’rlarini faqat tarjimada o‘qiyman.
Hattoki tarjimada ham bu inson bizni hayratda va lol qoldiradi. Afsuski,
men aslida o‘qimayman. Agar Ibroyim Yusupov o‘zini nasrda sinab
ko‘rganida, Xudo biladi bu inson nimalarga qodirligini. Agar qachondir
bu ishga qo‘l ursa, u huddi Ernest Xeminguey
va Robindranat Tagor
kabi yuqori darajaga ko‘tarilgan bo‘lar edi...
Chingiz Aytmatov
Haqiqiy shoirning so‘zi hech qachon eskirmaydi, u el-yurt hamisha
jon qulog‘i bilan tinglaydigan hikmatlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, rost va
tiniq so‘zga ehtiyoj kuchaygan bugungi sertahlika dunyoda Ibroyim
Yusupovday shoirlarning xalq yuragidagi gaplarni topib aytgan so‘zlari
nihoyatda zarur va dolzarb. Shoirning so‘zi
bizga zamondosh, bizga
sirdosh, suhbatdosh. Uning o‘zi bo‘lmasa ham so‘zi shundoq
yonginamizda katta yo‘lga chiqqan karvon qo‘ng‘irog‘iday jaranglab
turaveradi.
Sirojiddin Sayyid
O‘zbekiston Xalq shoiri
Kimdir qayta nasib etsa
gar dunyo,
Bundoq yashardim deb nadomat etdi.
Kimgadir bu armon kerakdir, ammo
Ibroyim Yusupov bir kelib ketdi...
Abdulla Oripov
O‘zbekiston Xalq shoiri,
O‘zbekiston Qahramoni