Ikki elning tanti


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/54
Sana25.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1295289
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
И Юсупов ижоди фаолияти, шеърлар





 
 
 
 
 
IKKI ELNING TANTI 
O‘G‘LONI



Mas’ul muharrir: 
Abduvahob Qayumov,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
To‘plab nashrga tayyorlovchilar:
Rustamjon Umurzaqov,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Mirolim Xamidov,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Ushbu kitobda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston 
qahramoni Ibroyim Yusupovning ijodi, hayotiy faoliyatiga oid chizgilar berilgan. 
Shoir asarlari ilmiy jihatdan tahlil qilinib, badiiyatining o‘ziga xos tomonilari 
e’tirof etilgan. Shuningdek, magistrantlar va talabalar tomonidan yozilgan Ibroyim 
Yusupov haqidagi bir qator ijod namunalari keltirilgan. Mazkur risoladan Ibroyim 
Yusupov ijodiga qiziqqan kitobxonlar, o‘qituvchilar va talabalar foydalanishlari 
mumkin.



Men Ibroyim Yusupovning she’rlarini faqat tarjimada o‘qiyman. 
Hattoki tarjimada ham bu inson bizni hayratda va lol qoldiradi. Afsuski, 
men aslida o‘qimayman. Agar Ibroyim Yusupov o‘zini nasrda sinab 
ko‘rganida, Xudo biladi bu inson nimalarga qodirligini. Agar qachondir 
bu ishga qo‘l ursa, u huddi Ernest Xeminguey va Robindranat Tagor 
kabi yuqori darajaga ko‘tarilgan bo‘lar edi... 
Chingiz Aytmatov 
Haqiqiy shoirning so‘zi hech qachon eskirmaydi, u el-yurt hamisha 
jon qulog‘i bilan tinglaydigan hikmatlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, rost va 
tiniq so‘zga ehtiyoj kuchaygan bugungi sertahlika dunyoda Ibroyim 
Yusupovday shoirlarning xalq yuragidagi gaplarni topib aytgan so‘zlari 
nihoyatda zarur va dolzarb. Shoirning so‘zi bizga zamondosh, bizga 
sirdosh, suhbatdosh. Uning o‘zi bo‘lmasa ham so‘zi shundoq 
yonginamizda katta yo‘lga chiqqan karvon qo‘ng‘irog‘iday jaranglab 
turaveradi. 
Sirojiddin Sayyid 
O‘zbekiston Xalq shoiri 
Kimdir qayta nasib etsa gar dunyo
Bundoq yashardim deb nadomat etdi. 
Kimgadir bu armon kerakdir, ammo 
Ibroyim Yusupov bir kelib ketdi... 
Abdulla Oripov 
O‘zbekiston Xalq shoiri,
O‘zbekiston Qahramoni




Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling