UO‘K 004(075)
KBK 32.81ya72
I-74
M u a l l i f l a r g u r u h i :
B. Boltayev, M. Mahkamov ,
A. Azamatov, S. Rahmonqulova
T a q r i z c h i l a r :
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori,
pedagogika fanlari doktori
F.M. Zokirova;
Toshkent shahar Shayxontohur tumani 254-maktab
informatika o4qituvchisi
X. Komilova.
ISBN 978-9943-01-436-7
© B. Boltayev va boshq., 2009, 2013, 2017
© «O‘ZBEKISTON» NMIU, 2009, 2013, 2017
– Savol va topshiriqlar
Shartli belgilar:
– Mashqlar
– Uyga vazifa
Respublika maqsadli kitob jamg4armasi mablag4lari
hisobidan chop etildi.
3
«Farzandlarimiz bizdan ko‘ra
bilimli, aqlli, dono va albatta
baxtli bo‘lishlari kerak».
I.A. Karimov
Aziz o‘quvchilar! Siz 5-sinf «Informatika va axborot texnologiyalari»
darsligi yordamida zamonaviy axborot texnologiyalari
vositalaridan biri
bo‘lgan kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va ma-
lakalarga ega bo‘ldingiz. Shu bilan birga, kompyuter o‘qitish,
hisoblash,
tasvirlash, tahrir qilish, dam olish hamda axborot bilan ishlash vositasi
ekanligi haqida ma’lumot oldingiz.
Zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha to‘liq mala-
kaga ega bo‘lish har bir yosh avlodga zarur.
Shu sababli, 6-sinf «Informa-
tika» darslarida sizlarga zamonaviy kompyuterlar dasturiy ta’minotidan
biri bo‘lgan matn bilan ishlash dasturlarining vazifalari va imkoniyatlari
haqidagi bilimlar qiziqarli va ko‘rgazmali ko‘rinishda beriladi.
Ushbu darslik yordamida matn hosil qilish va hujjatlar tayyorlash,
tahrir qilish va bezak berish usullarini kompyuterda
amaliy ishlar baja-
rish asosida o‘rganasiz.
O‘ylaymizki, «Informatika va axborot texnologiyalari» fani sizlarda
kompyuter doimiy ko‘
makchingiz va mehnatingizni yengillashtiruvchi
vosita ekanligi haqida tasavvur
qoldirishi bilan birga, amaliy ishlarni ba-
jarishingizda yangi qirralarning ochilishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Aziz o‘quvchilar! Ushbu darslik, sizga,
kompyuterda ishlab izlani-
shingizda va tadqiqotchiga aylanishingizda yaqindan ko‘makdosh bo‘ladi,
deb umid qilamiz.