Inshoot uchun geometrik o'zgarmaslik talabi bajaradigan holatlar aniqlash Geometrik o’zgarmaslik talabi bajarish shartlari . REJA: 1. Inshoot uchun geometrik o'zgarmaslik talablari . 2.Geometrik o’zgarmaslik talabi bajarish shartlari . 3.Adabiyotlar Qurilishda ishlatiladigan inshootlar tashqi yuklar ta’sirida o‘zining shaklini - Qurilishda ishlatiladigan inshootlar tashqi yuklar ta’sirida o‘zining shaklini
- o‘zgartirmasligi lozim. Har qanday inshoot geometrik o‘zgarmas sistemadan tashkil
- topgan bo‘lsa, dastlabki geometrik shaklini tashqi yuk ta’sirida saqlab turishi
- mumkin. Geometrik o‘zgaruvchan sistemalar qurilishda ishlatilmaydi, chunki bunday
- sistemalar tashqi yuk ta’sirida o‘z shaklini va holatini keskin o‘zgartiradi. Geometrik
- o‘zgarmas sistemalar esa o‘z shaklini elementlarining deformatsiyalanishi evaziga
- o‘zgartirishi mumkin.
- Har bir inshootni hisoblashda oldin uning hisoblash tarhini geometrik
- o‘zgarmaslik shartlariga binoan kinematik tahlil qilish kerak. Masalan 3.1-rasm, b da
- tasvirlangan sterjenli sistema geometrik o‘zgaruvchandir. CHunki, oz miqdordagi R
- kuchning ta’siri uning shaklini va holatini o‘zgartiradi
Bu sistemaning geometrik o‘zgarmas bo‘lishi uchun unga qo‘shimcha - Bu sistemaning geometrik o‘zgarmas bo‘lishi uchun unga qo‘shimcha
- bog‘lanish AS sterjenni kiritamiz. Hosil bo‘lgan uchburchakli sistemaning shakli
- sterjenlari deformatsiyalanganda o‘zgaradi, aks holda o‘zgarmay turaveradi. SHuning
- uchun u geometrik o‘zgarmas sistema hisoblanadi. Uchburchakli sistemalar doimo
- geometrik o‘zgarmas hisoblanadi.
- Demak, inshootlarni geometrik o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchanligini
- tekshirish maqsadida kinematik tahlil qilinadi.
- 1. Geometrik o‘zgarmas sistemaga bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan ikkita
- sterjen bir sharnir orqali o‘zaro tutashtirilsa, bu sistemaning erkinlik darajasi
- o‘zgarmaydi ya’ni geometrik o‘zgarmas sistema hosil bo‘ladi.
2. Uchta diskni o‘zaro bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta sharnir - yordamida tutashtirib, geometrik o‘zgarmas sistema hosil qilish mumkin 3. Ikkita diskni o‘zaro
- geometrik o‘zgarmas qilib, bitta
- sharnir va bir sterjen yordami-da
- tutashtirish mumkin. Bu erda
- sterjen sharnir markazidan
- o‘tmasligi lozim
Ikkita diskni o‘zaro geometrik o‘zgarmas qilib, bir nuqtada - Ikkita diskni o‘zaro geometrik o‘zgarmas qilib, bir nuqtada
- kesishmaydigan va bir-biriga parallel bo‘lmagan uchta sterjen yordamida
- tutashtirish mumkin .
- Bu shartlarni tahlil qilib qarasak, ularning asosini uchburchak tashkil qilishini
- ko‘ramiz. Demak, eng oddiy geometrik o‘zgarmas sistema uchburchak hisoblanadi.
- Agarda inshoot elementlari yuqoridagi shartlar asosida biriktirilgan bo‘lsa, u
- geometrik o‘zgarmas bo‘ladi. Har bir qaralayotgan inshootni hisoblash tarhi
- geometrik o‘zgarmas sistema ekanligiga ishonch hosil qilish uchun W≤ 0 zaruriy
- shartning bajarilishidan tashqari, sistema elementlarining bir-biri bilan o‘zaro
- bog‘lanishini yuqoridagi qayd qilingan shartlarga asosan tahlil qilish lozim.
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 1.Materiallar qarshiligidan masalalar to‘plami. V.K.Kachurin tahriri ostida. Oliy texnika o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma – T.: O‘zbekiston, 1993. – 336 b.
- 2. Mirsaidov M.M. va boshqalar.Materiallar qarshiligi.Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. –T.:“Fan va texnologiya”, 2010. – 412 b.
- 3. Usmonkulov A.Q., Ismayilov K. va boshqalar Materiallar qarshiligi. 1-qism.–T.: “Mashhur- press”, 2018. –344 b.
- 4. Usmonkulov A.Q., Ismayilov K. va boshqalar Materiallar qarshiligi. 2-qism. –T.: “Mashhur-press”, 2019. –320 b
- n adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |