Iqtisodiy fikr, goya, qarash, ta’limotlarning paydo bulishi va rivojlanishining


Download 46.68 Kb.
bet1/12
Sana25.04.2023
Hajmi46.68 Kb.
#1397259
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu. Fanga kirish. Qadimiy dinlarning iqtisodiy jihatlari. Q

1-mavzu. Fanga kirish. Qadimiy dinlarning iqtisodiy jihatlari. Qadimgi dunyo iqtisodiy g’oyalari


Reja

  1. Iqtisodiy fikr, goya, qarash, ta’limotlarning paydo bulishi va rivojlanishining tarixiy jarayoni.

  2. Qadimgi fikr: ishlab chiqarish qoidalariga Eskicha qarashlar va Yangicha qarashlar.

  3. Yunon mutafakkirlari: Gomer, Gesiod, Ksenofon, Sokrat, Aflotunning iqtisodiy tahlimotlari.

  4. Aristotelning iqtisodiy asarlari

    1. Iqtisodiy fikr, goya, qarash, ta’limotlarning ‘aydo bulishi va rivojlanishining tarixiy jarayoni


Insoniyat uzining kup yillik tarixi davomida katta Iqtisodiy va ijtimoiy tarakkiyot yulini bosib utgan. Xar bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki xokimlar) tomonidan shunday Iqtisodiy axamiyatga molik fikr, goya, nazariya, kontseptsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir xolda shular davlat va
xalklar ravnak topgan, ba’zida tushkunlikka uchragan. Ana shu Iqtisodiy goyalarni xar tomonlama chukur urganish, taxlil etish, ular umumbashariy axamiyatlarini
ajratib olib, xozirgi davrga, ya’ni xayotga tatbik etish nixoyatda xam amaliy, xam nazariy foydalidir, chunki ularda kup yillik tajriba mujassamlashgan buladi.
Iqtisodiyot tarixi (xalk xujaligi tarixi) va Iqtisodiy ta’limotlar tarixi Iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta’minlovchi va yaratuvchi asos sifatida axamiyatlidir. SHu sababli bu fanlar Iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy kismidir. Ayniksa, xozirgi davrda Iqtisodiyot xar bir inson xayotiga jushkinlik bilan kirib bormokda va odamlar Iqtisodiyot tugrisida imkoni boricha kuprok bilishga intilmokdalar. Xush, ummon kabi keng Iqtisodiyot fanini urganishni nimadan boshlamok kerak, degan savol tugilishi tabiiy. Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi,

tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini tula xal etishda utgan asr Iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish kiyinligi anik, ammo utgan donishmandlarning fikr-muloxazalari xozirgi va kelajak tugrisida tugri xulosa chikarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Anikrogi velosipedni kayta kashf kilishga xojat kolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan xam kimmatlidir.
Ammo shunday buldiki, oxirgi 25-30 yil davomida bu fanlarga kam e’tibor berildi, xatto « Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» katagonga uchradi, fakat mustakillik yillarida bu fanni oliy ukuv yurtlarida kaytadan ukitish boshlandi. Bu uz-uzidan bulgani yuk albatta.
Iqtisodiyot baynalminal xodisa bulib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalklar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. Xozirgi davrda xam bozor Iqtisodiyotining tamoyillari xamma uchun bir xil bulishga karamasdan natijalar turlichadir.XVIII asr klassik Iqtisodiy maktab vakillari Adam Smit va David Rikardo ob’ektiv, ya’ni inson xoxishiga boglik bulmagan, ammo ular tomonidan urganilishi mumkun bulgan konunlar asosida amal kiluvchi xujalik tizimi tugrisidagi ta’limotni yaratdilar. Ularning fikricha, davlatning Iqtisodiy siyosati bu konunlarga xilof bulmay, aksincha, bu konunlarga suyanishi kerak, ana shunda Iqtisodiyot ravnak topadi va aksincha. Demak, bu konun va konuniyatlarni bilish, ulardan amaliyotda tugri foydalanish xayot talabi bulib bormokda. Uzok utmishdagi kupgina ugitlar, xayotiy tajribalar, allomalarning fikri va goyalari xozirgi kunda askotmokda, ularni urganish va eng muximi xayotga tatbik etish zarur. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi deyarli turt ming yillik rivoji davomida bir kancha boskichlarni bosib utdi. Ularning turli yunalishlari va maktablari mavjud.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xujalik ob’ekti bilan chambarchas boglikligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular fakat inkor etilganliga sababli printsipda ilmiy emas deyish mumkun emas» deb yozadi tanikli Iqtisodchi T.Kun. CHunki keyingi, nisbatan yangi karashlar avvalgilar asosida, ularni kabul kilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bulgan. Ba’zi mutaxassislar fakat yangi nazariyalarnigina urganishni taklif etishadi, ammo bu sunggi nazariya avvalgi kup yillik ilmiy, amaliy tadkikotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon
buladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr ma’lum vaktdan keyin uzgarishi mumkun.
XV-XVII asrlarda (kisman XVIII asr boshlarida) yangi Iqtisodiy ta’limot- merkantelizm vujudga keldi. Merkantelizm tugrisida kiska ma’lumot beradigan bulsak, uning moxiyati Iqtisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir metallarni kuprok tuplash, ta’limotda esa muammolar (savdo, pul oboroti)
soxasidagi Iqtisodiy konuniyatlarni izlashdir, ya’ni avvalgi davrdagi goyalardan keskin fark kiladi.
Keyingi muxim o’zgarish, bu klassik Iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu Iqtisodiy ta’limot ichida fiziokratizm xam vujudga keldiki, uning umri uncha uzok bulmadi. Klassik maktab goyalari xozirgi davrda xam turli
shakllarda kayta namoyon bulmokda (neoklassik, liberal, neoliberal, …). Marks nomi bilan boglik bulgan marksizm ta’limoti (nobozor Iqtisodiyot) xam tarixda muxim urinni egallaydi. Xozirgi davrda bu ta’limot tugrisida imkoni boricha gapirmaslikka va ayniksa yozmaslikka xarakat kuchayib bormokda, kuprok uning salbiy tomonlarini tilga olish «moda» ga kirgan. Bunda «jon» bor albatta, shuni
1917 yili Rossiyada boshlangan marksizmni xayotga tadbik etish jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yulga utgan bir necha mamlakatlarda xam eksperiment samarasiz yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu sabok juda muxim, shu sababli uni chetlab utish adolatdan emas, deb xisoblaymiz. Xayoliy sotsialistchilar va markschilarning Iqtisodiy goyalari xam urganilishi zarur.
Bunda dialletik mantik bor albatta, lekin yukorida ta’kidlanganidek, avvalgi goyalar tufayli odatda yangi goyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu goya
«yaxshi», unisi «yomon» kabi baxolash adolatdan bulmaydi. A.Smitning mashxur asarida uzidan avvalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantelizm,
fiziokratizm ta’limotlari taxlil etilgan, Yevropaning Iqtisodiy tarixi sinchiklab urganilgan va yangi goya vujudga kelgan. Yana bir kizikarli xolat shuki, biz uchun Iqtisodchi bulgan shaxslarning kupchiligi kasb-kori, mutaxassisligi buyicha boshka soxa soxiblari yoki davlat arboblari bulganlar. Masalan, klassik maktab asoschisi V.Petti vrach-shifokor, P.Buagilber xukukshunos - sudьya, fiziokrat F.Kene jarrox, B.Mande-vil va A.Smitlar faylasuf bulishgan. Bunday misollarni kuplab keltirish mumkin ammo biz ularni asosan Iqtisodchilar deb bilamiz.

  1. Download 46.68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling