Иш бажариш соҳасидаги тадбиркорлик
Download 28.18 Kb.
|
Ekspert xizmati boʻyicha pudrat shartnomasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pudrat shartnomasi asosida ish bajarish
Ekspert xizmati boʻyicha pudrat shartnomasi. Reja: 1. Pudrat shartnomasi asosida ish bajarish 2. Shartnoma nshtiroqchilari 3. Ishni baholash 4. Buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari 5. Ishning sifati va kafolat muddati 6. Ish sifati talab darajasida bo‘lmaganligi uchun pudratchi javobgarligi Pudrat shartnomasi asosida ish bajarish Bu turdagi tadbirkorliqsa shaxs ma’lum bir ishni tuzilgan shartnomaga muvofiq bajarib beradi. Bu pudrat shartnomasi asosvda rasmiylashtiriladi. Pudrat shartaomasi taraflar o‘rtasida tuziladigan va bir ishni bajarishga qaratilgan shartnomalardan biridir. Shu sababli pudrat shartnomasi bir qancha turdagi ishlarni, xususan, maishiy extiyojni ta’min etish, qurilish ishlarini bajarish, loyihalash, qidiruv, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstrukgorlik va texnologaya ishlarini bajarib berish yuzasidan tuziladi va u O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 631-702-moddalari qoidalari bilan huquqiy tartibga solinadi. Bundan tashqari pudrat ishlarini bajarish bilan bog‘liqmunosabatlarnitartibga solish uchun Fuqarolik kodeksining majburiyatlar to‘g‘risidagi um'/miy qoidalar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarksh va xususiylashtirish, Mulktadbirkorlikfaoliyati erkinligining kafolatlari tug‘risidagi va boshqa qonunlar, Farmonlar, qarorlar hamda pudrat ishlarining alohida turlarini tartibta solishga qaratilgan boshqa huquqiy hujjatlar tadbiq etiladi. Pudrat shartnomasiningtushunchasi O‘zbekiston Respublikasi fuqorolik kodeksi 631-moddasining birinchi qismida berilgan. Unda belgilanishicha, pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ningtopshirig‘igabinoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda qabul qilib olish va buning uchun xaqto‘lash majburiyatini oladi. Pudrat shartnomasining ayrim t^rlari (maishiy xizmat pudrati, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnalogiya ishlari pudrati)ga, agar ushbu kodeksning bunday tur- dagi shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi. Pudrat shartnomasiga oid qonunlarni, huquqiy munosabatlarga to‘g‘ri tadbiq etish uchun uning o‘ziga yaqin bo‘lgan boshqa turdagi shartnomalardan farqini ajratish lozim. Pudrat shartnomasi mulkni topshirkshga qaratilgan shartnomalar; oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, ayirboshlash, tovarlar yetkazib berish to‘g‘risidagi davlat kontrakti; korxonani sotish, ko‘chmas mulkni sotish to‘g‘risidagi shartnomalardan farqi shundaki, bu shartnomaga doir qoidalar ishni bajarish jarayonining borishini boshqarishga tadbiq etilsa, mulkni topshirishga qaratilgan shartnomalarda bajarish manbai, jarayoni mutlakr ahamiyatsiz bo‘lib, shartnomaga muvafiqmulktopshirishi yetarli xisoblanadi. Pudrat shartnomasining asosi (predmeti) bo‘lib ma’lum bir bajarilgan ishning natijasi xisoblanadi. Pudrat shartnomasi mexnat shartnomasidan ham farq qiladi. Uning farqi shundan iboratki,mexnat shartnomasida xizmatchi, topshiriqni bajaruvchi faqat fuqaro bo‘lsa, pudrat shartnomasida pudratchi tadbirkor fuqorolar bilan birga turli tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan tashkilotlar ham bo‘ladi. Mehnat shartnomasning asosi (predmeti) xodimning mehnat faoliyati bo‘lsa, pudrat shartnomasida, pudratchining mehnati natijasi bo‘ladi. Mehnat shartnomasining xususiyatlariga e’tibor berish kerak. Agar pudratchi sifatida korxonaning lavozim ro‘yxatida turuvchi ishchi yoki bir guruh ishchilar ishtirok etsa, unda bu munosabatga mex^nat qonunlari tadbiq etiladi va uni «ijara pudrati» deb atash noto‘g‘ri. Bu munosabat pudrat ham, ijara ham emas, hatto ularning qo‘shmasi ham emas. Agar korxonaning yoki ish beruvchining ishchysi tarkibi (lavozim jadvali)da turmagan shaxs yoki bir guruh shaxslar ishni bajaruvchi bo‘lsa va ish beruvchining topshirig‘ini bajarib, moddiy qiymat evaziga o‘z mehnati natijasini topshirsa, bu munosabat oddiygina pudrat hisoblanadi. Bunda topshiriq beruvchyning materialidan, yeridan foydalanish yoki mehnati haqi hisobiga yetishtirilgan mahsulotning bir qismini olib qolishi pudrat shartnomasiningxuquqiy holatiga hech qanday ta’sir etmaydi. Shu sababli uni ijara pudrati deb atvSHSH ehgiyoj yo‘q. Bu sof pudrat shartnomasidir. Pudrat shartnomasi o‘ziga xos huquqiy belgilarga EGy bo‘lib, u konsensual, ikki tomonlama, haq baravariga tuziladigan va ishni bajarishga k^ragilgan shartnomalar guruhiga kiradi, Shartnoma garaflarning o‘zaro kelishuvi bilan tuziladi ra shu vaqgdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi. Uning bu xususiyati konsensual shartnoma ekanligani anglatadi. Pudrat shartnomasi ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi. Shartnomada qatnashgan taraflar bir-biriga nisbatan huquq va burchga ega bo‘ladi. Pudratchi shartnomaga muvofiq bajarilgan ishning kelishilgan qiymatini talab qilish huquqiga ega. Buyurtmachi ham ishning qiymatini to‘lash burchiga va ishni bajarib berishni talab qrlish huquqiga ega bo‘ladi. Pudrat shartnomasi xaqbaravarigatuziladi. Bajariladiran ishning bahosi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi, Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ish ma’lum bir ashyoni tayyorlash, masalan, ishlab chiqarish texnikasiga oid bo‘lgan mahsulot yetkaznb berish shartnomasi bo‘yicha olish mumkin bo‘lmagan asbob-uskunalar va shunga o‘xshash mahsulotlarni yasab olish, fuqarolarning maishiy extiyojlari uchun buyumlar tayyorlab berish yoki ashyolarni qayta ishlab, ta’mirlab berish, xomashyogv qayta ishlov berish yoxud boshqacha tartibda ishni bajarib buyurtmachiga topshnryuvdan iborat. Download 28.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling