Ish haqi va mehnat munosabatlari


Download 68.66 Kb.
bet1/18
Sana11.01.2023
Hajmi68.66 Kb.
#1088943
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ish haqi, uning darajasi va dinamikasini statistik o’rganish

Ish haqi va mehnat munosabatlari


Reja:

1.Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati.

2.Ish haqining funktsiyalari va uni tashkil etish tamoyillari.

3.Ish haqi tizimi va ularni tavsiflash.

4.Xorijda ish haqini tashkil etish tizimi va uning shakllari.

5.Ish haqini to’lash tartibi.


Tayanch iboralar:
ish haqi; ish haqining asosiy va qo’shimcha qismlari; ish haqini davlat va mahalliy yo’l bilan tartibga solish; ishbay va vaqtbay ish haqi; Bart-Merrikning mukofotlash tizimi; Gant tizimi; Atkinson tizimi; Ellingxem tizimi; Bedo tizimi; shaxsiy stavka; mehnat tarif stavkasi; umumlashgan stavka; avans va avanssiz hisob-kitob; rag’batlantiruvchi to’lovlar; kafolatlangan to’lovlar; badal to’lovlari.
Ish haqi tushunchasining mazmun–mohiyati. Ish haqi korxona, muassasa, tashkilotlarning o’z xodimlariga ularning mehnati uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir. Ish haqi asosiy va qo’shimcha qismlardan iborat. Asosiy qism ish haqining nisbatan doimiy qismi hisoblanadi. Unga tarif bo’yicha belgilangan maosh, ustama va qo’shimcha haqlar kiradi. Ustama va qo’shimcha haqlar muayyan muddatga belgilangadi, hamda ish yomonlashgan taqdirda (mehnat sharoiti uchun to’lanadigan haqda tashqari) bekor qilinadi. Qo’shimcha qismga yil yakunlariga ko’ra, mehnatning umumiy natijalari uchun beriladigan mukofot va rag’batlantirishlar kiradi.
Ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solib turishning davlat va mahalliy turlari mavjud. Davlat yo’li bilan normalash–davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan mehnatga haq to’lashning umumiy shartlari belgilanishidan iborat. Mahalliy yo’l bilan tartibga solish-huquq qoidalarida mehnatga haq to’lash shartlarini belgilashdan iborat bo’lib, ular ma’muriyat tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda o’zlariga berilgan huquqlari doirasida ishlab chiqishadi.
Haq to’lashning qaysi tizimini: tarif stavkalari, maoshlar, tarifsiz tizimni asos qilib olishni korxonaning o’zi mustaqil ravishda hal qiladi. Ish haqining funktsiyalari va uni tashkil etish tamoyillari. Ish haqining mohiyati, uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funktsiya (vazifa)larida namoyon bo’ladi:



Download 68.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling