Ish haqi va mehnat munosabatlari
Ish haqi tizimi va ularni tavsiflash
Download 68.66 Kb.
|
Ish haqi, uning darajasi va dinamikasini statistik o’rganish
Ish haqi tizimi va ularni tavsiflash.Ish haqining barcha tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikki katta guruhga bo’lish qabul qilingan. Agar mehnat natijalarining asosiy o’lchovi sifatida tayyorlangan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat) dan foydalaniladigan bo’lsa, u holda mehnatga haq to’lashning ishbay shakli tushuniladi. Agar bunday o’lchov sifatida ishlangan vaqt miqdoridan foydalanilsa, bunday holda vaqtbay ish haqi tushuniladi.Vaqtbay haq to’lashda mehnatning asosiy normasi qonun tomonidan yagona tarzda belgilangan ish vaqti muddati bo’lib, bunda xodimning mehnat vazifalari ko’rsatiladi, u ish vaqti mobaynida xodimlar o’rtasidagi mehnat taqsimotiga asosan, ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy shart-sharoitlari bilan belgilangan ana shu vazifalari ado etishi lozim. Belgilangan normani bajarganlik uchun haq to’lasho’lchovi-tarif stavkasidir. Agar xodim normada nazarda tuilgan vaqtda kamroq ishlagan bo’lsa, unga tarif stavkasida kamroq haq to’lanadi. Bordi-yu, xodim ishlagan va muayyan mehnat vazifalariga ega bo’lgan vaqt belgilangan normadan ortib ketsa (bunga ish beruvchining roziligi kerak), uning mehnatiga to’lanadigan haq tarif stavkasidan yuqori bo’ladi.Ishbay haq to’lashda asosiy mehnat normasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish normasi namoyon bo’ladi. Bu norma ham qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. Xodimning asosiy mehnat vazifasini-normani bajarganligi uchun u tarif stavkasi miqdorida ish haqi oladi. Agar bu norma bajarilmasa yoki oshirib bajarilsa, xodimga to’lanadigan haq tegishli ravishda tarif stavkasidan kam yoki yuqori bo’ladi.Iqtisodiy mohiyat nuqtai nazaridan, ish haqining ishbay va vaqtbay shakllari o’rtasida unchalik katta farq yo’qday tuyuladi: ularning har ikkalasi ham mehnat bozori tomonidan belgilangan ish kuchi (mehnat xizmati) bahosi va qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatiga asoslanadi. Biroq, iqtisodiy adabiyotlarda vaqtbay haq to’lash shakli birlamchi, ishbay haq to’lash shakli undan paydo bo’lgan hosila haq to’lash shakldir, degan fikrni uchratish mumkin.Download 68.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling