Mavzu: Global iqtisodiy rivojlanish jarayonida xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash tendensiyalari.
Reja:
Global iqtisodiy rivojlanish jarayonida xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash tendensiyalari
Kapital va ishchi kuchining xalqaro harakati
Jahon iqtisodiyotining globallashuvining tahdidlari
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida xalqaro savdoning o’zgarish tendenstiyasi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.
1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida xalqaro korporastiyalarning o’rni
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporastiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperastiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y beradi.
Jahon xo’jaligi internastionallashuvi – mehnatni xalqaro taqsimlashni har tomonlama rivojlantirishga asoslangan turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining o’zaro bog’liqligi va bir-birining kam-ko’stini to’ldirishni chuqurlashtirish jarayonidir.
Tarixda xo’jaliklarning internastionallashuvi ayriboshlash sohasiga borib taqaladi. Xolbuki, savdoda mahsulotlarni ayriboshlash bosqichidan keyin hududiy xalqaro bozorlarga yo’l ochilgan. Ancha keyinroq, dastlabki sarmoya yig’ish davriga kelib, tarmoqlararo savdoning hududiy markazlari yagona jahon bozoriga aylana borgan.
Evolyustiya natijasida ayriboshlash sohasidagi internastionallashuvidan kapital va ishlab chiqarishning internastionallashuviga o’tila boshlandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |